Neokantchilik



Yüklə 74,37 Kb.
səhifə4/7
tarix05.10.2023
ölçüsü74,37 Kb.
#152428
1   2   3   4   5   6   7
3-MAVZU (1)

F.A.Lange va neokantchilikning fiziologik yo'nalishi. Fridrix Albert Lange (1828-1875) neokantchilikning rivojida muhim rol o'ynadi. Lange Kantning hamma ta'limotini to'lig'icha qaytarmay, ayrim masalalarda uning chegarasidan chiqib ketdi. Uning asosiy asari «Materializm tarixi va uning tanqidining hozirgi davrdagi ahamiyati» (1866). Bu asarda Lange o'zining falsafiy qarashlarini bayon qilgan. Bu nuqtai nazar jangovor idealizmdan iboratdir. U Kant ta'limoti ahamiyatini cheklab ko'rsatadi, ya'ni Lange fikricha, bizning tushunchamiz predmetlar bilan ifodalanmaydi, balki predmetlar bizning tushunchamizni ifodalaydi. «Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tajriba predmeti - faqat hodisadir, hech qanday «narsa o'zida» emas. Kant bu fikrini aqlni aprior sintetik mulohaza yuritish qobiliyatidan kelib chiqqan holda isbotlashga harakat qilgan. Lange esa bu masalada yangi nuqtai nazami ilgari surdi. Fiziologlar Ioagann Myuller va Gelmgolsning fikrini rivojlantirib, Langening fikriga ko'ra, Kant falsafasining mohiyatini a'zolar hissiyotlarining fiziologiyasi tasdiqlaydi. Lange yozadi: «bizning hamma tajribamiz ruhiy tuzilishimiz bilan asoslanadi, qanday his qilsak, shunday his qilishimizga, qanday o'ylasak shunday o'ylashimizga majbur qiladi, boshqacha tuzilishda esa xuddi o'sha predmetlar butunlay o'zgacha tasavvur qilinadi. Narsa o'zida esa hech qanday mavjudot tomonidan tasavvur qilinmaydi».
Shu nuqtai nazardan Lange Kantning kategoriyalar to'g'risidagi ta'limotiga o'zgartishlar kiritdi. Demak, kategoriyalar sof aqlning mahsuli emas, balki bizning fiziologik, ruhiy tuzilishimizga bog'liq va har qanday tajribadan tashqaridir. Shu ma'noda aprior holatlar zaruratdir va har qanday tajribadan tashqaridadir va insonning tuzilishiga bog'liqdir. Shundan kelib chiqqan holda, tafakkur aprior elementlarning deduksiyasi, «ilmiy metafizika» mumkin emas. Boshqa tarafdan, Lange metafizikani inkor qilib pozitivizmga yaqinlashadi. U pozitivistlar kabi
«metafizikani» inkor qilib, empirizmni tashviq qiladi va materializmni ham inkor qiladi. Lange uchun ahamiyatli bo'lgan narsa moddiylikdan tozalangan
«tajriba»dir.
Zero, aprior kategoriyalaming yagona manbai bizning tuzilishimizga bog'liq ekan, tajribadan tashqari ular o'zining ahamiyatini butunlay yo'qotadi. Shuning uchun ham biz hodisalar dunyosida turib «narsa o'zida» haqida xulosaga kela olmaymiz «Narsa o'zida» hodisalaming narigi dunyosida turuvchi transsendent sababdir. «Narsa o'zida» - faqat «chegara tushunchasidirn.
Langening ta'limoti mantiqan mifologizmga borib taqaladi. Langening gnoseologik pozitsiyasi materializmga bo'lgan munosabati bilan asoslanadi. Materializmni mexanik dunyoqarash sifatida talqin qilib, Lange tabiat haqidagi yangi fanlami zarurat asosi sifatida ko'radi. Lekin bir vaqtning o'zida materializmning falsafiy dunyoqarash ekanligini tan olmaydi. Lange fikricha, materializm faqat «hodisalar materializmi» sifatida mumkin, lekin falsafiy dunyoqarash sifatida butunlay mumkin emas. Shunday qilib, Lange falsafaga mifologik-irratsional elementlami kiritadi. Bu bilan u «ratsional» kantchilikning irratsionalizmdan uzoqda emasligini ko'rsatadi.
Ijtimoiy hayot to'g'risidagi fikrlarini Lange o'zining «lshchi masala» (1865) nomli asarida bayon qiladi. Bu qarashlarida Lange darvinizm va maltuschilar ta'limotini rivojlantiradi. Lange butun dunyo tarixiy jarayonini sxematik tarzda aks ettiradi. Butun tarix, Lange fikricha, Darvinning «yashash uchun kurash» qonunidan iborat. Lekin Langeda bu qonun faqatgina rasmiy ifodaga aylangan. Ana shu ifodaning mazmuni esa Maltusning «yer yuzida insoniyatning ko'payib ketishi» qonunini anglatadi. Langening bu fikrini Marks Kugelmanga yozgan xatida, (1870 yil 27 iyun) va Langening o'ziga yozgan xatida (1865 y. 29 mart) tanqid qiladi.

Yüklə 74,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin