Neokantchilik



Yüklə 74,37 Kb.
səhifə5/7
tarix05.10.2023
ölçüsü74,37 Kb.
#152428
1   2   3   4   5   6   7
3-MAVZU (1)

Neokantchilikning marburg maktabi. German Kogen (1842-1918) - neokantchilikning Margburg maktabi asoschisi va rahbari. U Margburg shahri universitetida o'qituvchilik faoliyatini boshlaganligi uchun ham bu maktab falsafiy adabiyotlarda shunday deb ataladi. U 1875 yil F.A.Lange vafotidan so'ng falsafa kafedrasi mudiri lavozimini egallaydi. 1912 yilda Kogen istefoga chiqadi, Berlinga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashaydi. Margburg maktabining ahamiyati shundaki, Kogen va uning izdoshlari mehnati tufayli Kantning bilish nazariyasi ayrim g'oyalaridan yangi falsafiy tizimning asoslarini tuzishga harakat qilindi.
Kogen o'zining ilmiy faoliyatini Kantning asosiy risolalarini talqin qilishdan boshlaydi.
1871 yilda «Kantning tajriba nazariyasi»; 1877 yilda «Kant axloqini asoslash»;
1883 yilda «Cheksiz zarralar tamoyili»; 1889 yilda «Kant estetikasini asoslash»; 1904 yilda «lmmanuil Kant»;
1907 yilda «Sof aqlni tanqidiga sharhlarn asarlarini chop ettirdi.
Kogen faoliyatining ikkinchi davri uning shaxsiy falsafiy ta'limotini yaratish bilan bog'liq. Aynan ana shu ta'limot neokantchilikning Margburg maktabi falsafasini tashkil qiladi. Shu davrda yaratilgan asarlarida Kogenga nafaqat Kant, Maymon va Fixtening ta'siri, balki Gegelning ham ta'siri sezilib turadi. «Sof bilish mantig'i» (1902), «Sof hissiyot estetikasi» (1912) kabi asarlarda Kogen qarashlari kantchilarning qarashlaridan ko'p jihatdan farq qiladi.
Kant falsafasini o'rgana turib, Kogen undagi dualizmni olib tashlashga harakat qiladi. Shu bilan bir qatorda, Kogen Kantning bilish nazariyasidagi hissiyotning ahamiyati to'g'risidagi fikrini ham olib tashlaydi. Idealizm mantiqiylik nuqtai-nazaridan gnoseologik ta'limot sifatida talqin qilinadi. Xuddi shunday talqinni Kogen matematika va tabiatshunoslikni «transsendental» asoslash deb ataydi. Kogen fikricha, falsafa ongning borliqqa munosabati masalasidan emas, balki matematika, tabiiyotshunoslik, axloq kabi fanlaming tushunchalarini mantiqiy asoslash masalasidan kelib chiqishi zarur. Shuning uchun ham falsafaning birinchi va asosiy fani bu mantiqdir, aniqrog'i «sof bilishning mantig'idirn. Uning maqsadi «falsafiy tizimni asoslashdan iboratdirn. Falsafa nafaqat uslubiy jihatdan ilmiy bo'lishi kerak, balki predmeti jihatidan fan falsafasi bo'lishi kerak.
Kogen falsafiy ta'limotida Kantning hissiy bilish to'g'risidagi fikrlari butunlay o'zgartirildi. Kant uchun makon va zamon hissiyot shakllari edi. Kogen uchun esa bunday bo'lishi mumkin emas. Kant uchun makon va zamon 2 xususiyatga ega, ya'ni ular ham hissiyot olamiga, ham aprior bilish apparatiga tegishlidir. Bulaming intuitiv, mushohadaviy xususiyati, aqliy bilish mantig'iga, tushunchalar, kategoriyalarga qarama-qarshi qo'yiladi.
Kogen bo'lsa, Kantga nisbatan bilishning hamma shakllarini idealizm asosida birlashtirishga harakat qildi. Bu vazifani bajarish uchun Kogen hissiyot bilan aql o'rtasidagi farqni silliqlaydi. Kantning «narsa o'zida>mi hissiyotga ta'siri to'g'risidagi doktrinasidan voz kechadi. Borliq Kogen uchun kategoriya orqali anglanadigan borliqdir. Makon va zamon ham hissiy intuitsadir. Bunda tafakkuming aprior kategoriyalari va shakllari tufayli «X»ning yangi qirralari va munosabatlari ochib boriladi. Bilish predmeti hech qachon bizga tayyor, tugallangan holda mantiqiy tafakkurdan tashqarida berilmaydi. Bilish predmeti
«narsa» emas, balki bilish vazifasidir. Bu vazifani hal qilish cheksizlikka olib keladi, lekin hech qachon o'zining yakuniga yetmaydi. Bunda doim qandaydir
«irratsional» qoldiq qoladi, «narsa o'zida» - bu «chegaraviy» yoki oxirgi, hech qachon oxirigacha ochilmagan tushunchadir.
Shunday qilib, bu maktabning falsafiy fikrlari, birinchidan, Kant falsafasidagi materializmdan butunlay voz kechdi va dunyoni butunlay ong, tafakkur dunyosiga aylantirdi, ikkinchidan, paydo bo'layotgan yangi fanlaming tendensiyasini aks ettirdi. Kogen idealizmi bilish nazariyasidan tashqari, tajribani va borliqni ham o'z ichiga oladi. «Ong - transsendental nuqtai nazardan o'ylanadigan qonunning birinchi shakligina emas, balki uslublar yig'indisi hamdir, jumladan, ilmiy tajriba va uning mazmuni hamdirn.
Tajriba ilmiy bo'lishi uchun turli mazmunlarni bir qonunga birlashtiruvchi qoidaga aylanishi kerak. Ana shu qonunlar va qoidalar yuqoridagi asoslardan kelib chiqishi lozim. Bu yerda Kogen birlik faqat ongda bo'lishini ta'kidlaydi. Moddiylik hech qachon birlik bo'lmagan, moddiylik bu agregatdir. Shuning uchun ham bilish predmeti «narsa» emas, balki predmet haqidagi tushunchadir. Borliq o'zidan o'zi kelib chiqmaydi, balki u dastlab fikrda paydo bo'ladi. Agar fikr
«birlamchi fikrn bo'lsa, unda buni bilish - bilishning ibtidosini fikrdan qidirishni anglatadi. Shunday qilib, fikr faqat o'zidagina, uning dastlabki fikrida mavjuddir. Ana shu dastlabki fikr butun borliqning ham asosidir, boshlang'ichidir.

Yüklə 74,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin