―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari va texnologiyasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.3. Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari va texnologiyasi 
Neftni qayta ishlash zavodiga kirib kelish paytidan boshlab, undan 
olinadigan neft mahsulotlari quyidagi asosiy bosqichlardan o‗tkaziladi: 
1.Neftni qayta ishlashga tayyorlash. 
2.Neftni birlamchi qayta ishlash. 
3.Neftni ikkilamchi qayta ishlash. 
4.Neft mahsulotlarini tozalash (2.3 – rasm )
Neftni qayta ishlash jarayoni balandligi 30 metr va diametri 4 metr 
bo‗lgan tik silindrik apparatda amalga oshiriladi. Kolonnaning ichki qismi ko‗p 
sonli gorizontal diskalar (likopchalar) bilan bo‗linmalarga bo‗lingan va ular 
orqali neft bug‗larini o‗tishi uchun teshikchalar o‗rnatilgan. (2.5 - rasm). 
Neftni chuqur bo‗lmagan haydab benzin, kerosin, dizel fraksiyalarini va 
mazutni olish jarani AT (atmosfernaya trubchataya-atmosferali quvurcha) 
qurilmalarida amalga oshiriladi. VT (vakuumnaya trubchataya-vakuumli 
quvurcha) qurilmasi neftni chuqur qayta ishlashga mo‗ljallangan. Ushbu 
qurilmalar yordamida mazutdan gazoyl, moyli fraksiyalar va gudron olinadi 
hamda neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonida xomashyo sifatida 
foydalaniladi.


62 
Neft kolonnaga haydashdan oldin quvurli pechlarda 360 – 390
0
С 
haroratgacha qizdiriladi. Bunda benzin, nafta (ligroin), kerosin, yengil va og‗ir 
gazoyllar bug‗simon holatga o‗tadi, suyuqlik fazasi esa juda yuqori haroratdagi 
mazut ko‗rinishida bo‗ladi. Qaynoq aralashma kolonnaga kiritilgandan keyin 
mazut pastga oqadi, uglevodorodlar esa bug‗simon holatda yuqoriga ko‗tariladi. 
2.3-rasm. Neftni qayta ishlaydigan zavodning texnologik oqimi (soddalashtirilgan 
sxema): 
I – neftni qayta ishlashga tayyorlash; II – neftni birlamchi haydash; III – neftni ikkilamchi 
qayta ishlash; IV – neft mahsulotlarini tozalash 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin