Ilk bolalik davri: Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamitga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr xisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to’g’ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari Tashqil etadi. Tikka va to’g’ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo’ladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o’ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug’ilganidan to yetuklik davrigacha bo’lgan psixik rivojlanishining taxminan o’qishlari, 3 yoshga to’g’ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o’rganish olamiga qadam quyadilar.
U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bola oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshladilar. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko’proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakko’rining rivojlanishi va o’zini-o’zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.

Ilk davrdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi-predmetlarni o’rganish hisoblanadi. Go’daklak davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko’proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina, o’z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo’llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o’z savoliga javob olish maqsadida ko’pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar.