3.8. Rektifikatsiya kolonnasidagi bosim va harorat rejimini tanlash
Flegmalar soni, likopchalar soni va turining qabul qilingan qiymatlarida
haydash jarayonining iqtisodiy ko‗rsatgichlariga kolonnadagi bosim va harorat
rejimi ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. Bu ikki ishchi parametrlar bir - biriga o‗zaro
bog‗liq: misol uchun, faqatgina bosim talab qilingan harorat rejimini hisobga
olmagan holda optimallashtirish mumkin emas va aksincha.
Rektifikatsiya kolonnasida texnologik parametrlarni optimallashtirishda
shunday bosim va harorat qiymatlarini tanlash maqsadga muvofiqki bo‗ladi va
ular:
-ajratuvchi tizimning kritikdan uzoq (aks holda rektifikatsiya jarayonini
amalga oshirish mumkin emas) holatini ta‘minlaydi va nisbiy uchuvchanlik
koeffitsiyentining kattaroq qiymatini ham ta‘minlashi mumkin;
-xomashyo va haydash mahsulotlarining issiqlik ta‘sirida parchalanish
yoki ularni apparatlar va kommunikatsiyalarda kristallanish ehtimolini bartaraf
etadi;
-rektifikatsiya bug‗larini kondensatsiyalashda arzon va mavjud sovuq
agentlardan (suv, havo) va kub suyuqligini isitish va bug‗latish uchun arzon
hamda mavjud issiqlik tashuvchilardan (masalan, yuqori bosimli suv bug‗i)
foydalanish, shuningdek sovutgich, kondensator, issiqlik almashinuvchi va
isitgichlarning talab qilingan yuzasini kamaytirish imkonini beradi.
-rektifikatsiya kolonnasi bilan material va issiqlik oqimlari bilan
bog‗langan apparat va jarayonlarning normal ishini ta‘minlaydi;
-solishtirma unumdorlik, kapital va foydalanish xarajatlar bo‗yicha
optimal darajani ta‘minlaydi.
Bosim miqdori bo‗yicha, neft xomashyosini haydashda sanoat
qurilmalarida qo‗llaniladigan rektifikatsiya kolonnalarini quyidagi turlarga
bo‗lish mumkin:
156
a)barqarorlashgan va benzinsizlangan neftlarni mazut va yoqilg‗i
fraksiyalarga haydashda qo‗llaniladigan, atmosfera bosimidan birmuncha
balandroq bosimda (0,1...0,2 MPa) ishlovchi, atmosfera bosimli;
b)mazutni vakuumli (chuqur vakuumli) gazoyl yoki toza moyli fraksiyalar
va gudronga fraksiyalash uchun mo‗ljallangan, ta‘minlash zonasida qoldiq
bosim (mos ravishda ~ 100 i 30 gPa)da vakuum (yoki chuqur vakuum) ostida
ishlovchi, vakuumli (chuqur vakuumli);
v)neftlarni barqarorlashtirish yoki benzinsizlantirishda, gaz benzinlarni,
neftni haydab olingan benzinlarni barqarorlashtirishda va yo‗ldosh neft gazlari
yoki neft zavodi gazlarini fraksiyalash va ikkilamchi jarayonlarida
qo‗llaniladigin, yuqori bosimda (1.4 MPa), ishlovchi kolonnalar.
Rektifikatsiya kolonnasida bosimni oshirish yoki kamaytirish mos
ravishda harorat rejimining oshishi yoki kamayishi bilan olib boriladi. Shunday
qilib, rektifikat sifatida propanni olish uchun kolonnaning yuqorisidagi talab
qilinadigan harorat, bosim 0,1 va 1,8 MPa bo‗lganda mos ravishda -42 va +55°С
ni tashkil qiladi. Rektifikatsiyalashning ikkinchi variantini afzalligi ko‗rinib
turibdiki, yuqori bosim, propan bug‗larini kondensatsiyalash uchun maxsus
sovituvchi agentlar va qimmat past haroratli sovutish tizimlaridan emas balki,
suvdan foydalanishga imkon yaratadi. Haydash, masalan vakuum ostida haydab
xomashyoni qizdirish haroratidan 100 - 150°С ga ortiqcha haroratda qaynatib
neft fraksiyalarini sezilarli parchalanishlarsiz (buzilishsiz) olish imkonini beradi.
Harorat rejimi bosim bilan bir qatorda jarayonning eng asosiy
parametrlaridan biri hisoblanib, uning o‗zgarishi rektifikat mahsuloti sifatini
rostlaydi. Rostlashning eng muhim nuqtasi bu kiritiluvchi xomashyo va
kolonnadan olinadigan rektifikat mahsulotlarining harorati hisoblanadi.
Sanoat uskunalaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‗rsatadiki, neftni
atmosfera bosimi ostida haydash rektifikatsiya kolonnasini ta‘minlash zonasida
harorat 320 - 360°С bo‗lganda, mazutni vakuumli haydash esa isitgichdan
chiqishdagi harorat 430°С dan yuqori bo‗lmaganda amalga oshiriladi.
Suv bug‗i bilan haydashda kub qoldig‗i harorati odatda xomashyoni
157
qizdirish haroratidan 20 - 30°С pastroq, bug‗latish kolonnasidan chiqayotgan
fraksiyalar esa bug‗latish suyuqligiga tushadigan fraksiyalar haroratiga nisbatan
10 - 15°С ga pastroq bo‗ladi. Kolonna pastiki qismiga qizdirgich orqali issiqlik
berishda kub suyuqligi harorati tushuvchi suyuqlikning yuqori haroratiga mos
sonlarda bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |