140
talab qilingan deemulgatorni sarfi kamayadi.
Degidratlashda shunday optimal harorat tanlanadiki, bunda neftning
qavushqoqligi 2.4 sSt.ni tashkil qiladi. Ko‗pgina neftlar 70 – 90
0
C da yetarlicha
tuzsizlanadi. Neftni qizdirish harorati oshirilganda bir vaqtda bosim ham
oshiriladi hamda tizimning suyuqlik holatini ushlab turiladi va yong‗inga qarshi
xavfsizligi ta‘minlanadi. Bosim oshirilganda apparat devorlarining qalinligi ham
oshiriladi. Zamonaviy elektr gidratorlarning modeli 1,8
MPa bosimga
hisoblanadi.
ETQsining texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlariga deemulgatorlarni eritmasi
neftni deemulsiyasi bilan aralashish jadalligi va davom etishi ta‘sir qiladi.
Deemulgatorlarning kichik sirt faolligi ayniqsa, neftda yomon eriganda, uni
jadallashtirish va aralashishini davom ettirish
talab qilinadi qaysiki, yuqori
dispersli tizim shakllantiriladi va yomon tindiriladi. Neftni deemulgator bilan
yaxshi aralashishi markazdan qochma nasos yordamida amalga oshiriladi.
Yaxshi aralashishi uchun diafragma, klapanlar, aylanuvchi rotorlar kabi maxsus
aralashtirgichlardan foydalaniladi. Eng yaxshisi ETQlarida kichik ish
unumdorligiga ega bo‗lgan dozalash nasoslaridan foydalaniladi.
ETQsining asosiy apparati elektrdegidrotor hisoblanadi.
Bu yerda neft
deemulsiyasiga elektrdegidrator yordamida ishlov berish va dedeemulsiyalangan
neftni tindirish hamda bir vaqtning o‗zida cho‗ktirish ham amalga oshiriladi.
Konlarda va zavodlarda qo‗llaniladigan ETQlarning konstruksiyalari har
xil bo‗lib (tik, sharli va gorizontal) ulardan eng ko‗p qo‗llaniladigan gorizontal
elektrogidratorlar hisoblanadi. Ilgari qo‗llaniladigan tik va sharli
elektrogidratorlarni gorizontalga taqqoslaganimizda
quyidagi afzalliklarga ega
(3.3- jadval):
suv tomchilarini cho‗kishi uchun qulay sharoitga ega ekanligi, solishtirma
gorizontal kesim yuzasining va neftni chiziqli tezligini kattaligi;
apparatning narxi va solishtirma massasi 1,5 marta kichik bo‗lganda uning
solishtirma unumdorligi 3 marta katta bo‗ladi;
elektrodlarning maydoni katta bo‗lganda elektr jihozlarining soni kam,
141
konstruksiyasi sodda, montaj qilishning qulayligi, xizmat ko‗rsatish va
ta‘mirlash oson;
yuqori bosimda va haroratda ishlashga qo‗layligi.
ETQsining texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlari
yuqori unumdorlikka ega
bo‗lishi elektrogidrotorlar qo‗llanilganda issiqlik almashgichlarni, xomashyo
nasoslarini, rezervuarlarni, o‗lchov asboblari va avtomatik majmualarini (O‗A
va AM) kamayishi hamda neftni to‗g‗ri haydash qurilmalarini takomillashtirish
hisobiga kapital va energiya xarajatlarni kamayishi,
mehnat unumdorligini
oshirish hisobiga va boshqalarga. Neftni birlamchi haydash qurilmasi bilan
takomillashtirilgan gorizontal elektrogidratorli ETQ si ya‘ni 2EG-160 alohida
turgan sharsimonli ETQsi taqqoslanganda bir xil unumdorlikda (6 mln. t/yil)
kapital xarajatlari, foydalanish sarflari va tuzsizlantirish tannarxi 1,5 marta
kichik bo‗ladi.
2.3-jadval
Dostları ilə paylaş: