375
9.5-rasm Yuqori haoratli ajratishni qo‗llash orqali kerosinni gidro tozalash qurilmasini
texnologik sxemasi:
1-reaktor; 2-katalizator; 3-quvurli pech; 4,7-nasoslar; 5,6,8,12.16-issiqlik almashtirgichlar;
9,14-ajratgichlar; 10-kompressor; 11-qabul qilgich; 13-kondensator-sovutgich; 15-havoli
sovutish appartlari; 17-barqarorlashtirish kolonnasi; 18-qaynatgich.
Xomashyo nasos (4) yordamida issiqlik almashtirgichlar (8 va 6)
orqali
aralashtirish chizig‗iga issiqlik almashtirgichlarda (12 va 5) oldindan qizdirilgan
vodorod-tarkibli gaz bilan aralashishi uchun yo‗naltiradi. Olingan gaz-
xomashyosi aralashmasi zmeyevik pechlaridan (3) o‗tadi va 4,2—4,4 MPa
bosimda va 380°С haroratda qo‗zg‗almaydigan katalizator qatlamli reaktorga
(1) kirib keladi.
Reaktorning pastki qismidan chiqqan gaz mahsuloti aralashmasi ketma-
ket qaynatgichda (18) va issiqlik almashtirgichlarda (5 va 6) sovitiladi hamda
ajratgichga (9) beriladi. Shu yerda yuqori haroratli (qaynoq) ajratgichda (9)
aralashma 3,8 MPa ga bosimda suyuqlik va gaz-bug‗ fazasiga ajratiladi.
Suyuqlik fazasi gidrotozalangan kerosin bilan
erigan gazlarni va benzin
fraksiyasi ajratgichdan (9) keyin kolonnada (17) fizik barqarorlashtirishga
mahkum qilinadi.
377
Gazni va bug‗ni aralashmasi ajratgichdan (9) chiqadi (yuqori bosim
ostida) bir-biri bilan ketma-ket ulangan issiqlik almashtirgichlarda (12 va 16)
sovitiladi. Issiqlik almashtirgichga (12) kirishdan oldin aralashmaga
kondensatsiyalangan suv va korroziya ingibitori eritmasi purkaladi,
qaysiki
issiqlik almashtirgichdan (12) kondensator-sovutgichgacha (15) bo‗lgan
uchastka korroziyaga nordon sul‘fid ammoniyga mahkum etilgan. Bu
uchastkada oqimni sovutish harorati 177°Сdan past bo‗lganligi uchun
aralashmani harakat tezligi 9 m/sek oshmasligi kerak. Suvli kondensator-
sovutgichdan (13) kirib keladigan uch fazali aralashma 3,7 MPa bosimda va 43
°С ga yaqin haroratda past haroratli (sovuq) ajratgichda (14) ajraladi. Suvdan
ajralgan uglerod kondensati benzinli va yengil kerosinli fraksiyalardan tashkil
topgan bo‗ladi, ajratgichdan (14) chiqqandan keyin issiqlik almashtirgichda (16)
qizdiriladi va barqarorlashtirish kolonnasiga (17) to‗planadi.
Ajratgichdan (14) ketadigan vodorod – tarkibli gaz qabul qilgich (11)
bilan tomchi urgich orqali o‗tib, kompressorda (10) 4,9
MPa bosimgacha
qisiladi va keyin esa toza gaz-texnik vodorod bilan birlashadi. Gazlarni
aralashmasi issiqlik almashtirgichlarda (12 va 5) qizdirilgandan keyin qildirilgan
xomashyo bilan birlashtiriladi. Barqarorlashtirish kolonnasidan (17) yuqorisidan
quviladigan bug‗lar va gazlar chiqariladi, pastki qismidan – tozalangan kerosin
olinadi. Kolonnaning ish rejimi shunday ushlab turiladiki, kerakli haroratda
alangalanadigan mahsulot olish uchun. Bu kolonnaning pastki qismidagi harorat
267°С, bosim 0,44 MPa. Issiqlik almashtirgichdan (12) oldin gaz-bug‗
aralashmasining qaynoq oqimiga suv va ingibitor eritmasi purkaladi,
bunda
aralashmaning harorati 205°С gacha pasayadi. Undan keyin aralashma issiqlik
almashtirgichga (12) kirib keladi. Qaynoq ajratgichda (9) gaz-mahsulot
aralashmasi eng yuqori haroratda ajratiladi.
Izoh:
1. Vodorod-tarkibli gazni sirkulyatsiya tizimida bosimning umumiy farqi
(kompressorgacha va undan keyin 10 ) 1,19 MPani tashkil qiladi, bu qurilma
uchun haddan tashqari hisoblanmaydi. Lekin sirkulyatsiya gazini kompressor
378
bilan siqishda sarflanadigan energiya tizimda gidravlik qarshilikni o‗sishi bilan
oshadi va loyihalashda qarshilikning kattaligi yetarlicha aniq topilishi kerak.
2. Reaktorning ishchi oralig‗iningoxiridagi
gidravlik qarshilik amalda
boshlanishiga nisbatan (0,21 va 0,07 MPa) yuqori.
3. Qizdirilgan xomashyo va gazni, xomashyoni bir qismini
birlashtirganda. Bug‗simon holatga o‗tishda (bug‗lanuvchi agent gaz
hisoblanadi) issiqlikning bir qismi sarflanadi,
shuning uchun aralashmaning
harorati taxminan 35°С ga pasayadi.
4. Eng yuqori haroratli issiqlik almashtirish apparatlarida (5,6 va18)
quvurli fazo orqali gaz-mahsulotlari, aralashmalar, qizuvchi muhit, quvurlar
oralig‗idagi-qizdirilgan muhit kiradi.
5.Gaz-mahsulotlarini aralashmasi ajratgichga kirishda (9)
xomashyoning
haroratini o‗zgarishi hisobiga issiqlik almashtirgichning (6) oldida doimiy
ushlab turiladi: sovuq xomashyoning bir qismini aylanma chiziqdan foydalanib
(sxemadagi uzuk chiziq) oldindan qizdirilgan issiqlik almashtirgichdan
chiqadigan (8) xomashyo bilan birlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: