NEOKANTCHILIK FALSAFASI
Neokantchilikning asosiy oqimlari vaxususiyatlari.
Neokantchilikning fiziologik yo'nalishi namoyondalari ta'limoti.
Neokantchilikning marburg maktabi namoyandalarining falsafiy qarashlari.
Tayanch iboralar:
Neokantchilik, ongmng dastlabki ma'lumotlari, fiziologik yo'nalish, margburg maktabi, matematik tabbiyotshunoslik.
XIX asr o'rtasida Germaniyada o'ziga xos intellektual vaziyat vujudga keldi. Bunday vaziyat, birinchidan, idealistik falsafiy tizimning buzilishi bilan asoslansa, ikkinchidan, nazariy falsafaning rivojiga tabiiy-ilmiy fanlaming ta'siri kuchayib bormoqda edi, jumladan, fizika, fiziologiya, meditsina va h.k. Germaniyada bu davrda kapitalistik munosabatlar rivoji yuqori cho'qqisiga yetib, ishlab chiqarish, harbiy texnika, xabar berish vositalari sohasida rivojlanish jadal sur'atda bormoqda edi. Albatta, bunday jarayon o'z vaqtida texnikaviy va tabiiyot fanlarining rivojini talab qilib qo'ymoqda edi.
XIX asming ikkinchi yarmida yuzaga kelgan vaziyat shunday ediki, tabiiyot bilimlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda edi. Ana shu sohadagi natijalami falsafiy mushohada qilishga sodda fikr yurituvchilar bel bog'ladilar. Shunday
«faylasuflarn qatoriga Byuxner, Fogt, Moleshott kabilami kiritishimiz mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib G'arbning ko'pgina faylasuflari orasida Gegel falsafasi o'z ahamiyatini yo'qotgan edi. Shuning uchun ham bu olimlar uchun manba' Kantning falsafasi bo'ldi. Kant shu davming ko'zga ko'ringan yirik tabiiyotshunos olimi va faylasufi edi. "Neokantchilik harakati nemis falsafasining qudratli darajaga ko'tarildi. Deyarli u akademik falsafaga, ya'ni "maktab falsafasi"ga aylandi (Schulphilosophie ). Bir asr davomida universitetlaming falsafa kafedralarida shug'ullanuvchi olimlar mazkur u yoki bu darajada ana shu oqimning vakillari edi. Zero, neokantchilikning qancha vakili bo'lsa, shuncha yo'nalishga ega bo'ldi"3.
Dostları ilə paylaş: |