14.15-rasm. Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish qurilmasining
texnologik sxemasi
:
1-qabul qilgich; 2-bug‗li qizdirgich; 3-deaerator; 4,11,14-o‗txona; 5-havo purkagich; 6-
fil‘tr; 7,9,17,18-gidravlik zatvorlar; 8,16-reaktorlar; 10-kondensator-reaktor; 12-yoqib
yuborish pechi; 13-mo‗ri quvuri; 15-oltingugurt tutqich; 19-nasos; 20-oltingugurt ombori;
21-bloklardagi sarfni rostlagich.
Oltingugurt ishlab chiqarishni har xil bosqichlarida texnologik gazlarni
tarkibini tahlili vodorod-sul‘fid tarkibli gazni yoqilishi bo‗yicha taqsimlanishi,
kislorodning nisbati va xomayoshni yoqishga kirishini korrektirovka qilish
imkoniyatini beradi. Mo‗ri gazlarida oltingugurt ikki oksidini ulushini oshishi
pechda yoqilgandan keyin 1,45% dan yuqori bo‗lishi oltingugurt olish
jarayonida vodorod-sul‘fidni generatsiyalanmagan tarkibini oshib ketganligi
haqida ma‘lumot beradi. Bunday sharoitda asosiy o‗txonaga beriladigan havo
sarfi korrektirovka qilinadi yoki vodorod-sul‘fid tarkibli gaz o‗txonalar bo‗yicha
563
qayta taqsimlanadi.
14.8. Vodorod-sul‘fiddan
sulfat
kislotasini ishlab chiqarish
Neftni qayta ishlash zavodlarida
sulfat
kislotasi texnik vodorod-sul‘fiddan
olinadi. Xomashyo-vodorod-sul‘fid tarkibli gazda-84%dan kichik bo‗lmagan
vodorod-sul‘fid; uglevodorod tarkibi 2,5% gacha (hajmi bo‗yicha) va azot,
uglerod ikki oksidi va boshqalar 13,5% dan ko‗p emas (hajmi bo‗yicha).
Qurilmada
sulfat
kislotasi ishlanadi: monogidrat tarkibi yaxshilangan 92,5-94 %
(massasi bo‗yicha) yoki texnik monogidrat tarkibi 92,5% dan kichik emas.
Jarayonning asosiy bosqichlari quyidagilar: vodorod-sul‘fid gazini
o‗txonada yoqish natijasida oltingugurt ikki oksidini olish; suv bug‗ini olish
uchun olingan uglerod ikki oksidini qozon-utilizatorda sovutish; vanadiy
katalizatori bilan yuklangan kontakt apparatida oltingugurt ikki oksidini uch
oksidgacha oksidlantirish; oltingugurt uch oksidini va suv bug‗larini
sulfat
kislotasi hosil bo‗lguncha kondensatsiyalash; elektr fil‘trida
sulfat
kislotasini
tumanlarini va tomchilarini ushlab olish. Qurilmaning texnologik sxemasi
14.16-rasmda keltirilgan.
Vodorod-sul‘fid
tarkibli gaz nam ajratuvchi qabul qilgichda
kuchaytirilgan monoetanolamin va suvdan tozalanadi hamda forsunka orqali
pechga (2) kirib keladi. Shu forsunkadan havo purkagich orqali (4) havoni
xomashyoga hajmiy (8-12) : 1 nisbatida pechga uzatiladi. Gaz qozon-utilizator
(9) bo‗yicha xomashyoni yonish mahsulotlari qaysiki, uglerod ikki oksidi
sovutiladi, kontakt apparatiga (3) yo‗naltiriladi. Qozon-utilizatorda ishlangan
suv bug‗i deaerator (10) orqali olib ketiladi. O‗txonadan chiqadigan gazdagi
oltingugurt ikki oksidining konsentratsiyasi analizatorning (11) ko‗rsatgichlari
bo‗yicha nazorat va korrektirovka qilinadi.
|