―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-jadval  Gidrotsiklona GUD-1 texnik tavsifi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.1-jadval 
Gidrotsiklona GUD-1 texnik tavsifi 
 
Ko‗rsatkich 
Kattalik 
Maksimal ish unumdorligi , m
3
/sut 
1500 
Diametr, mm 
700 
Balandligi, mm 
1000 
Vazni, kg 
300 
Ishchi bosim, MPa (kgs/sm
2

0,4-0,6 (4-6) 
Neftni gidrotsiklonli barqarorlashtirish texnologiyasi metall sarfini 50 
martaga, kapital xarajatlarni – 60 martagacha kamaytiradi. 
Neftni birlamchi tayyorlash 
Neft bir emas, balki bir necha turdagi kimyoviy birikmalar aralashmasidir. 
Ulardan ba‘zilari juda oddiy, masalan, CH
4
(mеtan), ba‘zilari esa murakkab
masalan, C
85
H
60
va C
85
H
60
formulalari (brutto-formulalar) kimyogarlarga 
tushunarli bo‗lgan aniq kimyoviy birikmalarga tegishli parafinlardir. Bu masala 


54 
haqida keyinroq bafurja to‗xtalib o‗tamiz. Neft tarkibiga kiruvchi ko‗pgina 
kimyoviy birikmalar uglevodorodlar deb atalib, uglerod va vodorodning aniq 
kombinatsiyalaridan tashkil bo‗lgan bo‗ladi. 
Neft tarkibida uglerod – 83 - 87%, vodorod - 11-15% ni tashkil etadi. 
Qo‗shimcha birikmalar holida kislorod, azot va oltingugurt bo‗lishi mumkin. 
Neft xom ashyosi va dastlabki haydash mahsulotida parafin, naften va aromatik 
utlevodorodlar yoki ularning aralashmasi uchraydi. 
Neft yer qobig‗ining 500—5000 metr chuqurligida joylashgan bo‗lib, 
asosiy qismi 800—2500 metrdan nasoslar yordamida qazib olinadi. Neft 
quduqdan chiqqanda dastlab undan neft, neftda erigan yoki birgalikda mavjud 
bo‗lgan gazlarning bosimi ta‘sirida yer yuzasiga fontan holida otilib chiqadi. 
Keyinchalik bosim pasayadi va neft kompressor orqali tortib olinadi. Qazib 
olinayotgan 1tonna neft o‗zi bilan 50-100 m
3
gaz, 200-300 kg suv, 10-15 kg 
mineral tuz va chiqindilarni birga olib chiqadi. Quduqlardan chiqqan (20—30 ta 
yoki ba‘zan 80 tagacha quduqdan) neft bir joyga yig‗ilib hosil qilingan 
aralashma tarkibidagi neft miqdori aniqlanadi. Neft bilan chiqqan gaz maxsus 
qurilmalarda ajaratib olinadi. Bunda neftdagi suv 0,2—0,8% gacha, tuz esa 1 
tonna neftda 0,8—1kg gacha kamayadi.
 
Neft mahsuloti tavsifi haqida so‗z yuritish uchun aniq birikmalarni 
fraksiyalar deb nomlanuvchi guruhlarga kiritish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Fraksiya (yoki pogon) aniq ikki harorat orlag‗ida qaynaydigan barcha 
birikmalarni jamlaydi. Bu haroratlar fraksiyalarning qaynash chegarasi yoki 
qaynab bug‗lanish oralig‗i deb ataladi. Odatda neft quyidagi 2.1 jadvalda 
keltirilgan asosiy fraksiyalarga ega: 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin