500
ega) ishqor yordamida tozalash mumkin, yoki hidi aytarli sezilmas disul‘fidlarga
aylantirish mumkin ( meroks jarayoni).
Keyinchalik benzin va dizel yoqilg‗ilarini tozalashda gidrotozalash
jarayonlari keng qo‗llanilmoqda.
Neft moylari
Neft fraksiyalardan
bir necha xil moylar olinib, ular xalq xo‗jaligining
hamma sohalarida ishlatiladi.
Neft moylari asosan surkov moylari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari
gidravlika tizimida ishchi organ sifatida, transformator va kondensatorlarda
izolyatsiya
xizmatini bajaradi, prisadkalar tayyorlashda va boshka sohalarda
keng ishlatiladi.
Neft moylarining turlari
Olinish texnologiyasi bo‗yicha
:
distillat moylari, qoldiq moylari. Ularni
aralashtirilib kerakli surkov moylari olinadi. Moylarga polimer birikmalar
qo‗shib quyuq surkov moyi olinadi.
Iste‘mol qilish bo‗yicha: surkov, konservatsiya, elektroizolyatsiya,
gidravlika.
texnologik, vakuum. meditsina va parfyumeriya (oq) moylarga
bo‗linadi.
Moy fraksiyalarini tozalash usullari
Neft moylarini olish bundan 100 yil ilgari, D.I.Mendeleyevning
rahbarligida amalga oshirilgan. Neft distillyatlarini sul‘fat
kislotasi bilan
ishlanganda, uning tarkibidan smola va yonboshida kalta parafin zanjiri bo‗lgan
aromatik uglevodorodlar chiqib ketadi. Keyin ishqor eritmasi yoki maxsus
tuproqlar yordami ishlov berilgan.
1930-yillardan boshlab moy olish texnologiyasi takomillasha boshlagan.