―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Rektifikatsion kolonnada ta‘minlash miqdoriga bog‗liq holda



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.7-rasm. Rektifikatsion kolonnada ta‘minlash miqdoriga bog‗liq holda 
xarajatlarning o‗zgarishi. 
a koeffitsiyenti bilvosita ajratilayotgan xomashyo uchun qabul qilingan 
haydash jarayoni harakatlantiruvchi kuchini xarakterlaydi

а>>
1 bo‗lgan 
xomashyoni komponentlarga ajratish, uning qiymati 1 ga yaqin bo‗lganiga 
nisbatan birmuncha osonroq. 
Nisbiy uchuvchanlik komponentlar joylashgan muhitning bosim va 
haroratiga bog‗liq. Bosim va harorat oshirilishi bilan 
а
qiymati kamayadi. Kritik 
qiymatiga yaqinlashganda 
а 
koeffitsiyentinig qiymati 1 ga yaqinlashadi. 
3.6. Neft xomashyosini qayta haydash jarayonlaridagi xususiyatlari
Neft va neft aralashmalari rektifikatsiya uchun xomashyo sifatida ularni 


150 
qayta ishlash texnologiyasida ba‘zi o‗ziga xosliklari bilan bog‗liq bo‗lgan 
spetsifik xossalari bilan tavsiflanadi. 
Neft va uning yuqori qaynovchi fraksiyalari va qoldiqlari issiqlikka yuqori 
bo‗lmagan barqarorligi bilan tavsiflanadi. Ko‗pchilik neftlar uchun termik 
barqarorlik harorati, taxminan dizel yoqilg‗isi va mazut orasidagi ITK egri 
chizig‗i chegarasidagi issiqlik bo‗linish chegarasiga mos keladi, ya‘ni ~ 
350...360°С Neftni juda yuqori haroratgacha qizdirish uning buzilishi va 
natijada haydashdan olinadigan mahsulotning sifati yomonlashuvi bilan olib 
boriladi. Shuning uchun neft va uning og‗ir fraksiyalarini haydash - qizdirish 
haroratini chegaralash bilan olib boriladi. Ruxsat etilgan qizdirish haroratidan 
yuqori haroratda qaynovchi xomashyolar, neftdan qo‗shimcha fraksiyalarni 
ajratish uchun, bunday cheklangan sharoitda, komponentlarning nisbiy 
uchuvchanligini oshirishning yagona yo‗li – vakuum ostida haydashdan 
foydalanish mumkin. Shunday qilib, mazutni vakuum kolonnasining ta‘minlash 
qismida ortiqcha bosim ~ 100 i ~ 20 mm sm.ust. (~ 133 va 30 gPa) bo‗lganda 
haydash, gazolin (yog‗li) fraksiyalarni qaynash harorati oxiri mos ravishda 500 
va 600°С bo‗lganda olish imkonini beradi. Odatda vakuumli haydashda 
(shuningdek, atmosferali haydashda xam) ajratilish aniqligini oshirish uchun 
yengilroq fraksiyalarni bug‗latish uchun suv bug‗larini haydash qo‗llaniladi.
O‗z navbatida, neftning termik nobarqarorligi bosqichidan kelib chiqib uning 
chuqur aniqlikda haydash (ya‘ni to gudrongacha fraksiyalarni olish) 
texnologiyasi minimum 2 bosqichni o‗z ichiga olishi kerak: yoqilg‗i 
fraksiyalarini olish bilan kechadigan mazutgacha bo‗lgan atmosferali haydash va 
gazolin (moyli) fraksiyalarni olish va gudron qolishi bilan kechadigan mazutni 
vakuum ostida haydash.
Neft fraksion tarkibga ajralish va komponentlarning mos ravishda 
uchuvchanligi bilan tavsiflanadigan ko‗p komponentli xomashyodir. Hisob-
kitoblar shuni ko‗rsatadiki, nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti qiymati neft 
fraksiyalari og‗irlashishi bilan, shuningdek fraksiyalar qaynashining harorat 
oralig‗ini qisqarishi bilan uzluksiz (eksponensial) pasayadi. Neft 


151 
xomashyosining bu o‗ziga xosligi haydab ajratish aniqligiga, asosan yuqori 
qaynovchi fraksiyalarga nisbatan va fraksiyalar tozaligiga nisbatan ham ma‘lum 
cheklovlarni yaratadi. Iqtisodiy nuqtai nazarda, haydash jarayonlardan, misol 
uchun, individual toza uglevodorod yoki neftning yuqori tozalikdagi 
fraksiyalarini ajratishni talab qilish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun neftni 
qayta ishlashda yetarlicha katta harorat oralig‗ida qaynovchi quyidagi yoqilg‗i 
va gazolin fraksiyalari olinilishi bilan qanoatlaniladi: 
benzinli past qaynovchi 140°С (180°С); 
kerosinli 140 (180)...240°С; 
dizelli 240....350°С; 
vakuumli distillyat (vakuumli gazoyl‘) 350.400°С, 400.450°С va 450 -
500°С 
Og‗ir qoldiq - gudron > 490°С (> 500°С). 
Ba‘zida qoldiqda katyol yoqilg‗isi sifatida ishlatiladigan mazut > 350°С 
olinadigan atmosfera bosimida neftni chuqur bo‗lmagan haydash bilan 
cheklanadi. 
Neftning yuqori qaynovchi qoldiq fraksiyalari, haydash jarayonida 
distillyatga tushganda ularning foydalanish tavsiflarini tezda yomonlashtiruvchi 
va ularning keyingi qayta ishlanishini qiyinlashtiruvchi ko‗p darajadagi 
geteroorganik smola-asfaltenli birikmalardan va metallardan tashkil topadi. Bu 
holat atmosferali va asosan vakuumli kolonnalar ta‘minot seksiyalarida fazalarni 
aniq separatsiya qilishni tashkillashtirish zaruratini shart qilib qo‗yadi. 
Kolonnalar ta‘minot seksiyasida fazalarni samarali separatsiya qilishga kub 
suyuqligidan mayda tomchilar (tuman, ko‗pik, tomchilar)ni ushlovchi maxsus 
ajratgichlar (parchalovchi likopchalar, nasadkalar va b)ni o‗rnatish, shuningdek 
maxsus yuvuvchi likopchada bug‗ oqimini oquvchi suyuqlik bilan yuvish orqali 
erishiladi. Shuning uchun va kolonna kolonnalar pastki likopchalarining ajratish 
seksiyalari ajratish qobiliyatini oshirish maqsadida, xomashyoni oz miqdorda 
qizdirish yo‗li bilan bir martalik qizdirish orttirmasi deb nomlanuvchi ba‘zi 
orttirma ta‘minotni ta‘minlash zarur. Kolonna ta‘minot seksiyasidagi bir marta 


152 
bug‗latishda haydash ulushi distillyat va yon haydash ko‗rinishida olinuvchi 
mahsulotdan 2.5% ga ko‗proq bo‗lishi kerak. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin