Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш


Madaniyatlararo muloqotning turlari



Yüklə 125,47 Kb.
səhifə10/15
tarix12.04.2023
ölçüsü125,47 Kb.
#96906
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Nemis tili darslarida madaniyatlar

Madaniyatlararo muloqotning turlari. Odamlar o`z faoliyati va kundalik turmush tarzida boshqalar bilan nutq vositasida aloqada bo`ladi. Bu jarayonda bilimlarning ko`p qismi til orqali egallanadi. Demak, nutqni – insonlar o`rtasidagi fikrlarni ifodalash vositasi, til vositasida aloqa bog’lash shakli – “gaplashish” jarayoni deyish mumkin.
Nutq inson bosh miyasi faoliyati boshqaradigan murakkab ruhiy jarayondir. Miyaning analiz-sintez qila olishi asosida birinchi (eshituv, ko`ruv, hid va ta`m bilish) va ikkinchi signal (til belgilari) sistemalari ish olib boradi. Inson, hayvondan farqli ravishda nutqni idrok etganida, uning mazmuniga ahamiyat beradi.
Nutq o`zining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa bo`linadi. Nutqning ichki tomoni deganda, tovushlar ishtirokisiz, eshitish, ko`ruv va qo`l harakati timsollarida fikr yuritish tushuniladi. Nutqning tovush va harfiy tomonlari uning tashqi tomoni deyiladi. Tashqi nutq o`z novbatida og’zaki va yozma nutq (matn) shaklida namoyon bo`ladi.
Og’zaki muloqot. Og’zaki nutq faoliyat sifatida juda murakkab psixo-fiziologik jarayon bo`lib, uning asosini bosh miya qobig’i birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o`zaro aloqasi tashkil etadi.
Og’zaki matn odatda eshitish organlari yordamida idrok etishga mo`ljalla- nadi. Gapirish va tinglab tushunishni bir-biridan ajratib bo`lmaydi.
T i n g l a b tushunishni o`rgatishning psixologik xususiyatlari.
Tinglab tushunish psixologiya ma`lumotlariga ko`ra bilish jarayonining hissiy va mantiqiy tomonlari bilan uzviy bog’liq tarzda amalga oshiriladi. Fanda tinglab tushunishning quyidagi mexanizmlari yetarlicha o`rganilgan:
1. Nutqni idrok etish mexanizmi. Muayyan sezgilar qo`zg’aladi. Begona tilni bilmagan kishi uni tushunmaydi, balki bu tildagi nutqni eshitish qobiliyatidan ham mahrumdir.
2. eshitish xotirasi mexanizmi nutqni idrok etish mexanizmi bilan uzviy bog’liqdir. Idrok etish paytida nutqiy parchani yodda saqlash audiomatnni tushuna olish imkonini beradi.
3. Ichda gapirish mexanizmi. O`quvchi audiomatnni tinglayotganda notanish va qiyin joylariga duch kelganda, ularni ichida taqlid yo`li bilan takrorlab turadi. Til materiali yaxshi o`zlashtirilgan bo`lsa, ichda takrorlash hajmi kamroq bo`ladi.
4. Solishtirish va bilib olish mexanizmi. Solishtirish o`quvchining ilgari egallagan tajribasiga, uning sezgi va hissiyotiga qarab to`g’ri yoki noto`g’ri bo`lishi mumkin. Tinglovchining tajribasi deganda, eshitish va nutqharakat sezgilari miyada paydo qilgan iz tushuniladi. Solishtirish natijasida tanib olishga erishiladi. eshituvda qolgan iz mustahkam bo`lsa, tanib olish mexanizmi faolroq amal qiladi.
5. Oldindan fahmlash mexanizmi (antitsipatsiya) ishga tushganda, audiomatnning tuzilishini yoki mazmunini oldindan bilib olish imkoniyati tug’iladi.
6. Mantiqan tushunish mexanizmi. Miya faoliyatining analitik-sintetik amali asosida va boshqa imkoniyatlar hajmida anglash, ya`ni mantiqan tushunish ro`y beradi [75:195].
Tinglab tushunishda nutqiy mexanizmlarning amal qilishi o`quvchilarning yosh xususiyatini inobatga olishni taqoza etadi. Tinglab tushunish qator omillar bilan bog’liq bo`lib, ulardan eng muhimlari safiga tinglovchining individual – yosh xususiyatlari, idrok etish sur`ati sharoiti, toliqish kiradi.
Amaliy maqsad maqomida tinglab tushunishni o`rgatish uchun, birinchidan, audiomatnni tanlash yoki tuzish, ikkinchidan, uni taqdim etishning tashkiliy tomonini rejalashtirib olish (sinf, ayrim guruh yoki individual o`quvchiga tanishtirish), uchinchidan, o`quvchilarni tinglashga tayyorlash, to`rtinchidan, audiomatnni taqdim etish miqdorini belgilash, beshinchidan, audio materialni tushunganlikni nazorat qilish kabi metodik vositalarni bilish o`qituvchidan talab etiladi.
Gapirish biror fikrni bayon etish niyatida ma`lum tildagi leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini qo`llashdir. Gapirish yozuvga ham aloqador. Gapirganda va yozganda u yoki bu til kodi yordamida og’zaki va yozma shaklda amalga oshadigan fikr va hissiyot ifodalanadi [124].
Gapirish va yozuv reproduktiv nutq faoliyati turiga mansubdir.
Gapirishni o`rgatish usullari maktab va kollej sharoitida o`xshash tarzda olib boriladi. Kollej sharoitida gapirishni o`rgatish dialog - axbort almashish; dialog - birga harakat qilishni rejalashtirish; dialog -taassurotni o`rtoqlashish ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gapirishni o`rgatish kollejda amaliy maqsad hisoblanadi. Ta`limiy vosita sifatida gapirish nutq faoliyatining boshqa turlarini o`rgatishga xizmat qiladi [46; 66; 73].
Ma`lumki, o`quvchilarga ona tili darslarida juft nutq maxsus o`rgatilmaydi. CHet tilda esa dialogni o`rgatish jarayonida birmuncha qiyinchiliklarga duch kelish oqibatida katta xatoliklarga yo`l qo`yish mumkin. SHu bois juft nutqni maxsus mashqlar yordamida o`rgatiladi [46: 215].
Gapirishni ro`yobga chiqarish uchun o`quvchilarda quyidagi psixofiziologik mexanizmlar shakllantirishni taqoza etadi:
1.Reproduktsiya mexanizmi. Nutq jarayonida ba`zi elementlar tayyor holda qo`llansa, ayrimlari yangidan yaratiladi. Nutqda til hodisalarining takrorlanadigan (rekurrent) va tasodifiy (okkazional) ko`rinishlari qo`llanadi. Agar o`quvchi nutqni yaxshi o`zlashtirgan bo`lsa takrorlanadigan hodisalarni kamroq qo`llaydi, bo`sh o`zlashtirgan o`quvchilar esa til hodisasining bu turidan ko`proq foydalanadi.
O`Z nаvbatida reproduktsiya mexanizmining to`liq reproduktsiya (tayyor jumlalarni o`zgarishsiz ishlatish, mazmunni saqlab qolish); qisman reproduktsiya (matndan o`zgarishsiz olingan jumlalar yordamida mazmunni bayon etish); reproduktsiya – transformatsiya (mazmunni yangi jumlalarda ifodalash)dan tashkil topadi.
2. Tanlov mexanizmi yordamida so`zlarni va nutq namunalarini tanlab olib fikr izhor etish o`rgatiladi. So`zlarni tanlab aytish jarayonida, fikran bog’lanish shakllanganligiga qarab, ular xotirada tez yoki sekin tiklanadi (N.I.Jinkin). Nutq namunasini xotirada qayta tiklashda uning nutq vaziyatdagi vazifasi va muloqotdan ko`zlangan maqsadga qarab assotsiatsiyaga kirishishida turtki bo`ladi (E.P.SHubin).
3. Birlashtirish mexanizmi. O`quvchi o`z fikrini bayon etishida so`zlar va gaplarni biriktirishga harakat qiladi. Bu jarayonda uning oldingi til tajribasida mavjud bo`lmagan yangi birikmalar shakllanib boradi (YU.A.Kudryashov). Birlashtirish mexanizm birligi sifatida so`z, sintagma va frazalar e`tirof etiladi. Nutq jarayonidagi avtomatik to`xtalishlar sintagma asosida vujudga kelib, nutq birligi vazifasini bajaradi. SHu bois gapirishda sintagmalar ko`p qo`llaniladi. So`z birikmalarini o`rgatish jiddiy qiyinchiliklarni paydo etishi sabab, maxsus yondashuvni talab etadi. Birlashtirish mashqlari nutqiy yo`nalganligi bilan xarakterlidir.
4. Tuzish mexanizmida qoidaga suyanmay nutqiy faoliyat yuritish ko`zda tutiladi. Lingvistik nazariyani qo`llamagan holda matn ya`ni nutqiy mahsulotni tuzish tilni his etishga xizmat qiladi.
5. Oldindan sezish mexanizmi yordamida chet tilda fikr yuritishni oldindan rejalashtirish va uning natijasini oldindan mo`ljallash, nutqning psixologik ta`sirini oldindan sezish malakalari shallantiriladi. Muloqot jarayonida nimani gapirishni oldindan o`ylab olish, uni davom ettirishga tayyor turish natijasida ravon gapirishga erishiladi. Ushbu mexanizmga doir maxsus mashqlarni bajarish, muloqot davomida jumlalar orasida uzoq to`xtab qolishni bartaraf etadi.
6. Diskursivlik mexanizmi mantiqiy fikrlashga asoslangan bo`lib, o`quvchiga undan foydalanishni o`rgatish: (a) ongli tarzda nutqiy vaziyatni tasavvur qilish (gapirish strategiyasi); (b) suhbatdosh fikrini to`g’ri idrok etish, uning noverbal xatti-harakatlarini ilg’ab olish; (v) unga munosib javob qaytarish malakalarni shakllantiradi. Bu jarayonda gapirish vaziyati va mohiyatiga oid bilimlardan foydalanadi.
Turli til va madaniyat vakillarining muloqot o`rnatishlari murakkab psixologik jarayon hisoblanadi. SHu bois ham ruhshunoslar muloqotdan kutiladigan natija, ya`ni tushunish va unga turli darajada ta`sir ko`rsatuvchi omillar, muomala jarayonida qo`llaniladigan muloqot vositalari turlari bilan qiziqib keladilar va madaniyatlararo muloqot jarayonida sodir bo`ladigan turli tushunmovchilik va to`siqlarni keltirib chiqaradigan mexanizmlarni o`rganadilar.
Inson hayotida to`plangan tajribaning in`ikosi, joylashishi va saqlanishi psixik jarayon sifatida xotira nomi bilan ataladi. Xotirada saqlashning teskari hodisasi – esdan chiqarish yoki xotiradan ko`tarilish deyiladi. SHu bois xotirani - ong aks ettirgan narsalarni saqlab qolish va keyinchalik qayta tiklashdan tashkil topgan aqliy faoliyat deyish mumkin.
Nutqiy muloqot jarayonida axborot uzatiladi, qabul qilinadi, jo`natiladi, olinadi. Axborot uzatish – faoliyat, falsafa tili bilan ifodalanganda, – sababiyat, axborot qabul qilish – oqibat.
Bu yerda qo`llangan uzatiladi, qabul qilinadi, jo`natiladi, olinadi atamalari keng mazmunga ega bo`lganligi bois ilmiy adabiyotlarda ularni transmissiya (axborot uzatish), retseptsiya (axborot qabul qilish) kabi maxsus atamalari bilan almashtirilishiga guvoh bo`lamiz.
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, chet til o`qitish metodikasida kommunikativ faoliyatning uch turi mavjud bo`lib, ular og’zaki va yozma, produktiv va retseptiv, asosiy va yordamchi nomlari bilan yuritiladi.



Yüklə 125,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin