―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.10 - jadvalda
 
2001 y. uchun jahon neftni qayta ishlash quvvatlarining texnologik tuzilishi 
keltirilgan. 
NQIZ larning umumiy quvvati va neftni qayta ishlash hajmi bo‗yicha 
yetakchi o‗rinni AQSh egallagan bo‗lib, bu ko‗rsatgichlar bo‗yicha G‗arbiy 
Yevropa davlatlari va Yaponiyani birgalikdagi olinganda ham ortda qoldiradi. 
Jarayon quvvati 
Dunyoda 
umumiy 
Rossiya 
AQSh 
G‗arbiy 
Yevropa 
Yaponiya 
Neftni birlamchi qayta ishlash, mln 
t/yil 
4059,6 
273,1 
831,0 
739,6 
244,8 
Neftni qayta ishlashni 
chuqurlashtiruvchilar, % birlamchi 
qayta ishlash quvvatiga 
40,7 
20,1 
71,7 
42,7 
29,3 
katalitik kreking 
17,9 
5,9 
35,9 
15,7 
17,1 
gidrokreking 
5,6 
0,4 
9,3 
6,3 
3,5 
termokreking+visbreking 
3,3 
5,3 
0,4 
12,3 

kokslashish 
5,5 
1,9 
14,7 
2,6 
2,1 
Ishlab chiqarish: 
bitum 
2,7 
3,7 
3,7 
3,0 
2,9 
moylar 
1,0 
1,5 
1,1 
1,0 
0,9 
boshqalar 
2,7 
1,4 
6,6 
1,8 
2,8 
Mahsulot sifatini oshiruvchilar, % 
birlamchi qayta ishlash quvvatiga 
45,0 
36,36 
75,0 
60,0 
88,6 
riforming 
gidrotozalash 
11,8 
11,3 
18,6 
12,6 
12,9 
benzin fraksiyalar 
(riformingsiz) 
4,4 
_
4,6 
10,7 
3,3 
distillyatlar 
20,9 
24,5 
38,5 
27,1 
48,2 
qoldiqlar va og‗ir gazoyllarni 
4,4 

4,1 
5,7 
23,1 
alkillash 
1,9 
0,1 
5,8 
1,3 
0,7 
izomerlash 
1,3 
0,4 
2,7 
2,2 
0,3 
MTBE ishlab chiqarish 
0,3 
0,06 
0,7 
0,4 
0,1 
Barcha ikkilamchi (K ), % 
birlamchi qayta ishlash quvvatiga 
85,7 
56,46 
146,7 
102,74 
117,9 


625 
AQSh ―benzin‖ profilidagi NQIZ larning yaqqol ko‗rsatilgan neftni qayta 
ishlashning o‗ta chuqur darajasiga katalitik kreking (―36 %), katalitik riforming 
(―19 %), gidrotozalashva gidrooltingugurtsizlantirish (―41 %), gidrokreking (9,3 
%), kokslashish, alkillash, izomerlash va b.lar kabi ikkilamchi jarayonlardan 
keng foydalanish hisobiga erishgan. 
AQSh da NQIZ larning eng ommaviy mahsuloti bu – avtobenzindir (neftning 
42 %). Benzin : dizel yonilg‗isi nisbati 2 : 1 ni tashkil etadi. Qozonxona 
yoqilg‗isi minimal miqdorlarda ishlab chiqariladi – neftning 8%. AQSh da 
neftni chuqur qayta ishlash darajasi (―93 %) birinchi navbatda vakuum gazoyli 
va mazutlarni katalitik krekinglash, gidrokreking va kokslashishni qo‗llashdan 
kelib chiqadi. Bu jarayonlar quvvati bo‗yicha AQSh boshqa davlatlardan ancha 
o‗zib ketgan. 
Sanoati rivojlangan davlatlardan quyidagilar eng katta quvvatli NQIZ larga 
ega: G‗arbiy Yevropada – Italiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya; 
Osiyoda – Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya. G‗arbiy Yevropa rivojlangan 
davlatlari va Yaponiya NQIZ lari AQSh dagiga nisbatan neftni qayta ishlash 
chuqurligining kamroqligi bilan tavsiflanadi va bunga ko‗p miqdorda pech 
yoqilg‗isi ishlab chiqarishga zarurati bo‗lgan ob-havo sharoiti sabab bo‗lgan. 
G‗arbiy Yevropa NQIZ larida benzin : dizel yoqilg‗isi nisbati dizel 
yoqilg‗isi foydasiga bo‗lib, bunga sabab bu mamlakatlarda avtomobil 
transportlarini intensiv dizellashtirish amalga oshirilmoqda. NQIZ larning neftni 
qayta ishlanishini chuqurlashtiruvchi ikkilamchi jarayonlar bilan to‗yinganlik 
darajasi bo‗yicha G‗arbiy Yevropa mamlakatlari AQSh dan sezilarli ortda 
qoladi. NQIZ larda neftni qayta ishlashni chuqurlashtiruvchi jarayonlar (katalitik 
kreking, termik kreking, gidrokreking va alkillash) ulushi AQSh va G‗arbiy 
Yevropada mos ravishda 72 va 43% ni tashkil etadi. 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida motor yoqilg‗isi ishlab chiqarishni 
ko‗paytirish uchun neftni chuqur qayta ishlash jarayonlari, birinchi navbatda 
katalitik kreking qurilmalari quvvatlarini oshirish bo‗yicha dasturlar amalga 
oshirilmoqda. Shunday qilib, neftni birlamchi qayta ishlash quvvatlaridan KK 


626 
ulushi XX asrda quyidagilarga yetdi (% larda): 
Neft eksport qiluvchi davlatlardan Saudiya Arabistoni, Meksika, 
Braziliya, Venesuyela va Eron eng katta NQIZ quvvatlariga ega. Bu davlatlarda 
neftni qayta ishlashning o‗ziga xos xarakterli xususiyati – neftni qayta ishlash 
chuqurligining pastligi (rangli yoqilg‗ilar 50% atrofida) va mos ravishda NQIZ 
larning ikkilamchi jarayonlarga kam to‗yinganligi. Biroq oxirgi yillarda ular 
orasida ham neftni qayta ishlashni chuqurlashtirishga bo‗lgan tendensiya 
kuzatilmoqda. Shunday qilib, Braziliya va Venesuyela NQIZ larida katalitik 
kreking ulushi 1994 y.da mos ravishda 27 va 20% ga yetgan. 
Sobiq SSSR da 1950 y.gacha qurilgan NQIZ lar neftni qayta ishlash 
chuqurligining yetarlicha darajasiga mo‗ljallangan edi. 1960-1970 yillarda 
Uralo-Povoljye va G‗arbiy Sibirda nisbatan arzon neft qazib chiqarishning 
ko‗paytirilishi sharoitlarida, mamlakatning asosan Yevropa qismlarida, 
ko‗pincha neftni chuqur bo‗lmagan va qisman chuqurlashtirilgan qayta ishlash 
sxemalari bo‗yicha yangi NQIZ lar qurilishi amalga oshirildi. Mamlakatimizda 
neftni qayta ishlashning rivoji miqdor bo‗yicha ham, ya‘ni yangi quvvatlarni 
qurish yo‗li bilan va sifat bo‗yicha ham – asosan yuqori samarali va 
kombinatsiyalashgan 
jarayonlar 
qurilishi 
va 
mavjud 
qurilmalarni 
intensifikatsiyalash hisobiga olib borildi. Bundan tashqari, bu tarmoqning 
rivojlanishi neftning yomonlashib borayotgan sifati (shunday qilib, 1980 y.da 
oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftlar ulushi <<84% ga yetdi) va ishlab 
chifarilayotgan neft mahsulotlari sifatiga nisbatan talabning tobora ortib borishi 
bilan kechdi. 
Sovet Ittifoqining parchalanishidan oldin oxirgi yillarda SSSR hukumati 
quyidagi ittifoq respublikalarida oxirgi avloddagi yangi yuqori samarali NQIZ 
Kolumbiya 
38,1 
AQSh 
35,9 
Xitoy 
31,4 
Avstraliya 
30,0 
Argentina 
28,3 
Braziliya 
27,9 
Buyuk Britaniya 
26,3 


627 
lar qurilishiga asosiy e‘tiborini qaratdi: LK-6u, KT-1 va b. qurilmalar 
kombinatsiyalashgan bazasida Litvada (Majayki, 1984 y. ishga tushgan, quvvati 
13,3 mln t); Qozog‗stonda (Chimkentskiy, 1984 y. ishga tushgan, quvvati 6,6 
mln t, Pavlodarskiy, 1978 y. ishga tushgan, quvvati 8,3 mln t); Turkmanistonda 
(Chardjouskiy, 1989 y. ishga tushgan, quvvati 6,5 mln. t). Rossiyaga sobiq 
SSSR ning 26 ta ma‘nan va jismonan eskirgan NQIZ lari tegdi. Ulardan 
sakkiztasi ikkinchi jahon urushiga qadar ekspluatatsiyaga tushirilgan, beshtasi – 
1950 y.gacha, yana to‗qqiztasi – 1960 y.gacha bo‗lgan davrda qurilgan edi. 
Shunday qilib, 26 ta NQIZ dan 23 tasi 40-70 yildan ortiq ekspluatatsiya 
qilinmoqda va tabiiyki, uskuna va texnologiyalarni yangilashni talab etadi (9.12 
jadval). Albatta, Rossiya NQIZ larini shoshilinch rekonstruksiya qilish, neftni 
qayta ishlash chuqurligini va chiqarilayotgan neft mahsulotlari sifatini 
oshiruvchi katalitik jarayonlar quvvatlarini tubdan oshirish zarur.
Mamlakatimizda NQIZ larida sifati qanoatlantiruvchi neft mahsulotlarini 
chiqarishni ta‘minlashga imkon beruvchi, katalitik riforming va gidrotozalash 
kabi, neftning yoqilg‗i fraksiyalari bilan to‗yintirish jarayonlari bilan 
ta‘minlanish holati nisbatan yaxshi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin