―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Vakuumni hosil qilish tizimi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.16-rasm. Vakuumni hosil qilish tizimi: 
1-vakuumli ajratgich; 2-tindirgich; 3-ejektorlar; 4-kondensator; 5-nasos
 
 


109 
2.13. Benzin distillyatlarini ikkilamchi haydash qurilmasi
Benzin distillyatini ikkilamchi haydash mustaqil jarayon yoki neftni qayta 
ishlash zavodining tarkibiga kiruvchi kombinatsiyali qurilmaning tarkibiga 
kiruvchi jarayondir. Zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida benzin 
distillyatini ikkilamchi haydash qurilmasi undan noyob fraksiyalarini olish 
uchun mo‗ljallangandir. Bu fraksiyadan keyinchalik katalitik riforming uchun 
xomashyo olish jarayonida foydalaniladi. Natijada individual aromatik 
uglevodorodlar olinadi-benzol, toluol, ksilol, yoki oktan soni yuqori bo‗lgan 
benzin olinadi. Aromatik uglevodorodlar olishda dastlabki benzin distillyati 
haroratli qizdirib fraksiyalarga ajratiladi: 62 - 85°С (benzol), 85 - 115 (120)°С 
(toluol) va 115 (120) - 140 °С (ksilol). 
Neftni ikkilamchi haydashni amaldagi qurilmasini texnologik sxemasi 
2.17-rasmda keltirilgan. Benzin distillyatining keng fraksiyali tarkibini 
boshlang‗ich qaynash harorati 180°С gacha nasos yordamida (37) issiqlik 
almashtirgich (22, 31 va 34) lar orqali haydaladi va zmeyevikning birinchi 
pechiga (4) beriladi, keyin esa rektifikatsiya kolonnasiga (3) uzatiladi. ―Bu 
kolonnaning bosh mahsuloti ‖- fraksiyani qaynashini boshlanishi (q.b.) - 85°Сda 
havoli sovutish apparati (5) va sovutgich (6) orqali o‗tadi va qabul qilgichga (7) 
to‗planadi. Kondensatning bir qismi nasos (8) yordamida kolonnaning (3) 
yuqorisiga sug‗orish uchun beriladi, qolgan miqdori esa – kolonnaga (9) 
beriladi. Kolonnani (3) pastki qismini issiqlik bilan ta‘minlashni amalga oshirish
flegmani sirkulyatsiyasini nasos (2) yordamida (fraksiyaning harorati 85 - 
180°С) zmeyevik pechi (4) va kolonnaning pastki qismiga beriladi. 
Kolonnaning (3) pastki qismidagi qoldiq nasos yordamida (1) kolonnaga (20) 
yo‗naltiriladi.
Kolonnaning yuqori qismidan (9) bosh fraksiyadan ajralib chiqadigan 
(q.b. - 62°С) bug‗lar havoli sovutish (10) apparatida kondensatsiyalanadi; suvli 
sovutgichda sovutilgan (11) kondensat qabul qilgichda (12) yig‗iladi. Bu yerdan 
kondensat nasos (13) yordamida rezervuarga yo‗naltiriladi, uning bir qismi 
kolonnani (9) sug‗orish uchun beriladi. Qoldiq mahsulot - fraksiya 62 - 85
0
Сda - 


110 
kolonnadan pastga (9) chiqariladi va nasos (16) yordamida issiqlik almashtirgich 
(28) va sovutgichlar (29 va 30) orqali rezervuarga yo‗naltiriladi. Kolonnaning 
(20) yuqori qismidagi mahsuloti sifatida fraksiya 85 - 120°Сda olinadi, 
apparatlardan (21 va 22) o‗tadi va qabul qilgichga (23) to‗planadi. 
Kondensatning bir qismi sug‗orish sifatida kolonnaning yuqori qismiga (20) 
qaytariladi, uning balans miqdori esa nasos (24) yordamida qurilmadan 
rezervuarga beriladi.
Fraksiya 120 - 140°С da tashqi bug‗lantirish kolonnasidan (25) pastki 
qismidan nasos (27) yordamida olinadi. Bu fraksiya issiqlik almashtirgichda 
(31) va apparatlarda (32 va 33) sovitilgandan keyin rezervuarda to‗planadi.
Kolonnaning (20) pastki qismidagi - fraksiya 140 - 180°С da nasos yordamida 
(17) issiqlik almashtirgich (34) va apparatlar (35 va 36) orqali rezervuarga 
yo‗naltiriladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin