379
6. Barqarorlashtirish kolonnasini (17) pastki zonasiga qaytadigan
mahsulotning harorati-retsirkulyatni-qaynatgich orqali o‗tkaziladigan va bu
holatda
issiqlik
tashuvchi
bo‗lib
hisoblanadigan
gaz-mahsulotining
aralashmasining miqdori boshqarilib o‗zgartiriladi.
7. Hisob bo‗yicha reaktorning 1 m
2
ko‗ndalang kesimi yuzasiga 14,6
m'/soat xomashyo (suyuq xomashyoga qayta hisoblangandi) to‗g‗ri keladi.
8. Qurilmada sirkulyatsiya gazini H
2
S dan tozalash blokini yo‗qligini
tozalangan kerosinning tarkibida oltingugurt miqdorini kam ekanligi bilan
izohlanadi.
9.6. Og‗ir va vakuumli gazoylni gidrotozalash qurilmasi
Jarayonning
asosiy
maqsadi-og‗ir
distillyatlarni
gidro-
oltingugurtsizlantirish,
masalan
vakuum
gazoyllari
katalitik
kreking
qurilmasining qayta ishlaydigan xom-ashyosi yoki qozon yoqilg‗isini kam
oltingugurtli komponenti hisoblanadi hamda olefinlar (suv bug‗ini qatnashtirib
piroliz qilish) yoki yuqori sifatli elektrod koksi ishlab chiqarishda qo‗llaniladi.
Qo‗llaniladigan xomashyo va mahsulotlar
Tozalashga har xil fraksiyali va guruhli tarkibdagi
hamda oltingugurt va
azotning tarkibi bo‗yicha og‗ir gazoylli distillyatlar, mazutni vakuumli qayta
haydashda boshlang‗ich qaynash harorati 360-400°С va qaynashini oxirgi
harorati 520 dan 560°Сgacha (atmosfera bosimiga qayta hisoblanganda)
olinadigan fraksiyalar yo‗naltiriladi. Ba‘zida og‗ir gazoyllar,
yengil gazoyllar,
vakuumli yoki atmosfera (to‗g‗ri haydaladigan distillyatlar qaynashini
boshlanish harorati 230-250°С , qaynashini oxirgi harorati 360 °С ga yaqin)
bilan aralashtiriladi. Vakuumli gazoyllarni malekulyar massasining qiymati -
fraksiya aralashmasi-350 dan 500°Сgacha va amalda 310 dan 380°С harorat
chegarasida joylashadi.
Vakuum gazoylning ajraladigan mazutining qaynashini
oxirida haroratni
ko‗tarilishi qovushqoqligini o‗sib borishi bilan kuzatiladi (ba‘zida 1000
о
С ga 12
mm
2
*s ), hamda uning kokslanish ko‗rsatgichi (Konradson bo‗yicha 0,2 dan
380
0,9 % (massasiga nisbatan), kam olatda 1,2 % gacha (massasiga nisbatan) uning
tarkibidagi oltingugurt va azotni, smolani, og‗ir aromatik uglevodorodlarni va
metallarni, ko‗pincha vanadiy, nikel‘ va temirning miqdoriga bog‗liq bo‗ladi.
Gidrotozalash natijasida gazoylni zichligi, qovushqoqligi va kulchanligi
kamayadi; Konradson bo‗yicha kokslanishi
katta qiymatga pasayadi, erish
harorati kam o‗zgaradi; metallarning katta qismi (nikel‘, vanadiy) chiqib ketadi.
Guruhli uglevodorod tarkibi mono- va polinaftenli va ayniqsa monoaromatik
uglevodorodlarni 10-18% (masasiga nisbatan) oshish tomoniga qarab o‗zgaradi
[13].
Dostları ilə paylaş: