Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funksiyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va oriyentirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyasiya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emosional harakat paydo bo’ladi. Oyoqi va qo’llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi.
2-3 oydan 1 yoshgacha davrni go’daklik davri o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin- asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.
O.Bryune ma’lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat’iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan kat’iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.
1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bulib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy maniqulyasiya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.