O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
” fakulteti
“
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” kafedrasi
“
NEFT - GAZNI QAYTA ISHLASH SANOATI KORXONALARI JIHOZLARI,
USKUNALARI VA LOYIHALASH ASOSLARI
”
fanidan
KURS LOYIHA ISHI
Mavzu
:. Tabiiy gaz tarkibidan metanni ajratib olish qurilmasi.
Asosiy apparatni hisoblash. Quvvati 2.6 mlrd m
3
yiliga
24-17
guruh talabasi:
Raxmonov N.N
___________
Rahbar: Azamatov O’.R.___________
Toshkent 2021
2 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
MUNDARIJA:
1.KIRISH 4
2. TEXNIK QISM (adabiy sharh): 9
3. XOM-ASHYO TASNIFI 15
4. TEXNOLOGIK QISM 18
5. HISOBLASH QISMI (moddiy balans, issiqlik balansi) 26
6. XULOSA 31
7. ADABIYOTLAR RO’YXATI 33
3 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
KIRISH
4 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
Gaz sanoati - Yoqilg’i - energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog’i.
Uning Respublikada qazib olinayotgan yokilg’i balansidagi hissasi 82,2% ni tashkil
etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga
tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan
tozalash imkoniyatilari yaratildi. (1994 yilda zavodning 4-navbati ishga tushirildi).
Yaqin yillarda Shurtanda gaz-kimyo zavodi birinchi maxsulotlarini bera boshladi.
Farg’ona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shurtan gaz kompleksida
yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
Yaqin yillar ichida O’zbekiston neft, gaz va gazokondensat qazib olish bo’yicha
ko’rinarli o’rinlarni egallaydi. Bu esa Respublikada yuqori sifatli yoqilg’i ishlab
chiqarishga va kelgusida kimyo sanoati uchun maxsulotlar yetkazib beradigan xom
ashyo bazasini tashkil etishga yordam beradi. O’zbekistonda tabiiy gaz konlari va
ularning zaxiralari juda ko’p. Bu esa gaz qazib olinganda chiqadigan (gaz bilan)
gazokondensatni ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Shuningdek neftni xam zaxiralari
katta. Gazakondensatlarni yuqori sifatli ekanligi - ularni tarkibidagi naften va
aromatik uglevodlarni ko’pligi (70 % gacha) va ularda smola- asfaltenli moddalarni
deyarli yo’qligi, oltingugurt organik birikmalarni kamligi, gazokondensatlarni
polimer sanoati uchun va boshqa kimyoviy maxsulotlar olish uchun qimmat baxo
xomashyo ekanligini ko’rsatib turibdi. Neftni qayta ishlash sanoatiga yangi
prosesslarni kirib kelishi katalitik kreking, gidrotozalash, gidrokreking rangsiz neft
maxsulotlarini ko’plab ishlab chiqarilishiga olib keldi. Xalq xo’jaligini neft
maxsulotlariga bo’lgan extiyoji biroz yaxshilandi.
O’zbekiston iqtisodining rivojlanishida Yoqilg’i-energetika kompleksining o’rni
alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, ko’mir va energetika kiradi.
Uzbekiston jahondagi o’nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga
kiradi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi zavodlarda neft qayta ishlanmoqda,
avtobenzin, dizel yoqilg’isi, mazut, neft moylari, bitum, aviakerosin ishlab
chiqarilmoqda. Gazni qayta ishlovchi zavodlar esa suyultirilgan gaz va polietilen
ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Neft-gaz sanoati sohasida 2014 yilning o’zida 4,2 milliard AQSh dollaridan
5 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
ziyod investitsiya o’zlashtirildi. Bu prognoz ko’rsatkichlardan 11 foizga ko’pdir.
Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.
Xususan, Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan gaz-kimyomajmuasi jahon neft-
gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biridir. Janubiy koreyalik sheriklar bilan
hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard
AQSh dollarini tashkil etadi.
Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash
hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna
polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa zarur mahsulotlar ishlab
chiqarish imkonini beradi.Mustaqillik yillariga kelib, 1997 yilda gaz kondensatini
qayta ishlashga mo’ljallangan chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri
Fraktsiyaning “Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta
ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2.5 mln. tonna neft
va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda neft va gaz
kondensati aralashmasini birlamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Zavodni
asosiy xomashyo manbai Ko’kdumaloq konlaridan olinayotgan gazkondensatlari va
olinadigan mahsulotlari esa asosan suyultirilgan gaz, yuqori sifatli benzin navlari,
kerosin va dizel yoqilg’ilari hisoblanadi.
Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish
maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh),
“ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari
o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga
tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo
majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni
chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m
3
tabiiy gazni
qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi:
Donador polietilen (125 ming. tonn.); suyultirilgan gaz (137 ming tonn.);
gazkondensati ( 103 ming.tonn.); donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.). Sho’rtan gaz
kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va
gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO-9001 sifat
6 b/g 24-17 Raxmonov N.N.
sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga
chiqarilmoqda. Ya’ni Yevropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya,
Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari (Rossiya, Ukraina,
Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la
qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi.
Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik
hamda 67 tasi davlat korxonalaridir.
“O’zbekneftegaz” tizimida 6 ta yirik aktsiyadorlik kompaniyalari faoliyat
yuritadi:
Dostları ilə paylaş: |