m
Karbamid + n-alkan
к
>
kompleks ,
bu yerda
m
- karbamid va
n
-alkan mol sonlari nisbatidir (odatda
m ~
0,7 n,
n
— n-alkan uglerod atomlari soni bo‗lganda).
Muvozanat shartlariga ko‗ra kompleks hosil qilishni karbamidning yuqori
konsentratsiyasida va jarayonning asosiy ustunligi bo‗lgan nisbatan past
haroratlarda (20 - 45°С) amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Karbamidli
deparafinlashning yana bir muhim afzalligi, denormalizatning ko‗p miqdorda
(75....90 % maS) chiqishini belgilovchi, normal parafinli uglevodorodlarni
sezilarli darajada yuqori ajratuvchanligidir. Biroq karbamidninig ajratuvchanligi
deparafinlashxomashyosining
qaynash
harorati oshishi
bilan
kamayib
493
boradi.Shuning uchun karbamidli deparafinlash asosan past haroratda qotuvchi
dizel yoqilg‗ilar va past qovushqoqli moylarni olishda qo‗llaniladi.
Karbamid kompleks birikmalarining hosil bo‗lishi ekzotermik jarayon
hisoblanib, bunda hisob bo‗yicha n-alkan molekulasida bir uglerod atomi
(n)ning issiqlik effekti ~ 6,7 kDj ni tashkil etadi.
Kompleks hosil qilish jarayonining zarur sharti tizimda kompleks hosil
bo‗lishini yengillashtiruvchi va tezlashtiruvchi – faollashtirgichning
mavjudligidir. Jarayon faollashtirgichlari sifatida suv, spirtlar (metil, etil,
izopropil) va ketonlar (atseton, MEK) keng qo‗llaniladi. Faollashtirgich qutbli
modda hisoblanib, muhitning gomogenligi (bir xilligi)ga yordam beradi, parafin
uglevodorodlarini xomashyoning boshqa komponentlari bilan aloqasini
zaiflashtiradi, karbamidning kristall tuzilishini tetragonaldan geksagonalga
uzgarishiga yordam beradi va bu bilan uning faolligini oshiradi.
Moyli xomashyoning qovushqoqligini pasaytirish uchun aralashtiruvchilar
(benzol, benzin, dixloretan) qo‗llaniladi. Ko‗pincha aralashtiruvchi vazifasini bir
vaqtning o‗zida jarayonning faollashtiruvchisi bo‗lgan – yuqori ketonlar va
spirtlar bajaradi.
Kompleks hosil qilish jarayoni aralashmaning reaksiyaga kirishuvchi
komponentlari orasida yaxshiroq o‗zaro kontakt hosil qiluvchi jadal aralashtirish
bilan amalga oshiriladi va shu bilan jarayonni jadallashtiriladi. Kontaktlashish
vaqti xomashyo sifatiga bog‗liq bo‗ladi va odatda 30 - 60 daqiqani tashkil etadi.
Karbamidli deparafinlashda qo‗llaniladigan karbamidning agregat
holatiga, aralashtirgich va karbamidning tabiatiga, reaktor blokinig tuzilishiga,
kompleksni ajratish va parchalash usuliga ko‗ra turli variantlari ishlab chiqilgan
va joriy etilgan bo‗lib, ularning har biri o‗z afzallik va kamchiliklariga ega.
Suvli izopropil spirtini karbamid eritmasi bilan deparafinlash jarayonida
quyidagi natijalar olingan:
|