632
Indikatorli diagramma
– quduqning sarfi (Q
k
) va bosimning pasayishi
orasidagi bog‗liqlikni grafikda ifodalash. Grafik quduqqa oqib keladigan oqimni
о‗rganib tuziladi. Quduqlarni burg‗ilashda nazorat о‗lchov asboblari yordamida
yozib olinadigan indikator diagramma og‗irlik indikatori deyiladi.
Kislorodli organik birikmalar
- tarkibida kislorodning
u yoki bu vazifani
bajaruvchi guruhi (gidroksil- OH, karboksil –COO
H
, karbonil –CO, metoksil –
OCH
3
va b.) bо‗lgan geteroatomli organik birikmalar. Neftda K.o.b. miqdori 0,4
dan 30% gacha, о‗rta hisobda 3%ni tashkil etadi. K.o.b.ning 90% i neft va
bitumoidlarning asfalt – smolali qismida mujassamlashgan.
Kislotalik soni
–neftda, bitumiodlarda yoki ularning fraksiyalaridagi erkin
kislotalar sonini tavsiflaydigan shartli birlik. K.s. 1g moddani neytrallashga
sarflanadigan uyuvchi kaliy (kaliy gidrooksid) miqdoriga teng bо‗lib, mg da
ifodalanadi.
Kompressorli ishlatish
– neft qudug‗ini ishlatish usullaridan biri.
Qatlam bosimining kuchi neftni yer yuziga chiqarishga yetmay qolganda neft
chiqadigan quvur boshmoqiga kompressorlardan siqilgan neft gaz (gaz lift) yoki
havo (erlift) haydaladi. Natijada quduq ichida
yuzaga keladigan kengayish
energiyasi hisobiga neft yuqoriga kо‗tarila boshlaydi.
Kompressorli quduqlarni tekshirish
– indikator egri chizig‗ini tuzish.
Konveksiya
– ma‘lum bir nuqtada har xil sistemali suyuqlik yoki gaz
massalarining vaqt davomida almashinib turishidan ularning fizik xususiyatlari
(harorati, bosimi zichligi va shu kabilar) ning о‗zgarishi.
Konsentratsiya
– (quyuqlanish, tо‗planish, boyish) murakkab tarkibli
eritmani ma‘lum bir fazasini qandaydir tarkibiy qismini tavsiflaydigan.
Kritik bosim
–
kritik nuqtaga mos keluvchi bosim. Bir komponentli
sistemada moddaning suyuq va gaz fazalari holatining
muvozanati kritik
bosimdan yuqori bо‗lgan bosimda buziladi. Masalan, suvni kritik bosimi 218, 3
atm.ga teng.
Mikron
–
mayda zarrachalarning chiziqli о‗lchov birligi. Bir
mikron 1/1000 mm. Atom va molekulalarni о‗lchash uchun millimikron о‗lchov
633
birligi ishlatiladi. Millimikron 1/1000 mikron yoki 1/1000 mm.
Millidarsi
- jins о‗tkazuvchanligining о‗lchov birligi, 0.001 darsiga teng.
Milya
– uzunlik о‗lchovi. Geofizik milya 7420 m, dengiz milyasi 1852 m
ga teng.
Mol–
gramm–molekulalarning qisqartirilgan nomi. Texnikada asosan
kilogramm – molekula (kilogramm) qо‗llaniladi va u 1000 molga teng.
Nasoslarni uzatishdan chetga chiqishi
– nasosning haqiqiy uzatish bilan
belgilangan uzatishi orasidagi farq.
Nasosni uzatish koeffitsiyenti
–nasosni uzatishini
uni ideal uzatishga
nisbatini tavsiflovchi о‗lchamsiz kattalik.
Nasosning bosimi
– nasosning kirish va chiqish qismidagi suyuqlik
muhitining jadallashgan kuchini tavsiflovchi kattalikdir, Pa(m); chegaraviy
bosim–nasosdan chiqishdagi eng katta bosim va shu kattalikka nasos
konstruksiyasi hisoblanadi, Pa.
Nasosning
solishtirma
ishi
–birlik
massadagi suyuqlik muhitini
harakatlantiruvchi nasosning ishi.
Nasosning ishchi hajmi
– bir marta aylanishdagi yopiq hajmning eng katta
va eng kichik qiymatlarining farqi yoki nasos ishchi organining ikki karrali
yо‗lidir(yurishi).
Neft
– suyuq kaustobiolit, naftidlar qatorini birinchi vakili, yer osti va yer
ustida siljish qobiliyatiga ega suyuqlik. Harakatchan suyuq neft mahsulotlari
TOM ning katagenes zonasida qayta о‗zgarishidan sodir bо‗ladi. Neft kimyoviy
jihatdan uglevodorodlarning murakkab aralashmasi va geteroatomli (asosan
oltingugurtli, kislorodli va azotli) organik birikmalardan iborat. Neftni zichligi
0,73 dan 1,04 gacha (odatda 0,82-0,95). Qaynash harorati 20–100
0
S va undan
yuqori. Qotish harorati (+23) – (-60)
0
C, qovushqoqligi 0,012-0,55 sm
2
/s.
Neft gazlilik belgilari
– neft gazlilik belgilari bevosita va bilvosita xillarga
bо‗linadi. Neft gazlilik belgilari bevosita xiliga neft va gazning yer yuziga
chiqishi, tog inshootlarida neft va gazlarning paydo bо‗lishlari,
jinslarda
bitumning, qatlam suvlarida gazsimon va suyuq uglevodorodlarning, gazlarda
634
yuqori geologli og‗ir uglevodorodlarning bо‗lishi kiradi.
Neftda gazlarning eruvchanligi
– gazlarning neftda eruvchanligi Genri
konuniga (neftdagi gazning konsentratsiyasi о‗zgarmas
haroratda bosimga
proporsional) binoan bо‗ladi. Gazning eruvchanligi haroratining oshishidan
kamayadi va bu о‗zaro munosabatdagi gaz va suyuqlikning tarkibiga bog‗liq.
Gaz aralashmalarining suyuqlikda eruvchanligi Dalton-Raul konuni buyicha
bо‗ladi.
Dostları ilə paylaş: