Nerv to’qimasi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar nerv sistemasi tuzilishi. Neyronlar tuzilishi va tiplari



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə1/2
tarix10.11.2022
ölçüsü59,5 Kb.
#68316
  1   2

Nerv to’qimasi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar nerv sistemasi tuzilishi. Neyronlar tuzilishi va tiplari
REJA
1. Reseptorlar haqida tushuncha
2. Nerv hujayrasining tuzilishi va ahamiyati
3. Unipolyar, biopolyar, multipolyar neyronlar haqida tushuncha
4. Nerv hujayrasining morfologik tuzilishi

Nerv to’qimalari jami bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. bu sistema har qanday tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga etkazib berish va u erda analiz-sintez jarayonida hosil bo’lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga etkazib berish kabi o’ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bolanish bo’lib turadi.


Ma'lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta'sirni qabul qiluvchi appartlar-reseptorlar joylashgan. tashqi ta'-sirni qabul qiluvchi reseptorlar eksteroreseptorlar, ichki ta'sirni qabul qiluvchi reseptorlar interoreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar qabul qilgan ta'sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) etkazila-di. U erda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya'ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) etkaziladi.
Shundan keyin bu organlar qisqaradi yoki bo’shashadi, bezlari esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi.
Hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof-muhitda o’zining turgan joyi va yo’nalishini aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o’rganib chiqib, o’rgangan narsa-hodisalarni amalda qo’llaydi.
Nerv to’qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh-oraliq (assositiv) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o’tkazishi mumkin.
Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to’qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.
Gavdasining shakli xilma - xil. Suvda yashaydigan tuban umurtqa-lilarning gavdasi bosh, tana va dum kismlarga bulinadi. Bularda tok orqa, dum va dum osti xamda juft kukrak va korin suzgish kanotlari bor. Quruqlikda yashovshi Umurtqali hayvonlarning gavdasida yana buyin kismi xosil buladi, tok suzgish kanotlari bulmaydi, juft suzgish kanotlari urniga besh barmokli tipda tuzilgan oyoklari paydo buladi.
Teri koplagishlari. Teri funksiya jixatidan muxim organdir. Shunki teri gavdani ximoya qilishda, termoregulyasiya, ayirish va sezuv prosesslarida ishtirok etadi. Teri tashki epidermis va ishki shin teri kavatlaridan tashkil topgan. epidermis kup kavatli epiteliydan tuzilgan. Xayoti suv muxiti bilan boglik bulgan tugarak ogizlilar baliqlar va amfibiyalarning lishinkalari epidermisida shilimshik modda ajratadigan bezlar buladi. Shilimshik moddalar bu hayvonlarning suvda xarakatini engillashtiradi. Quruqda yashovshi umurtqali hayvonlarda epidermisining tashki kavati shoxlanadi. Bularning terilarining yuzlarida xar xil shox xosilalar, tangasha, kalkonsha, pat jun va boshkalar xosil buladi. Shin teri kattik tolali biriktiruvshi tukimadan tuzilgan. Bu tukimada togay va suyak tangashalar koplovshi suyaklar joylashadi.
Skeleti. Umurtqali hayvonlarning skeleti uk skeletiga, bosh skeletiga va oyok skeletlariga bulinadi.
Uq skeleti umurtqalarning embrionlarida xordadan iborat. Xorda segmentlarga bulinmaydi. Xordani va markaziy nerv sistemasini biriktiruvshi tukima pardasitashkaridan urab turadi. Bu parda skeletogen parda xisoblanadi. Parda xisobidan togay yoki suyakdan tuzilgan umurtqalar tarakkiy etadi. Minogalarning umurtqalari murtak xolda bulib, umurtqa pogonasi bulimlarga bulinmaydi. Baliqlarning umurtqa pogonasi ikkita bulimga - kovurgali tana va kovurgasiz dum bu-limlariga bulinadi. Quruqda yashovshi Umurtqali hayvonlarning umurtqa pogonasi besh bulimga: buyin, kukrak, bel, dumgoza vadum umurtqalariga bulinadi. Bunda kukrak bulimining kovurgalari tush bilan quchilib, kukrak kafasini xosil kiladi. Umurtqa pogonasi bir tomondan butun gavdaga tayansh buladi, ikkinshi tomondan orqa miya va ishki organlar ushun saklovshi gilov bulib xizmat kiladi.
Bosh skeleti miya kutisi va bet yoki visseral bulimlardan iborat. Miya kutisi bosh miya va sezuv organlarini mexanik tasirotlardan ximoya kiladi.
Visseral skelet tugarak ogizlilarda togay panjaralardan tuzilgan bulsa, baliqlarda visseral yoydan: 1) jag yoyi 2) til osti yoyi 3) jabra yoylaridan tuzilgan. Quruqda yashovshi Umurtqali hayvonlarning jag yoyining ustki kismi eshitish suyagiga, ostki kismi yana jabra yoylarning koldigi til osti apparatiga aylanadi. Tugarak ogizlilardan tashkari xamma Umurtqalilarda juft oyoklar va ularning kamar skeleti buladi. Baliqlarda juft suzgish kanotlari skeleti bulsa, Quruqda yashovshi hayvonlarda besh barmokli oyok skeleti buladi.
Nerv sistemasi. Umurtqali hayvonlarning nerv sistemasi 1) bosh va orqa miyadan tashkil topgan markaziy nerv sistemasiga 2) bosh va orqa miyadan chiqkan nervlardan tuzilgan periferik nerv sistemasiga xamda 3) umurtqalar yoyi buylab yotgan vegetativ nerv sistemasiga bulinadi.
Bosh miya embrional tarakkiyotining ilk davrida nerv nayining oldingi bulimda ushta pufaksha kurinishida buladi. Keyinshalik birinshi pufakshadan oldingi va oralik miyalar, ikkinshi miya pufagidan urta miya, uchinshisidan miyasha xosil buladi. Miyashaning tagida uzunshok miya joylashadi. Bosh miyadan xammasi bulib 10-12 juft bosh miya chiqadi.
Orqa miya umrbod nay shaklida buladi. Uning ishki kismi kulrang tashki kismi esa ok miya moddalaridan tashkil topgan. Orqa miyada metamer bulib undan orqa miya nervlari chiqadi. Ular ikki ildiz bilan boshlanadi, sezuvshi orqa va xarakatlantiruvshi - korin. Bu ildizlar orqa miyadan chiqkandan keyin uzaro quchilib, orqa miya nervlarini xosil kiladi.
Umurtqali hayvonlarning periferik nerv sistemasi bosh miya va orqa miya nervlarining murakkab sistemasi xisoblanadi va bu nervlar gavdaning turli organlariga boradi.
Vegetativ nerv sistemasi xayvonning ishki organlarining ishini, yurakning urishini, Ichakning qisqarishini, bezlarning sekresiyasini idora kiladi.
Sezish organlari xilma - xil bulib, murakkab tuzilgan. Teri sezuv organlari mexanik tasirlarni kabul kilib oladigan nerv ushlaridan iborat bulib, bular teri yuzlarida xamda Ichak va boshka organlarning shilimshik pardalari yuzasiga tarkalgan.
Yon shizik organlari faqat birlamshi suvda yashovshi umurtqali hayvonlarga xos. Tugarak ogizlilar va amfibiyalarda bu organlar teri yuzasida joylashadi. Baliqlarda esa uzunasiga kator ketgan shiziklar kurinishida gavdaning ikki yon tomonida urnashadi. Yon shizik organlari tufayli xayvon suvning okish tezligini va yunalishini uz gavdasining xarakatini sezadi.
eshituv organi xamisha juft bulib, muvozanat organi vazifasini bajaradi. Tugarak ogizlilarda va baliqlarda u faqat ishki kulokdan iborat buladi. Ishki kulok oval xaltashasidan va pastki tugarak xaltashadan iborat. Oval xaltashalar tugarak ogizlilardan tashkari xamma umurtqali hayvonlarda ushta yarim doira kanallar chiqadi. Tugarak xaltashadan yukoriga karab uchi berk endolimfatik kanal chiqadi.
Amfibiyalardan boshlab urta kulok xosil buladi. Uning ishida uzangi suyagi, sut emizuvshilarda yana tashki kulok paydo buladi.
Kuruv organi bir juft kuz sokkasidan iborat. Buning oldingi kismida shox parda joylashadi. Kuz sokkasining ishida kuz gavxari joylashadi. Kuz sokkasining devori tomirli, pigmentli va tur pardadan tuzilgan.
Xid bilish organi tugarak ogizlilardan tashkari xamma umurtqalilarda juft buladi. Bu organ tuban umurtqalilarda ikkita xid bilish xaltashasidan iborat va burun teshiklari orqali tashki burun teshiklari orqali muxit bilangina tutashmay, ishki burun teshiklari yoki xonalar orqali Ogiz bushligi va nafas yuli bilan xam tutashadi.
Xazm organlari nay shaklida bulib, kuyidagi bulimlardan iborat, 1)Ogiz bushligi, 2) xalqum - baliqlarda xalqumga jabra yoriqlari oshilsa, Quruqlikda yashovshi umurtqalilarda xalqumga xikildok yorigi joylashadi, 3)kizilungash, 4)oshkozon, 5)Ichak- ingishka, yugon va togri Ichak, 6) orqa chiqaruv teshigi yoki kloaka.xazm qilish bezlariga jigar, oshkozon osti bezi va boshkalar kiradi.
Nafas olish organlari. Tugarak Ogizlilar, baliqlar va amfibiyalarning lishinkalarining nafas olish organlari jabra bulsa, kolgan umurtqalilarning nafas olish organi bulib upka xizmat kiladi. Bazilarda teri xam nafas olishda ishtirok etadi.
Qonaylanish sistemasi tutash bulib, u yurak, yurakdan turli organlarga konni olib boruvshi arterial tomirlar, konni yurakka olib keluvshi venoz tomirlar va kapilyarlardan tashkil topgan. Umurtqalilarning koni rangsiz, yopishkok plazmadan va unda osilgan qizil xamda ok qontanashalaridan iborat, jabra bilan nafas oluvshi umurtqalilarda faqat bitta qonaylanish doirasi buladi, yani yurak korinshasidan venoz qonjabralarga boradi, u erdan qonkislorod bilan tuyinadi keyin arterial qontomirlari bilan butun tanaga tarkaladi. Tanada venoz qontomirlari bilan kelib yurak bulmasiga kuyiladi. Bu hayvonlarning yuragi ikki kamerali yurak bulmasidan va yurak korinshasidan iborat. Quruqda yashovshi umurtqali hayvonlarda upka bilan nafas olganligi sababli ikkita qonaylanish doirasi yuzaga keladi. Bularning yuragida ikkita yurak bulmasi buladi. Kichiq qonaylanish doirasi yurak korinshasidan venoz qonupka arteriyasi bilan upkaga va upkadan arterial qonva upka venasi bilan shap yurak bulmasiga kuyiladi. Katta qonaylanish doirasi yurakdan kislorodga tuyingan arterial qonaortalar orqali butun tanaga tarkatiladi. Gavdaning karbonat angidridga tuyingan venoz qonkardinal (baliqlar) va kavak venalar bilan kelib yurak bulmasiga kuyiladi.
Ayirish organlari bulib maxsus organ - buyrak xizmat kiladi. Umurtqali hayvonlarning buyragi evolyusiya natijasida ush davrni boshidan kechiradi. 1) Bosh buyrak pronefroz, 2) Tana buyrak mezonefros, 3) Shanok buyrak - metanefros. Buyrakdan siydik yuli chiqadi, bu uz navbatida kloakaga yoki siydik - tanosil yuliga oshiladi.
Jinsiy organlari odatda jinsiy bezlardan iborat buladi va bir juftdan joylashadi.
Urgoshilik jinsiy bezlari - tuxumdon donador buladi. Juft tuxum yullarining uchi voronka shaklida gavda bushligiga oshiladi. Etilgan tuxumlar tuxumdon devorini yorib chiqib, gavda bushlgiga tushadi, u erdan tuxum yuli voronkasiga utadi.
Erkaklik jinsiy bezlari urugdon sillik yuzali jism shaklida buladi. Ularning chiqarish yullari xam bir juft naydan iborat.

Umurtqalilarning sistematikasi


Umurtqali hayvonlar kenja tipi ikkita bulimga bulinadi:


1.Juft suzgish kanotlari bulmagan va xozirgi zamon faunasidan tugarak Ogizlilarni uz ishiga olgan jagsizlar.
2.Juft suzgish kanotlari yoki juft oyoklari bulgan jaglilar.
Jagsizlar bulimi uz ishiga faqat bitta tugarak Ogizlilar sinfini oladi.
Jaglilar bulimi uz navbatida ikkita katta sinfga bulinadi.
I.Baliqlar katta sinfi. Ular uz navbatida ikkita sinfga bulinadi.
1.Togayli baliqlar.
2.Suyakli baliqlar.
II. Turtoyoklilar katta sinfi. Bular 4 ta sinfga bulinadi.
1.Suvda va Quruqda yashovshilar yoki amfibiyalar.
2.Sudralib yuruvshilar yoki reptiliya.
3.Qushlar.
4.Sut emizuvshilar
Jaglilar bulimi sistematikasiga boglik bulmagan xolda 2 gruppaga bulinadi:
1.Anamniyalar. bularga birlamshi suvda yashovshi Umurtqali hayvonlar kiradi.
2.Amniotlar. bu gruppa Quruqda yashaydigan Umurtqali hayvonlar, sudralib yuruvshilar, qushlar va sut emizuvshilar kiradi.
Umurtqali hayvonlar fiziologik xolatiga kura yana 2 ta gruppaga bulinadi.
1.Sovuk konlilar yoki poykilotermli hayvonlar. Bularga baliqlar, amfibiyalar va sudralib yuruvshilar kiradi. Bu hayvonlarning gavda temperaturasi uzgaruvshan, tashki muxit temperaturasiga karab uzgarib turadi.
2.Issik konlilar yoki gomiotermli hayvonlar. Bu gruppaga qushlar va sut emizuvshilar kiradi. U hayvonlarning gavda temperaturasi yukori va uzgarmas. Tashki muxit temperaturasiga deyarlik boglik emas.
Nerv hujayrasi (neyrosit yoki neyron) nihoyatda ixtisoslashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lib, har xil tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o’simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkil etuvchi tanasi, ya'ni perikariondan hamda bir nechta o’simtalardan tarkib topgan. Ayniqsa uning o’simtalari juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o’simtasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi. Aksonning uzunligi bir nechp mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’on-ingichkaligi butun uzunligi bo’ylab bir xil. ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar chiqaradi, ularga yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan qsimtalari kalta bo’lib, ular dendritlar deyiladi. Dendritlr, odatda, hujayra tanasidan yo’on bo’lib chiqib, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari bilan tutashib, sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarining bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning uchlari ta'sirni qabul qiladigan reseptorga aylanib, ta'sirni qabul qilishda ishtirok etadi.

  1. Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o’zidan chiqaradigan o’simtalarning soniga qarab quyidagilarga bo’linadi:

  2. Unipolyar (lotincha unus-bir degani)-bir qutbli, ya'ni bir o’simtali neyronlar.

  3. Bipolyar (lotincha bi-ikki degani)-ikki qutbli, ya'ni ikki o’simtali neyronlar.

Multipolyar (lotincha mulfum-ko’p degani)-ko’p qutbli, ya'ni ko’m o’simtali neyronlar.
Unipolyar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqadi. Ular qatoriga dendrit o’simtalari paydo bo’lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumkin. Unipolyar neyronlar asosan umurtqasiz hayvonlar organizmida uchraydi. Odam tanasida esa bunday neyronlar bo’lmaydi.
Bipolyar neyronlar qarama-qarshi qutblaridan ikkita o’simta chiqaradi. Bittasi akson, ikkinchisi lenlrit vazifasini bajaradi. Bipolyar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi. Ular faqat ko’zning to’r pardasida, ichki quloqning spiral gengliyasida hamda hid bilish organlarida uchraydi. Bipolyar neyronlar ko’proq hasharotlar terisida bo’ladi. Ayrim adabiyotlarda psevdounipolyar neyronlar qatoriga qo’shib o’rganiladi. Bu yodda tutish kerak. Psevdounipolyar neyronlar tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqib, so’ng u «T» harfi singari ikkiga ajraladi. Lekin o’simtaning o’zagi bitta bo’ladi. Shaning uchun ularni psevdounipolyar deyiladi. O’simtalarning bittasi dendrit vazifasini bajarsa, ya'ni ta'sirni qabul qilsa, ikkinchisi akson vazifasini o’taydi, ya'ni ta'sirni markazga etkazib berishda ishtirok etadi.
Multipolyar ya'ni ko’p qutbli (tarmoqli) neyronlardan har tomonga qarab bir nechta o’simta chiqadi. Ularning bittasi, odatda, uzun bo’lib, akson vazifasini bajarsa, qolganlari mayda, kalta bo’lib, dendrit rolini o’ynaydi. Multipolyar neyronlarga orqa miyaning barcha harakat neyronlari kiradi.
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko’ra, tana, ya'ni perikarion va o’simtalardan tashkil topgan. Tana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o’ziga xos kiritmalardan iborat. O’simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo’lib, har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko’p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Masalan, prostata bezining nerv sistemasini tashkil qiluvchi neyronlarda ko’p yadroli nerv hujayralari bor. Ularning soni 15 tagacha etadi. Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xromatin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi (neyroplazmasi) tarkibida hamma organoidlar va spesifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi (apparati), sentrosoma, lizosoma, neyratubula va neyrofilimantalar, spesifik elementlardan-neyrofibrillalar va tigroid moddalar uchraydi.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin