―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.2-jadval 
Sinflari 

II 
III 
IV 
Xloridlar, mg/l,katta emas 
Suv, % (massasiga nisbatan.), katta emas Mexanik 
aralashmalar, % (massasi bo‗yicha) katta emas 
40 
0,2 
0,05 
300 
1,0 
0,05 
1800 
1,0 
0,05 
3600 
2,0 
0,05 
Bu jadvaldagi ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, GOST 9965-65 talablari 
I guruh uchun bajariladi, qayta haydashga to‗planadigan neftlar uchun sifat 
talabi yanada yuqoridir.


58 
Konlardagi elektr tuzsizlantirish qurilmasidan keyin barqarorlashtirishga 
yo‗naltiriladi. Neftni barqarorlashtirishni fizik jarayoni gaz komponentlarini 
ajratishga mo‗ljallangan. Yuqori bosimda to‗yingan gazning bug‗lari neftning 
tarkibidan atrof muhit haroratida ajralib chiqadi va o‗zi bilan birgalikda 
benzinning eng qimmat komponentlarini ham olib chiqadi.
Quyida bug‗larga to‗yingan yengil uglevodorodlar uchun mos keladigan 
bosim va haroratning meyorlari keltirilgan: 
2.3-jadval 
Harorat, oC 
Bosim, MPa 
etan 
propan 
n-butan

2,31 
0,46 
0,10 
10 
2,92 
0,62 
0,14 
20 
3,65 
0,82 
0,20 
30 
4,50 
1,06 
0,27 
40 

1,34 
0,37 
50 

1,66 
0,48 
Bunday bug‗lanish neftni va neft mahsulotlarini rezervuarlarga to‗kishda 
va qo‗yishda kuzatiladi. Bunda yo‗qotilish 5% dan oshib ketishi mumkin. 
Bundan tashqari neftli gazlar mavjud bo‗lganda quvur uzatmalarda bug‗li 
tiqinlarni hosil qiladi va qayta haydash jarayonini qiyinlashtiradi.
Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va foydalaniladi. 
Neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonnali qurilmadan foydalaniladi, ikki 
kolonnali qurilma yordamida birinchi kolonnada neft barqarorlashtiriladi, 
ikkinchi kolonnada esa gazli benzin barqarorlashtiriladi. Ikki kolonnali 
barqarorlashtirish qurilmasi yuqori tarkibdagi erigan gazli neftlarni ya‘ni – 1,5% 
(massasi bo‗yicha) bo‗lganda qo‗llaniladi.
Ikki kolonnali neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi 
2.2-rasmda keltirilgan. Xom neft ETQ sini rezervuardan (5) nasos yordamida 
olinadi va issiqlik almashtirgich (6) orqali haydaladi, bug‗li qizdirgichga kirib 
(7) keladi va 60°C haroratda birinchi barqarorlashtirish kolonnasining (2) 
yuqori likopchasiga uzatiladi. 
Bu kolonna tarnovli likopcha bilan jihozlangan (likopchalar soni 16 tadan 
26 gacha), uning yuqori qismidagi urilma hisoblanadi, pastki uchtasi esa – 


59 
aralashtirgichdan iborat. Kolonnadagi ortiqcha bosim 0,2 dan 0,4 MPa gacha
benzin bug‗larini suv bilan suvdagi sovutish-kondensatorida (8) yaxshi 
kondensatsiya bo‗lishi uchun sharoit yaratadi. Neft likopchadan likopchaga 
oqib o‗tganda yuqoriga ko‗tarilayotgan qizdirilgan bug‗lar bilan uchrashadi va 
yengil fraksiyalarni ajratadi. Kolonnaning pastki qismidagi harorat zmeyevik 
(quvur ichida quvur) quvur pechdagi sirkulyatsiya (1) nasos yordamida *(3) 
neftni barqarorlashtirish issiqligi hisobiga 130 - 150°C harorat ushlab turiladi. 
Kolonnaning pastki qismidan chiqadigan barqaror neft nasos (4) yordamida 
issiqlik almashtirgich (6) orqali haydaladi va o‗zining issiqligini xom neftga 
uzatadi. Undan keyin neft havoli sovutgich orqali (19) o‗tadi va 
barqarorlashtirish rezervuariga kirib keladi va u yerdan neftni qayta ishlash 
zavodlariga jo‗natiladi.
Kolonnaning yuqorisidan chiqadigan (2) gaz va bug‗larni aralashmasi 
sovutgich-kondensatorda (8) sovutiladi. Kondensat bilan birgalikda hosil 
bo‗lgan gazlar gaz-suv-ajratgichda (9) to‗planadi. Kondensatsiyalanmagan 
gazlar – quruq gaz (asosan metan va etan) gaz-suv-ajratgichning qurilmaning 
yuqori qismidan chiqariladi. Gazni olib ketish quvur uzatmasiga reduksiya 
klapani (10) o‗rnatiladi, apparatdagi (9) va kolonnadagi (2) barqaror bosimni 
ushlab turadi. 
Gaz-suv-ajratgich tik ko‗rinishdagi to‗siq bilan ajratiladi. Apparatning 
yarim qismini pastidagi sathni rostlagich yordamida drenaj chizig‗idagi klapan 
biriktirilgan va u orqali suv chiqarib yuboriladi. 
Gaz-suv-ajratgichning ikkinchi yarmida kondensat-uglevodorodlarni 
aralashmasi nasos (11) yordamida olinadi va issiqlik almashtirgich orqali (17) 
barqaror benzinni haydaydi. Bu yerda benzin 70°С gacha qizdiriladi va shu 
haroratda barqarorlashtirish kolonnasining (13) bug‗lantirish qismiga kirib 
keladi. Kolonnada 30 - 32 ta likopchali tarnovlar mavjud; kolonnadagi bosim 
1,3—1,5 MPa chegarasida ushlab turiladi. 


60 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin