576
Neftkimyoviy ishlab chiqarishning yana bir xomashyosi atsetilen С
2
Н
2
hisoblanadi. U metanni yuqori harorat elektrokreking (vol‘t yoy sharoitida)
qilish usuli orqali olinadi. Atsetilen sintetik tolalarni va plastmassalarni ishlab
chiqarish uchun birlamchi material hisoblanadi.
Sirt-faol moddalarni ishlab chiqarish
. Sintetik
materiallarni ishlab
chiqarish uchun aromatik uglevodorodlar kerak bo‗ladi - benzol, toluol, ksilol,
naftalin va boshqalar. Stirol va fenol ishlab chiqarishda benzol qo‗llaniladi. Past
molekulyarli olefinlarga ta‘sir qilish asosida (etilen, propilei, butilen) yuvuvchi
moddalar, smola va moylarga qo‗shiladigan qo‗shmalarni ishlab chiqarishda
fenoldan oraliq mahsulotlari olinadi. Ksilol esa sintetik tolalarni (lavsan) ishlab
chiqarishda qo‗llaniladi. Uzoq vaqtlar davomida aromatik uglevodorodlarni
olishda neftni piroliz qilish usuli qo‗llanilgan. Hozirgi vaqtda aromatik
uglevodorodlarni ishlab chiqarishda qisqa benzin fraksiyalari katalitik riforming
qilinadi.
Spirt ishlab chiqarish
.
Sintetik polimerlarni, kauchuklarni, yuvish
moddalarini ishlab chiqarishda spirt qo‗laniladi, eritgichlar sifatida,
ekstragentlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Spirtlarni ishlab
chiqarishda eng muhim usullardan biri olefinlarni gadratatsiya qilish hisoblanadi
hamda ularni ishlab chiqarish davomida etilli, izopropilli, izobutanli va boshqa
spirtlar ishlab chiqariladi. Yetilli spirt esa uglerod oksidini gidratlash (СО ni va
vodorodni yuqori harorat va bosim ostida katalizatorni qatnashtirib oladi) orqali
olinadi.
Polimerlarni ishlab chiqarish
. Yuqori
molekulyarli birikmalarga
(polimerlarga) molekulyar massasi 5000 va katta bo‗lgan moddalar kiradi.
Polimerlar ko‗p martali takrorlanadigan elementlardan – ya‘ni monomerlarni
qoldiqlaridan tashkil topadi. Polimerlarni asosiy sintez usuli polimerlash va
polukondensatsiyalash hisoblanadi.
Polimerzatsiyalash
yuqori molekulyarli
moddalarni olishda monomerlarni bir qancha molekulalarini reaksiyalab
biriktirish orqali olinadigan moddasi bo‗lib, ularni tarkibi o‗zgartirish orqali
shakllantiriladi.
577
Polikondensatsiyalashda
qandaydir past molekulyarli moddalarni ajratish
orqali (suv, spirt, ammiak va boshqalar) olinadi. Bunday holatda polimerning
elementar zanjirini tarkibi birlamchi monomerning
elementar tarkibiga mos
kelmaydi.
Ko‗p shaklli polimerlarni ishlab chiqarish ularni turli tuman ishlab
chiqarish texnologiyalarini qo‗llash evaziga olinadi.
Sintetik kauchuk
ishlab chiqarishning eng sodda texnologik jarayonlarini
olib borish ketma-ketligi quyidagicha. Etilenni gidratlash yo‗li orqali etil spirti
olinadi. U germitik yopiq idishda bug‗lari bir necha yuzlab gradus haroratda
reaktorda maxsus katalizator qo‗shib qizdiriladi va bug‗lantiriladi hamda
butadiyen olinadi. Butadiyen tozalangandan keyin katalitik polimerizatsiyaga
beriladi va kauchuk-xomashyosi ishlanadi. U past haroratda
aralashtiriladi va
kauchuk-xomashyosi tarkibidan gaz chiqariladi. Olingan mahsulotdan kauchuk
motosi olinadi, rezina ishlab chiqaradigan zavodga keltiriladi keyin esa har xil
buyumlar ishlab chiqariladi.
Plastmassalar guruhiga viniplast, penoplast, polietilen, teflon va boshqa
materialar kiradi.
Viniplast –
etilenni xlor bilan reaksiyasida paydo bo‗ladigan
polivinilxlorid smolasini kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadi. Viniplastdan
elektrizolyatsiya
materiallarni, quvurlarni va armaturalarni tayyorlashda kimyo
sanoatida qo‗llaniladi. Bundan tashqari viniplastiga maxsus modda qo‗shiladi va
qizdirilganda katta miqdorda gaz ajralib chiqadi – natjada
penoplast
olinadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan penoplast suvdan 7 – 10 marta yengil.
Polietilen material keng qo‗llaniladi-u etilenni polimerzatsiyalashning
yuqori molekulyar mahsulotidir. Polietilen yuqori bosimli va past bosimliga
ajratiladi. Buning uchun etilen yuqori chastotali jarayonni talab qiladi. Yuqori
bosimli polietilen 100 - 300 MPa bosimda va 100-300
0
С haroratda kislorodni
qatnashtirib olinadi. Past bosimli polietilen esa etilenni polimerzatsiyalash orqali
1 MPa bosimda va 60-80
0
Сda maxsus katalizatorni qo‗shib olinadi.
578
Teflon
(poliftoretilen) monomer–tetraftoretilenni polimerzatsiyalash yo‗li
orqali olinadi. Bunday monomerlar – uning malekulasidagi vodorod
atomlarini
ftor atomlariga almashtirish yo‗li orqali etilendan olinadi.
Sintetik tolalardan hozirgi vaqtda kapron, lavson, nitron va boshqa
narsalar olish keng miqyosda olinmoqda.
Kapronni
ishlab chiqarishda asosiy
birlamchi materiali – kaprolaktam hisoblanadi. Kapron fenol yoki benzolni
murakkab
kimyoviy
qayta
ishlash
natijasida
olinadi.
Kaprolaktam
polimerizatsiyalashga 250
0
С da azotni qatnashtirib beriladi va kapronli smola
olinadi, undan keyin esa kapronli tolalar ishlab chiqariladi.
Lavsan-
para-ksilolni qayta ishlash orqali olinadi, o‗z
navbatida katalitik
riforming qurilmasida benzin fraksiyalarini katalitik qayta ishlash yo‗li bilan
ham olinadi.
Dostları ilə paylaş: