265
qisqarishiga va ishlatilgan katalizatordan uglevodorodlar bug‗lanishining
yomonlashuviga olib keladi. Bu o‗z navbatida, regeneratorda haroratning
oshishini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, katalizator sirkulyatsiyasi darajasi
– jarayonning kompleks omili bo‗lib, unga nafaqat mahsulot chiqishi va uning
sifati hamda reaktorning bug‗latish zonasi va regeneratorning ish sharoiti ham
bog‗liqdir. Xomashyo uglevodorodlari kreking reaksiyasi reaksiya aralashma
hajmining oshishi bilan kechadi. Shu sababli, reaksiyalash zonada bosimni
oshirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu reaksiyalar muvozanatini dastlabki
moddalar tomonga siljitadi. Reaktorda reaksiya mahsulotlari siklonlar, transfer
chiziqlari,
rektifikatsiya
kolonnasining
likopchalari,
kondensator-
sovutgichlarning gidravlik qarshiligini yenga oladigan darajada bosim ta‘minlab
turiladi.
Dostları ilə paylaş: