UMUMIY XULOSALAR
Mazkur BMIning birinchi bobida chet til ta`limida qo`llanib kelinayotgan mamlakatshunoslik, lingvomamlakatshunoslik, lingvokulturologiya va madaniyatlararo muloqot atamalariga bugungi kun nuqtai nazaridan ta`rif berildi.
CHet til o`qitish sharoiti tushunchasi qayerda; kimlarga; qancha vaqt nemis tilini o`rgatish bilan bogliq tushunchalarni ifodalaydi.
Ushbu bobda madaniyatlararo muloqot atamasiga hozirgi kun nuqtai nazaridan ta`rif berildi. Til vositasida amalga oshadigan muloqotning turli vaziyatlariga tayyorlash muammolariga e`tibor qaratildi. Muloqotni o`rgatish uning maqsadi (xabar berish, ko`ndirish, so`rash va h.k), predmeti (mavzusi, nima haqidaligi), vaqti va kimga qaratilganligi (sharoiti) kabi tushunchalar farqlandi. O`quvchilarga muloqot boshlashdan oldin kim bilan suhbatlashishi, nima haqida gapirishi, muloqot qaerda va qachon bo`lishi va undan ko`zlangan maqsadni aniqlab olish kerakligi o`rgatildi. Juft nutq shaklidagi muloqot jarayonida uning verbal va noverbal tomonini inobatga olish xususida fikr yuritildi.
Nemis tili amaliy mashgulotlarida madaniyatlararo muloqot layoqati shakllanganlik darajasini nazorat qilish texnikasi ishlab chiqildi. Nazorat maqsadi, xususiyatlari, vositalari, shakllari, obyekti, vazifalari kabi dolzarb metodik muammolar yuzasidan qisqacha ilmiy muloҳazalar yuritildi. Nemis tilidan darsdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`qish va tinglab tushunish ya`ni nutq faoliyati turlarining retseptiv va reproduktiv (passiv nutq) jihatlari shakllantiriladi
Bitiruv malakaviy ishning yakunlovchi ushbu bobida til o’rganuvchilarning nemis tilida o`qish orqali ogzaki nutqini o`stirishga mo`ljallangan tajriba-sinov jarayoni va natijalari o`z ifodasini topgan. Nashr etilgan nemis tili darsliklari va qo`llanmalarida mamlakatshunoslikka oid matnlarning berilishi tahlil qilindi. Matnni o`qib undan foydali axborot olish o`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini o`stirishga hizmat qilishi va ularning oғ’zaki nutq ya`ni nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqland. Shu bilan birga ushbu bobda matnlarga qo`yiladigan talablar yoritib o’tiladi. Unda o`zbek metodist olimlaridan professor J.J.Jalolov fikri keltirib o’tiladi, yani, o`qilgan matn mazmunini rollarga kirib ijro etish, matndagi qahramonlar fikrini o`z so`zlari bilan bayon etish mustaqil fikrlashga va o`z fikrini erkin ifodalay olishga undashi aaytib otiladi. SHu bois, o`qish ta`lim-tarbiyaning muhim vositasi matnlarni tanlashda quyidagi metodik talablarga amal qilindi: (1) tanlangan matnlar o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi; (2) o`quvchilarga tavsiya etilayotgan matnlar, ularning ma`naviy saviyasini shakllantirishga xizmat qilishi; (3) taqdim etilayotgan matnlarda tili o`rganilayotgan mamlakatning siyosiy va ijtimoiy tuzilishi, milliy madaniyati, urf-odati to`grisidagi boy ma`lumotlar o`z aksini topganligi; (4) matnlarni tanlashda nemis tili til normasi o`z aksini namoyish etishi, ular ilmiy-publitsistik bo`lishiga e`tibor berish. O`qituvchi badiiy janrdagi matnlar bilan birga, ilmiy sohaga oid matnlarni tanlashi ham mumkin. Bunday matnlar bilan ishlash o`quvchilarni ilmiy izlanishlarga tayyorlab boradi.
Dostları ilə paylaş: |