Organizmning ontogenetik rivojlanishi davrida artikulyator harakatlar ma’lum bir stereotipga ega bo’lgan harakatlarga aylanadi. Bu harakatlarning dastlabki elementlari «ishga tushib» ketsa, odam bemalol gapirib ketadi. Ushbu harakatlarni boshqarib turishda bosh miya katta yarim sharlarining orqa gnostik markazlari faol ishtirok etadi.

Agrafiya
Eksner 1881-yili birinchilardan bo’lib bosh miyada alohida xat (yozish) markazi borligini aytib o’tgan. Ammo Vernike va Dejerin alohida xat markazi borligini inkor qilishgan. Agrafiya atamasi 1885 yili Benedikt tomonidan taklif qilingan bo’lib, yozishning buzilishi degan ma’noni anglatadi. Xenshen 1922-yili ikkinchi peshona pushtasining orqa qismi zararlanganda agrafiya kuzatilishini aytgan.
Nelson (1946) yozish jarayoni (qobiliyati) ikkinchi va uchinchi peshona pushtalarining orqa qismi, burchak pushtasi va ularni bir-biri bilan bog`lovchi yo’llar zararlanishi hisobiga ham buzilishini ta’kidlab o’tgan. A.R. Luriya (1973) bosh miyaning ensa sohasi, pastki parietal va yuqori chakka pushtasining orqa qismlari zararlanganda agrafiya kuzatilishini aniqlagan. Shuningdek, u afaziyalarda agrafiyaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgangan.