―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

CH
2
 = ÑÍ

CH

- ÑH = ÑÍ

CH

-CH
2
 -CH = ÑÍ

etilen
propilen
buten-1
Bu uglevodorodlar yuqori darajada reaksion qobiliyatga ega bo‗lib, 
polietilen, polipropilen, etilen va polipropilen oksidlari va ularning ko‗plab 
hosilalarini olish uchun muhim xom-ashyo bo‗lib xizmat qiladi. 
Kon mahsuloti tarkibiga bog‗liq ravishda qazib olinayotgan neft tarkibiga 
turli xildagi metallar: ishqoriy va ishqoriy yer metallari (litiy, natriy, kaliy, 
bariy, kalsiy, stronsiy, magniy), mis guruxidagi metallar (mis, kumush, oltin), 
rux guruxidagi metallar (rux, kadmiy, simob), bor guruhidagi metallar (bor, 
alyuminiy, galliy, indiy, talliy), vanadiy guruxidagi metallar (vanadiy, niobiy, 
tantal), o‗zgaruvchan valentli metallar (nikel, temir, molibden, kobalt, volfram, 
xrom, marganets, qalay va boshqalar) kiradi. 
Qovushqoq va og‗ir neftlar tarkibida sanoat miqiyosidagi erigan vanadiy 
va nikel bo‗ladi. Ko‗pgina oltingugurtli neftlarda katta miqdordagi vanadiy, kam 
oltingugurtli neftlarda esa nikel uchraydi. Masalan, Kanada, Meksika, Argentina 
va boshqa ba‘zi bir mamlakatlarda og‗ir va qovushqoq neftlarni qazib olish 
amaliyotida neft tarkibidan vanadiy qazib olinishi yo‗lga qo‗yilgan.
Azotli birikmalar neft va uning mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam 
miqdorda, asosan smola-asfalten moddalari ko‗rinishida (0,3%) uchraydi Neft 
tarkibidagi azotli birikmalar: asosiy - piridin yoki xinolin yadrosidan iborat va 
neytral – pirrol va indol gomologlaridan iborat turlarga bo‗linadi. Neftni qayta 
ishlash jarayonida azottarkibli birikmalar fraksiyalar bo‗yicha bo‗linadi va eng 
ko‗p miqdori (65-76%) qoldiq neftda to‗planadi. 
Neft tarkibidagi kul miqdori turli xil neftlarda turlicha bo‗lib, 0,001% dan 
0,8% gachani tashkil etadi.
Konlardan qazib olinayotgan neftni tasniflash uchun uning kimyoviy 
tarkibi asos qilinib olinadi. Ko‗p hollarda neft tarkibidagi uglevodorodlar 
miqdori va turiga qarab bo‗linadi. Masalan, neft tarkibida parafinli (metanli) 
uglevodorodlar miqdori 65% dan ko‗p bo‗lsa parafinli neft, naftenli 


48 
uglevodorodlar 66% dan ko‗p bo‗lsa naftenli neft deyiladi. Shuningdek
naftenli-metanli va aralash uglevodorodli neftlar mavjud. 
Neftning va neft gazlarining fizik xossalari hamda uning sifat tavsiflari 
alohida uglevodorodlarniing yoki alohida guruhlarning (fraksiyalarning) 
tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Neftning tarkibida og‗ir uglevodorodlar ko‗p miqdorda 
bo‗lsa, benzin fraksiyalari kam ajralib chiqadi va katta zichlikka ega bo‗ladi. 
Neftning zichligi massasini egallab turgan hajmiga nisbatiga teng. 
Amaliyotda neftning 4
0
Сda distillangan suvning zichligiga nisbatan nisbiy 
zichligidan foydalaniladi. Odatda neftning zichligi suvdan yengil, uning zichligi 
750 dan 950 kg/m
3
gacha bo‗ladi. Neftning zichligi 900 kg/m
3
dan kichik bo‗lsa 
yengil, katta bo‗lganda – og‗ir neft deb ataladi. Ko‗rsatib o‗tish kerakki, harorat 
ko‗tarilganda neftning zichligi kamayadi va undagi erigan gazlarning miqdori 
oshadi. 
Shunday qilib, gazga to‗yingan qatlam neftining zichligi gazsizlantirilgan 
gazning zichligidan kichik bo‗ladi, gaz qanchalik olinsa shunchalik farq katta 
bo‗ladi. 
Neftning zichligini aniqlashda areometrlardan (densimetrlar), piknometrlar va 
maxsus asboblardan (Vestfal tarozisidan) foydalaniladi. 
Tashigshda transport vositalarini loyihalashtirishda va ishlatishda uning 
qovushqoqligi asosiy fizik xossalaridan biri hisoblanadi. Zarrachalar bir - biriga
nisbatan harakatlanganda qarshilik ko‗rsatish xossasiga qovushqoqlik deb 
ataladi. Neftning qovushqoqligi dinamik µ (Pa∙s) va kinematikka ν (m
2
/s) 
bo‗linadi.
Neftning qovushqoqligi odatda 1Pa∙s, shuning uchun ixtiyoriy birliklar 
(mPa∙s) yoki birliklar sistemasidan tashqari qovushqoqlik stoksda: 1 St ═ 10-4 
m
2
/s foydalaniladi. 
Kinematik qovushqoqlik dinamik qovshqoqlikni uning zichligiga nisbatidan 
aniqlanadi: 




(1.2) 


49 
Harorat ko‗tarilganda neftning qovushqoqligi pasayadi, bosim oshganda 
esa ko‗tariladi. Yuqori molekulali uglevodorodlar qovushqoqlik qiymatini 
oshiradi, shuning uchun yengil neftning qovushqoqligi og‗ir neftnikidan kichik 
bo‗ladi. Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi gazsizlantirilgan 
neftnikidan kichik bo‗ladi. 
Xulosa 
Neft va gazning paydo bo‗lishi, ularning har xil gepotezalari, bir nechta 
olimlarning fikrlari va ularning qanchalik darajada asosli ekanligi
O‗zbekistonda neft va gazning rivojlanish tarixi, qatlamning tuzilishi, yerning 
fizik xossalari, geotermik pag‗onaning o‗zgarish qonuniyatlari, yer tashqi 
geosferasining tuzilishi, qatlamda bosimning va haroratning o‗zgarish 
qonuniyatlari, haroratning o‗zgarishi turli uglevodorodlarning o‗zaro kimyoviy 
reaksiyasini hosil qilishi, neft, gaz va suvning tarkibiy tuzilishi va o‗zgarishi, 
uglevodorodlarni molekulyar tuzilishiga muvofiq asosiy guruhlari, zanjirli 
tuzilmalari va asosiy xossalari, tabiiy gazning tuzilishi va asosiy xossalari, 
respublikamizdagi bir qator konlardagi gaz va neftning tarkibi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar bayon qilingan.
Nazorat savollari 
1. Neftni qayta ishlash zavodlarining iqtisodiyotdagi o‗rni qanday? 
2. Yevropa ittifoqida benzin sifatiga bo‗lgan talablarni ayting? 
3. Respublikamiz yoqilg‗i - energetika mustaqilligiga qachon erishdi? 
4. Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishi va uning hozirgi holati haqida 
ma‘lumot bering? 
5. Neftni rektifikatsiyalash jarayoni orqali qanday mahsulotlar olinadi? 
6. Respublikamizning qaysi hududidan birinchi neft qazib olingan? 
7. Mamlakatimizda birinchi neftni qayta ishlash zavodi qachon ishga 
tushirilgan? 
8. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qachon ishga tushirilgan va unda qanday 


50 
mahsulotlar ishlab chiqariladi?
9.Neft va gazni qanday paydo bo‗lishi haqida nimalarni bilasiz? 
10.Neftni va gazni paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi D.I. Mendeleevning fikrlarini 
bayon qiling? 
11.Neft va gazning paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi organik nazariyani qanday 
izohlaysiz? 
12.Miksgenetik nazariya kim tomonidan ishlab chiqilgan? 
13.O‗zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanishiga ta‘sir qilgan omillarni 
izohlang? 
14.Qatlam sharoitida bosimning va haroratning o‗zgarishini tushuntirib bering? 
15.Neftning asosiy xossalariga nimalar kiradi? 
16.Parafinlarni, naftenlarni va arenlarning sinflanishini va farqlanishi tushuntirib 
bering? 
17.Neftning tarkibi gazning tarkibidan nima bilan farq qiladi?


51 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin