―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 - rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining tatibli sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.1 - rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining tatibli sxemasi. 
I – nobarqaror neft; II- quruq gaz; III- suyultirilgan gaz; IV- gazli benzin; V- barqaror neft 
 
К-1 kolonnasining yuqorisidan chiqariladigan neftning yengil fraksiyasi 
kondensator-sovutgichda sovutiladi va С-1 gaz-ajratgichga beriladi, u yerdan 
metan va etandan tashkil topgan quruq gaz yuqorisidan chiqariladi, pastidan – 
kondensatsiyalangan benzin olinadi, issiqlik-almashtirgichda qizdirilgandan 
keyin К-2 siga barqarorlashtirish uchun yo‗naltiriladi. K-2 kolonnadagi bosim 
1,3 – 1,5 MPa chegarasida (bu yerdagi bosim К-1 kolonnaga nisbatan yuqori 
bo‗ladi chunki, propan va qisman butandan iborat gazlarni kondensatsiyalash 
talab qilinadi) ushlab turiladi. К-2 kolonnasining pastidagi harororat 130 - 
160°С chegarasida ushlab turiladi, chunki barqarorlashtirilgan benzin bir qismi 
bug‗li qizdirgich orqali retsirkulyatsiya qilinadi. K-2 kolonnasining yuqorisidagi 
talab qilingan harorat (40 - 50°С) suyultirilgan gazning bir qismini kolonnani 
sovuq sug‗orish uchun ta‘minlashga uzatiladi. К-2 kolonnaning yuqorisidan gaz 


133 
chiqariladi, gazning og‗ir qismi (propan va butan) kondensator-sovutgichda 
kondensatsiyalanadi va С-2 gaz-ajratgichda kondensatsiyalanmagan quruq gaz 
ajratiladi. Kodensat – suyultirilgan gaz – qurilmadan chiqariladi va gazni qayta 
ishlash zavodiga chiqariladi. K-2 kolonnaning pastidan chiqariladigan barqaror 
benzin barqaror neft bilan aralashtirilai va NQIZga yo‗naltiriladi. 
3.4.NQIZda neftni tuzsizlantirish
Texnologik qurilmalarni yiriklashtirish va kombinatsiyalashni davom 
ettirilishi katalitik jarayonlarning qo‗llanilishida qayta ishlashga beriladigan
neftdagi xloridli metallarning mavjudligi qurilmalarni takomillashtirishga olib 
kelmoqda. Xlorid miqdorini 5 ml/l tarkibi kamaytirilganda neftning tarkibidagi 
yuqoridagi metallar temir, kal‘siy, magniy, natriy birikmalar to‗liq olib 
chiqiladi, vannadiy tarkibi 2 martaga kamayadi. Bunday kamayish reaktiv va 
gazturbinali yoqilg‗ilarni, neftli kokslarni va boshqa neft mahsulotlarini sifat 
ko‗rsatgichi tomonidan juda muhim hisoblanadi. 
AQShlarida NQIZlarida neftni chuqur tuzsizlantirishda xloridni 1 mg/l 
gacha ta‘minlanadi va neftni to‗g‗ri haydash qurilmasining ishi ikki va undan 
ko‗p yillar davomida to‗xtovsiz ishi ta‘minlanadi. O‗zimizning zamonaviy 
NQIZ larida neftni tuzsizlantirish yetarlicha to‗liq amalga oshiriladi hamda 
xlorid 3...5 mg/l.gacha va suvning miqdori massasiga bo‗yicha 0,1 % gacha 
ta‘minlanadi. 
Nouglevodorod aralashmalari tarkibida bo‗lmagan toza neft ayniqsa, 
metall tuzlari va chuchuk tuz o‗zaro erimaydigan bo‗lganda tindirganda bu 
aralashma yengil qatlamlarga ajraladi. Neftning tarkibida bunday aralashmalar 
mavjud bo‗lganda neft – suv qiyin ajraladigan neftli deemulsiyani shakllantiradi. 
Deemulsiya 
– ikkita o‗zaro kam – yoki erimaydigan suyuqliklardan 
tashkil topgan dispers tizimi bo‗lib, qaysiki, uning birinchisi ikkinchisi bilan 
dispergirlangan kichik tomchilardan (globuldan) iborat bo‗ladi. Suyuqlik 
globullarga taqsimlangan, dispers muhit hisoblanadi,
dispergirli suyuqlik 
esa – 
dispers fazo deyiladi. 


134 
Neft deemulsiyasi ikki turga bo‗linadi: suvdagi neft (Н/С) – 
gidrofil
va 
neftdagi suv (С/Н) – 
gidrofob.
Birinchi holatda neft tomchilari suv muhitida 
ichki dispers fazosini hosil qiladi, ikkinchi holatda – suvning tomchilari neftli 
muhitda dispers fazosini hosil qiladi. 
Deemulsiyalarni paydo bo‗lishi dispers tizimlarini fazalari bo‗linma
chegarasida sirt holatlari bilan ya‘ni, sirt tortishish kuchlari bilan bog‗langan 
qaysiki, o‗zining sirtini kattalashida suyuqlik qarshilik qiladi. Sirt – faol 
moddalar (SFM) sirt kuchlanishni kamaytirish xususiyatiga ega bo‗ladi. Bunday 
xossa SFM qo‗shilganda dispers tizimlarni birorta fazasini eritadi, 
konsentratsiyalaydi va adsorbsiya qatlamini shakllantiradi – fazalar bo‗linmasi 
chegarasida SFM parda hosil qiladi. Sirt kuchlanishni pasayishi dispers fazasini 
dispersligi xususiyatini kuchaytiradi, adsorbsiya qatlamini shakllanishi esa – 
globullarni sirtida parda hosil qiladi – ularni tindirishda koalessensiyalanishiga
to‗sqinlik qiladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin