495
Xulosa
Pastroq haroratda qaynovchi neft mahsulotlarining tarkibidagi parafin
uglevodorodlar suyuq holda bo‗ladi. qaynash harorati
yuqorilashgan sari u
mahsulotlarning tarkibidagi parafin uglevodorodlar quyuqlashib boradi hamda
yuqori haroratda qaynovchi moy va qoldiq fraksiyalarning tarkibidagi parafinlar
qattiq holda bo‗ladi. Adsorbentlar neft mahsulotining tarkibidagi parafin
uglevodorodlarini o‗zida ushlab qoladi. Keyinchalik desorbentlar yordamida
adsorbentlardan parafin uglevodorodlari ajratib olinadi. Bu ko‗rsatilgan usullar
lozim bo‗lgan vaqtda qo‗llaniladi. Sanoat miqyosida
deparafinlash jarayoniga
moy fraksiyalari beriladi. Moy fraksiyalarining yuqori haroratda qaynashi
sababli, ularni maxsus erituvchilarda eritilib so‗ngra deparafinlanadi.
Deparafinlash jarayoniga og‗ir aromatik uglevodorodlardan va boshka
chiqindilardan
tozalangan
xomashyo-moy
distillyatlardan
va
qoldiq
fraksiyalardan olingan rafinatlar beriladi. Past haroratda sovutish moyini olish
uchun
parafinsizlashtirish
jarayonidan
foydalaniladi,
natijada
moyli
xomashyolardan
qattiq
uglevodorodlar
chiqarib
yuboriladi.
Neftli
xomashyolardan qattiq uglevodorodlarni chiqarishda
saralangan eritgichlar
yordamida
parafinsizlashtirish
usuli keng qo‗llaniladi va u neftli
uglevodorodlarni eritgichlarda har xil eruvchanligiga asoslanadi. Zavodlar
amaliyotida ikki pog‗onali fil‘trlash qurilmalari keng qo‗llaniladi, bu yerda
ikkinchi pog‗ona gachdagi moyning
miqdorini kamaytirish hamda
parafinsizlashtirilgan moylarni chiqishi kuchaytirish uchun mo‗ljallangan. Ba‘zi
bir qurilmalarda uch pog‗onali fil‘trlab ikki maqsadli mahsulotlar olinadi:
parafinsizlashtirilgan rafinat va texnik parafin; qo‗shimcha mahsulot slop-voks
hisoblanadi. Parafinsizlashtirish va moysizlashtirish qurilmasi past horaratli
qotish hamda bir vaqtning o‗zida parafinni yoki serezinni ajratib moylarni olish
uchun mo‗ljallangan. Bunday jarayonlarni birlashtirilgan qurilmalarda amalga
oshirishda ishlatish sarflari, bug‗ni va elektr
energiyasini sarfi kamayadi, alohida
ishlaydigan qurilmalarga taqqoslaganda ish va boshqa texnik-iqtisodiy
ko‗rsatgichlari yaxshilanadi. Chuqur parafinsizlashtirish qurilmasi sekin
496
qotuvchi moylarni olish uchun mo‗ljallangan, lekin bu jarayon oddiy
parafinszlashtirish
jarayonidan farq qiladi, eng so‗nggi bosqichdagi sovutish
xladagent sifatida suyultirilgan etandan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: