―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Neft mahsulotlarini tozalash.
Neftni birlamchi va ikkilamchi ishlash 
jarayonida olinadign fraksiyalarning tarkibida har xil zarrachalar bo‗ladi. 
Distillyatlarni 
tarkibidagi 
zarrachalarning 
tarkibi 
va 
konsentratsiyasi 
foydalaniladigan xom-ashyoning turiga, qo‗llaniladigan qayta ishlash
jarayoniga va texnologik qurilmaning rejimiga bog‗liq bo‗ladi. Zararli 
zarrachalarni yo‗qotish uchun distillyant tozalanadi.
Tiniq neft mahsulotlarini tozalash. 
Tiniq neft mahsulotlarining tarkibidagi 


68 
keraksiz aralashmalarning zarrachalar oltingugurt birikmalari, neftli kislotalar, 
ruxsat etilmagan birikmalar, smolalar va qattiq parafinlar hisoblanadi. Motor 
yoqilg‗isining tarkibida oltingugurt birikmasi va karbonat angidrid kabi neftli 
kislotalarning mavjudligi dvigatel‘ detallarida korroziyani keltirib chiqaradi. 
Yokilg‗ilarni saqlashda va ishlatishda ruxsat etilmagan cho‗kmalarni hosil 
qiladi, issiqlik uzatmalarini ifloslantiradi va dvigatellarni normal ishlatish 
jarayoniga ta‘sir qiladi. Yoqilg‗ining tarkibida smolaning miqdorini ko‗payib 
ketganda qurumlarni paydo bo‗lishiga, yonish kamerasining detallarida smolani 
o‗tirib qolishiga sabab bo‗ladi. Neft mahsulotlarida qattiq uglevodorodlarning 
mavjudligi sovutishda haroratni ko‗tarilishga olib keladi, natijada parafinlar 
fil‘trlarga o‗tirib qoladi, silindrlarga yoqilg‗ini uzatishni yomonlashtiradi, 
dvigatel‘ uchib qoladi. 
Neft mahsulotlarning ba‘zi birlariga alohida spetsifik talablar qo‗yiladi. 
Tiniq kerosinlarning tarkibida sakrovchi olov hosil qiluvchi aromatik 
uglevodorodni bo‗lishi mumkin emas Bir qator eritmalarda aromatik 
uglevodorodlarning mavjudligi (uayt-sprit) uni oxirida zaxarli modda 
aylantiradi. 
Tiniq neft mahsulotlarining tarkibidagi zararli aralashmalarni chiqarib 
tashlashda quyidagi jarayonlar qo‗llaniladi: 
-ishqorli tozalash; 
-kislota-ishqorli tozalash; 
-parafinsizlashtirish; 
-gidravlik tozalash; alyuminsilikatli katalizatorlar yordamida katalitik 
tozalash; 
-ingibirlash.
Ishqorli tozalash 
- benzinli, kerosinli va dizel fraksiyalarini suvni kaustik 
aralashmasi yoki kal‘siylangan soda yordamida tozalashdir. Bunda benzindan
oltingugurt va qisman merkaptinlar, kerosinlar va dizel yoqilg‗isidan – naften 
kislotalari ajratib olinadi.
Kislota-ishqorli tozalash
yordamida - distillyantlarning tarkibidagi ruxsat 


69 
etilmagan aromatik uglevodorodlarni hamda smola ajratib olinadi. Unga avval
ishlov berish natijasida sulfat kislotasi keyin esa – suvli eritma yordamida 
ishqorlar neytrallashtiriladi. 
Parafinsizlashtirish 
– dizel yoqilg‗isini qotish haroratini pasaytirishda 
foydalaniladi va distillyatni karbamid eritmasi bilan ishlashga qo‗shadi.
Reaksiyani borish yo‗lida parafin uglevodorodlari karbamid bilan birikma hosil 
qiladi, boshlanishida mahsulotdan ajratiladi, keyin esa qizdirilganda parafin va 
karbamidga parchalanadi.
Gidrotozalash 
– neftni birlamchi tozalashda benzin, kerosin va dizel 
fraksiyasidan oltingugurt birikmalarini chiqarib tashlashda qo‗llaniladi. Buning 
uchun tizimga 350...430
0
С haroratda va 3...7 MPa bosimda katalizator 
qatnashtirilib vodorod kiritiladi. U oltingugurtni vodorod sul‘fid ko‗rinishida 
siqib chiqaradi. Gidrotozalash ikkilamchi mahsulotlarni tozalashda ruxsatsiz 
birikmalarni tozalashda qo‗llaniladi va vodorodni biriktirib chegaraviy ruxsat 
etilgan birikmani hosil qiladi. 
Alyuminiy silikatli katalizatorlar 
bilan katalitik tozalash oktan sonini 
oshirishda va katalitik krekingda olinadigan benzinlarda uglevodorodlarni ruxsat 
etilmagan birikmalarini kamaytirishda qo‗llaniladi. 
Ingibirlash 
– termik krekingda maxsus qo‗shimchalar kiritib benzinlarda 
chegarasiz uglevodorodlarni polimerlash va oksidlanish reaksiyasini bostirishda 
qo‗llaniladi. 
Moylovchi yog‗larni tozalash: 
Moylovchi yog‗larni tozalashda quyidagi 
jarayonlar qo‗llaniladi: 
1) eritgichlar yordamida selektiv (tanlangan) tozalash; 
2) parafinsizlashtirish; 
3) gidravlik tozalash
4) asfaltsizlashtirish; 
5) ishqorli tozalash. 
Selektiv eritgichlar shunday moddaki, aniq haroratda neft mahsulotlaridan 
aniq komponentlarni olib chiqib ketish xususiyatiga ega, boshqa komponentlarni 


70 
eritmaydi va o‗zi ham unda erimaydi. 
Tozalash ekstraksiya kolonnalarda olib boriladi, uning ichi bo‗sh bo‗lishi 
yoki nasadkali yoki har xil turdagi likopchali bo‗ladi. 
Yog‗larni tozalashda quyidagi eritgichlar qo‗llaniladi: 
furfurol, fenol, 
propan, atseton, benzol, toluol
va boshqalar. Ularning yordamida yog‗dan 
smolalar, asfaltenlar, aromatik uglevodorodlar va qattiq parafinli uglevodordlar 
chiqarib olinadi. 
Selektiv tozalash natijasida ikkita faza hosil bo‗ladi: yog‗ning foydali 
komponentlari (rafinat) va keraksiz aralashmalar (ekstraktlar). 
Parafinsizlashtirish
-parafinli neftdan olingan rafinatlar va qattiq 
uglevodorodlarning tarkibi selektiv parafinsizlashtiriladi. Agarda bu jarayon 
amalga oshirilmasa, harorat pasayganda harakatchanlik yo‗qoladi va ishlatish 
uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi. 
Parafinsizlashtirishda yog‗lar ham past haroratda qaynovchi (atseton, 
metiletilketon, suyultirilgan propan va boshqa) eritmalarda sovutish amalga 
oshiriladi. Karbomid yordamida ham parafinsizlashtirishni amalga oshirish 
mumkin. 
Gidrotozalashdan maqsad yog‗ning rangini yaxshilash va barqororligini
kuchaytirish, ularni qovushqoqlik–harorat xossalarini oshirish, kokslanish va 
oltingugurtning tarkibini pasaytirish hisoblanadi. Jarayonning asosiy maqsadi 
katalizatorlar mavjud bo‗lganda vodorod yordamida ta‘sir qilinadi xamda 
oltingugurtli va boshqa birikmalar cho‗ktiriladi. 
Deasfaltizatsiya
– yog‗lar asfalt–smola moddalaridan tozalanadi. Buning 
uchun sulfat kislotasi qo‗llaniladi.
Ishqorli tozalash 
- yog‗ning tarkibidagi neftli kislotaning yog‗lari, 
merkaptanlar hamda deasfaltizatsiyadan keyin qolgan sulfat kislotasi va 
uglevodorodlar bilan o‗zaro reaksiyalanadigan mahsulotlar neytrallashtiriladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin