―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Litosferaning ifloslanishi. 
Insonning xo‗jalik faoliyati natijasida qishloq 
xo‗jaligida foydalanishga yaroqli bo‗lgan yer maydonlarining uzluksiz ravishda 
qisqarishi, shuningdek ularning sanoat va xo‗jalik chiqindilari bilan ifloslanishi 
sodir bo‗lmoqda. Bunday chiqindilarning dunyo bo‗yicha hajmi yiliga >>3,5 
mlrd. t ni tashkil etib, shundan, ~2 mlrd. t qishloq xo‗jaligi, ~1 mlrd. t sanoat va 
~0,5 mlrd. t kommunal chiqindilar hisasiga to‗g‗ri keladi. Yerdan olinadigan 
yiliga o‗rtacha 100 mlrd. t tog‗ jinsining 98%i unumdor yerlarning katta 
maydonini egallovchi chiqindilar (otvallar, terrikonlar ko‗rinishita) tashkil etadi. 
Shaharlar yaqinida juda zaxarli ifloslantiruvchilardan tashkil topgan (og‗ir 
metall tuzlari, simob, laklar, bo‗yoqlar, polimerlar, rezinali texnika chiqindilari, 
ishlatilgan moy va katalizatorlar va h.k.), aynib havoni va yer osti suvlarini 
zaxarlovchi, xo‗jalik va sanoat chiqindilari uyumlari paydo bo‗lmoqda. Bizning 
mamlakatimizda bunday chiqindilar deyarli utilizatsiya qilinmaydi, bor-yo‗g‗i 
3% atrofida yoqiladi (Yaponiyada I - 70%). 
Neft jadal qazib chiqariladigan hududlarda bir qator holatlarda yer yuzasiga 
ko‗p miqdorda cho‗kishi (masalan, Meksikada 7 m), tuproq suvlarining 
sho‗rlanishi va boshqa zararli ta‘sirlar kuzatiladi. Yer resurslarining sezilarli 
qisqarishiga shuningdek sanoat-shaxar va transport qurilishlari, shuningdek suv 
omborlari qurilishi, eroziya, sho‗rlanish, botqoqlanish, cho‗lga aylanish va inson 
xo‗jalik faoliyatining boshqa zararli ta‘sirlarining ham aybi katta. 
Yuqorida keltirilgan qisqacha sharhlardan xulosa qilish mumkinki, uzoq 
kelajakda emas, bugun insoniyat oldida global ekologik muammo paydo bo‗ldi 
va kuchayishda davom etmoqda. Bu holat bizlarning mas‘uliyatsizligimiz, 
omilkorsizligimiz, e‘tiborsizligimiz va past ekologik madaniyatimiz natijasidir. 
Atrof muhitga beparvo munosabat kasalliklarning ortishiga, genetik og‗ishishga, 
ob-havo o‗zgarishiga, yer hosildorligining yomonlashuviga, ichimlik suvi 
zaxiralarining yo‗qolishiga, hayvonlar va material qimmatliklarning halok 
bo‗lishiga olib keladi. 
Kimyoviy texnologiyalarni ekologik muvofiqlashtirish.
Bugungi kunda atrof 


620 
muhit ifloslanishiga qarshi kurashishda eng ko‗p an‘anaviy qo‗llaniladigan 
yondashuv ~tozalovchi inshootlarning qurilishidir. Biroq, bu kapital va 
foydalanish xarajatlarni sezilarli oshirishi va real chiqindilarni kam miqdorda 
kamaytirishi sababli, faqatgina mavjud sanoat korxonalarini yangi ekologik 
talablarga moslashtirish uchun maqsadga muvofiqdir. Ekologik xavfsizlik 
muammolarini yechishning asosiy yo‗nalishi sifatida kimyo sanoatini ekologik 
muvofiqlashtirish, ya‘ni xomashyoning barcha komponentlaridan va 
energiyadan ko‗proq ratsional va kompleks foydalanuvchi va atrof muhitning 
normal faoliyatini va tabiatning muvozanatini buzmaydigan, ekologik toza, 
chiqindisiz, aniqroq aytganda kam chmqindili texnologik ishlab chiqarishlarni 
yaratish deb hisoblash kerak. 
Ekologik toza texnologik jarayonlarni, shu qatorda neftkimyo jarayonlarini 
amalga oshirishning quyidagi asosiy yo‗nalishlarini belgilash mumkin: 
Xomashyodan kompleks foydalanish va chuqur qayta ishlash.
Ishlab 
chiqarish iloji boricha kamroq resurs sig‗imli (resurs tejovchi texnologiyalar), 
mahsulot birligiga xomashyo va reagentlarning minimum xarajati bilan amalga 
oshirilishi kerak. Hosil bo‗lgan yarim mahsulotlar xomashyo sifatida boshqa 
ishlab chiqarishlarga berilishi va to‗liq qayta ishlanishi kerak. Bunday 
yondashuvga misol ~neftni chuqur qayta ishlash texnologiyasidir. 
Energiya va yoqilg‗idan optimal foydalanish
. Ishlab chiqarish mahsulot 
birligiga energiya va yoqilg‗ining minimal xarajatlarida amalga oshirilishi 
(energiya tejovchi texnologiyalar), va o‗z navbatida atrof muhitning issiqlikdan 
zararlanishi minimal bo‗lishi kerak. Energiyani tejash jarayonlarni kengaytirish 
va energotexnologik kombinatsiyalashga; uzluksiz texnologiyalarga o‗tishga; 
ajratish jarayonlarini takomillashtirishga; jarayonlarni past harorat va 
bosimlarda olib borish imkonini beruvchi faol va selektiv katalizatorlarni 
qo‗llashga; issiqlik sxemalari va chiquvchi oqimlar energetik potensialining 
rekuperatsiya sxemalarini ratsional tashkillashtirish va optimallashtirishga; 
tizimlarda gidravlik qarshilikni va atrof muhitga issiqlik yo‗qotilishini 
kamaytirishga va h.k. larga imkon beradi. Neftni qayta ishlovchi va neftkimyo 


621 
korxonalari yoqilg‗i va energiyaning eng katta iste‘molchilari hisoblanadi. 
Ularning energetik balansida to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoqilg‗ining ulushi 43…45 % ni, 
issiqlik energiyasi~ 40...42 % ni va elektr energiyasi ~ 13...15 % ni tashkil etadi. 
Energiya resurslaridan samarali foydalanish ko‗rsatgichi 40....42 % dan 
oshmaydi va bu yoqilg‗ining ortiqcha sarflanishi va atrof muhitda issiqlik 
chiqindilarining hosil bo‗lishiga olib keladi. 
Prinsipial yangi kam chiqindili texnologik jarayonlarni yaratish
. Bunga 
katalizatorlarni, ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish 
orqali erishish mumkin. Kam chiqindili jarayonlar qimmat turuvchi tozalovchi 
inshootli jarayonlarga nisbatan samaraliroqdir. Biosferaga chiqarib tashlanuvchi, 
katta hajmli kuchli suyultirilgan chiqindilar olishga nisbatan, maxsus 
texnologiyalar bo‗yicha qayta ishlash yoki likvidatsiya qilish mumkin bo‗lgan, 
kam miqdorda kuchli konsentratsiyalangan chiqindilar olish, iqtisodiy 
samaraliroqdir. 
1.Toza suv iste‘molini qo‗shuvchi (yoki minimumga tushiruvchi) va 
oqova suvlarni suv havzalariga tashlovchi, suvdan foydalanishning yopiq 
tizimlarini yaratish va joriy etish. 
2.Ishlab chiqarish jihozlari va butun tizimining yuqori foydalanish 
ishonchliligini, germetikligi va uzoq vaqt xizmat qilishini ta‘minlash. 
Halokatlar, portlashlar, yong‗inlar ehtimolini va atrof muhitga zaxarlovchi 
moddalarni chiqarishni minimumga tushirish yoki bartaraf etish. Ishlab 
chiqarish va komplekslarning ekologik xavfsizligini ta‘minlashning 
avtomatlashgan tizimlarini ishga tushirish. 
3.Xalq xo‗jaligida foydalaniladigan maqsadli mahsulotlarning yuqori 
sifatini ta‘minlash. Faqat texnologik jarayonlarning o‗zigina emas, balki ularda 
chiqariladigan tovar mahsulotlari ham ekologik toza bo‗lishi kerak. Shunday 
qilib, motor yoqilg‗ilari oltingugurtli birikmalar, aromatik uglevodorodlar, 
zararli cho‗kindilar, masalan etil spirti va h.k. lar miqdori bo‗yicha o‗sib 
borayotgan ekologik talablarni qanoatlantirishi kerak. 
4.Avtomobil transportida xomashyoning al‘ternativ manbalaridan


622 
masalan neft gazlari va tabiiy gazlar, kislorod saqlovchi ugehlevodorodlar 
(spirtlar, efirlar) va vodoroddan olinadigan yangi ekologik toza mahsulotlardan 
foydalanish. Avtotransportlarning bir qismini al‘ternativ yoqilg‗ilarga 
o‗tkazishga, dunyoning ko‗plab mamlakatlarida, avtomobillarning zararli 
chiqindilarini 
kamaytirishning, 
katta 
shaharlarning 
havo 
basseynini 
sog‗lomlashtirishning va bir vaqtning o‗zida motor yoqilg‗ilari resurslarini 
sezilarli kengaytirishga imkon beruvchi radikal chorasi sifatida qaraladi. 
Jahonning ayni vaqtda faqatgina gaz yoqilg‗isida ishlovchi avtomobil parki 5,5 
mln birlikdan oshdi va juda tez sur‘atlar bilan o‗sib bormoqda. 
Bundan tashqari, atrof muhitning sog‗lomlashishi shuningdek mobil‘ 
texnikalarning konstruktiv takomillashishi va ekologik toza bo‗lishiga yordam 
beradi. Shunday qilib, bu avtotransportlarda qo‗llanilishi shuni bildiradiki: 
-dizellashtirish, ya‘ni benzinli avtomobillarga nisbatan dizellardan 
ko‗proq foydalanish; 
-elektromobillarni takomillashtirish 
-transport vositalarining og‗irligini kamaytirish (kichik va juda kichik 
klassdagi avtomobillar, mini-traktorlarni ko‗proq chiqarish), po‗latlar o‗rniga 
yengil sintetik materiallarni qo‗llash, kichik aerodinamik qarshilikka ega 
bo‗lgan kuzovlarni qo‗llash va h.k. lar hisobiga ularning yoqilg‗i tejamkorligini 
oshirish. 
-dvigatellar konstruksiyasini takomillashtirish va yonish jarayonini 
yaxshilash hisobiga transport vositalarining zararini kamaytirish (turbonadduvli, 
forkamerli dvigatellar, Stirling kam zaxarli dvigateli, kam yuklamalarda 
silindrlar bir qismi uchuvchi dvigatellar, ikki yonilg‗ili dvigatellar, katalitik 
yoquvchilar yoki chiqindi gazlarning neytrallashtiruvchilarini, elektron 
yoquvchilarni o‗rnatish, kompyuterlardan foydalanish va h.k.). 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin