―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Dunyoda va rossiyada neftni qayta ishlash sanoatining



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.9.Dunyoda va rossiyada neftni qayta ishlash sanoatining 
zamonaviy holati va rivojlanish tendensiyasi
Jahon iqtisodiyotida neftdan foydalanish tizimida umumiy zamonaviy 


623 
tendensiya bu uning elektr - va issiqlik energetikasida qozonxona-pech 
yoqilg‗isi sifatida foydalanish ulushini kamaytirish va transport motor yoqilg‗isi 
va neftkimyo xomashyosi sifatida foydalanilishni – oshirishdir. Quyida jahon 
iqtisodiyotida neftdan foydalanish tizimi keltirilgan, massaning %da. 
Neftni iste‘mol qilish tizimidagi bu o‗zgarishlarga oxirgi yillarda 
energetikaning rivojlanishiga nisbatan ichki yonuv dvigatelli transport 
vositalarining ilg‗or rivojlanishi, ya‘ni elektrifikatsiya sur‘atlariga nisbatan 
motorizatsiya sur‘atlarining o‗sishi sabab bo‗lgan. 
Hozirgi vaqtda neftkimyosi ulushiga nisbatan katta bo‗lmagan miqdor – 
iste‘mol qilinadigan neftning tahminan 8% to‗g‗ri keladi. Turli mamlakatlarda 
bu ulush 2…10 % chegarasida o‗zgarib turadi. XXIasr oxiriga kelib neftkimyo 
neftni qabul qiluvchi deyarli yagona yo‗nalish bo‗lib qolish ehtimoli ham katta. 
Dunyoda neftni qayta ishlash hajmlari oxirgi yillarda uning qazib 
chiqarilishi bilan deyarli proporsional sur‘atlarda o‗zgardi. ―Neft taraqqiyoti‖ 
davrida (1960-1970 yy) yaqin sharq va lotin amerikasi arzon neftlar bo‗lganida 
jahonda NQIZ lar soni va umumiy quvvati juda tez sur‘atlarda o‗sdi. Bunda 
rivojlangan mamlakatlarda (AQSh dan tashqari), shuningdek Lotin Amerikasi, 
Yaqin va O‗rta Sharq va Afrika mamlakatlarida asosan neftni chuqur bo‗lmagan 
va yuzaki qayta ishlash sxemalari keng tarqaldi. AQSh da motor yoqilg‗ilariga 
bo‗lgan an‘anaviy yuqori talab va tabiiy gaz va ko‗mirnang arzon resurslari 
mavjudligi sababli, neftni chuqur qayta ishlash amalga oshirilgan. 
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishi tendensiyalarida sifat va 
miqdoriy sakrashlar chet mamlakatlarda neft narxining keskin ko‗tarilishi uning 
qazib chiqarilishi va qozonxona-pech yoqilg‗isi sifatida ishlatilishining 
qisqarishiga va bu bilan neftni chuqurlashgan va chuqur qayta ishlashga qayta 
yo‗naltirishga olib kelgan va 1970-1980 yillarda yuz berdi. 1979 y.dan so‗ng 
neftni qayta ishlash hajmi, umumiy quvvati, shuningdek NQIZ lar soni 
bosqichma-bosqich kamaydi. Bunda ko‗pincha kam quvvatli va kam rentabelli 
NQIZ lar yopildi. Tabiiyki, bu NQIZ lar solishtirma quvvatini birmuncha 
oshishiga olib keldi. Neft qazib chiqarish hajmining kamayishi asosan 


624 
ikkilamchi jarayonlar ostida rekonstruksiya qilinuvchi, neftni to‗g‗ridan-to‗g‗gi 
xaydash jarayonlari bo‗yicha NQIZ larning ortiqcha quvvati paydo bo‗lishiga 
olib keldi. Biroq, pessimistik prognozlarga qaramay o‗tgan asr oxirida jahonda 
neft qazib olish va qayta ishlash bir qancha oshdi va yana 1979 y.dagi - 3,2...3,3 
mlrd t/yil darajasiga erishildi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin