Nima uchun aynan statisti Statistika nima Statistik tahlilning to‘rtta asosiy bosqichi



Yüklə 354,11 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü354,11 Kb.
#169187
1   2   3   4   5   6   7   8
Shermuhammad 1- mavzu lotin

Statistik ma’lumotlar ishonchli manbaalarga asoslanib, taxmin qilingan ma’lumotlarni taqdim etish orqali ushbu holatlarning ayrimlariga oydinlik kiritishi mumkin. Esingizda bo‘lsin, barcha statistik taxminlar faqat taxminlardir va shuning uchun ko‘pincha aniq bo‘lmaydi. Biroq, ular tegishli noma’lumlarga yetarlicha yaqin bo‘lsa, ular maqsadlariga xizmat qiladi. Agar siz ushbu taxminlarning qanday (taxminan) aniqligini bilsangiz, unda ularni hisobga olish kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz mumkin.

Statistik taxmin, shuningdek, ko‘proq bosh to‘plamdan tasodifiy olingan tanlama to‘plam uchun hisoblangan ba’zi taxminlardagi noaniqlik yoki xatolik miqdorini ko‘rsatadi. Ishonch intervali (oralig‘i) taxmin qilinayotgan noma’lumni yuqori va quyi chegaralarining taxminiy qiymatini beradi, bu esa quyidagi xulosaga kelishga imkon beradi: «Men noma’lumning aniq qiymatini bilmayman, lekin men bu ikki raqamlar orasida joylashganligiga ishonaman». Ishonch oraliqlari kelgusi davr uchun taxminni aks ettiradi va bitta raqamni aniq qiymat sifatida ko‘rsatish zaruriyatidan qochadi, aslida ham bu raqam aniq emas.

Statistik gipotezani tekshirish muammoni noaniq vaziyatda hal qilishda ikki (yoki undan ko‘p) xil imkoniyatlardan birini tanlash uchun ma’lumotlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlar asosida gipotezani sinab ko‘rish natijasida imkoniyatlarning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida aniq qaror qabul qilinadi. Agar qaror ma’lumotlarning oddiy tahlilidan kelib chiqmasa, gipotezani sinovdan o‘tkazish protsedurasi variantlardan birini tanlashda yordam beradigan ma’lumotlar to‘plashni va qarorni tasdiqlash uchun statistik tahlildan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Quyida ma’lumotlar yordamida tekshirilishi mumkin bo‘lgan farazlarning ba’zi bir misollari keltirilgan: 1. Samarqand shahri aholisi kelasi oy sizning mahsulotingizga kamida o‘rtacha 100 ming so‘m sarflashni rejalashtirmoqda. 2. Siz ertangi saylovda g‘olib chiqasiz. 3. “Covid-19”ga qarshi yangi vaksina xavfsiz va samarali. 4. “X” brendining vositalari samarali yuvadi va oqartiradi. 5. Moliyaviy hisobotdagi xatolik ma’lum miqdordan kam. 6. O‘tmish tajribasiga asoslanib, siz fond bozoridagi vaziyatni prognoz qilishingiz mumkin. 7. Ishlab chiqarishdagi brak (nuqsonlar) darajasi iste’molchilar kutganidan past.


E’tibor bering, har bir gipoteza to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir bayonot sifatida shakllangan. Gipotezani sinash natijasi ma’lumotlar gipotezani tasdiqlaydi yoki tasdiqlamaydi degan xulosaga keladi.

Yüklə 354,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin