Nima uchun aynan statisti Statistika nima Statistik tahlilning to‘rtta asosiy bosqichi



Yüklə 354,11 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü354,11 Kb.
#169187
1   2   3   4   5   6   7   8
Shermuhammad 1- mavzu lotin

1.2. Statistika nima?

  • Statistika - bu ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish san’ati va shu bilan birga mustaqil fandir. Ma’lumotlar qayd qilingan axborotlarning har qanday turiga taalluqli bo‘lgani uchun, statistika inson faoliyatining barcha sohalarida muhim rol o‘ynaydi.

Statistika umumiy holatni o‘rganadi

  • Agar ko‘plab kichik ma’lumotlardan tashkil topgan katta va murakkab ma’lumotlar to‘plami mavjud bo‘lsa, statistik ma’lumotlar foydali xususiyatlarni qisqacha bayon qilish va xulosa berish orqali vaziyatni tasniflash va tahlil qilishga yordam beradi.
  • Statistika ma’lumotlar bazasini shakllantirish orqali, davrlarni tahlil qilish imkoniyatini taqdim etadi va kelajak natijalari uchun kerakli bashoratlar qilishga imkon beradi.

Statistika alohida obyektlarni ham o‘z o‘rnida e’tiborsiz qoldirmaydi

  • To‘liq va puxta statistik tahlil obyektlarning har biriga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni sarhisob qiladi, shuningdek har qanday istisnolarni sharhlashga tayyorlaydi.
  • Agar ma’lumotlarda «umumiy holat»ni yetarli darajada aks ettirilmagan maxsus holatlar mavjud bo‘lsa, demak, statistika xodimning ishi hali tugallanmagan hisoblanadi.

Masalan

  • 2019-yilda qaysidir mamlakanning o‘rtacha oilasidagi kishilar soni 5,1 ni tashkil etgani to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. Bu foydali statistik ma’lumot bo‘lsa-da, ushbu mamlakatdagi barcha uy xo‘jaliklari hajmi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bermaydi. Keyinchalik, statistik usullar yordamida ushbu mamlakatdagi barcha uy xo‘jaliklarining umumiy taqsimotini osongina tavsiflashi mumkinligi ko‘rib chiqiladi.
  • Hozirgi kunda biznesda asosiy ishni bajaruvchilar sifatida boshqaruvchilar tushuniladi ya’ni zamonaviy til bilan aytganda Menejerlar. Ular o‘z faoliyati davomida 9 ta asosiy hisobotlarni qabul qiladi, ularni tahlil qiladi va kerakli strategiyani tanlagan holda korxonaning harakat strategiyasini qabul qilishadi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, dast avval biz hisobotlarni tahlil qilishlarini aytib o‘tdik. Menejer raqamlar bilan ishlashi kerak: qog‘ozga grafiklar chizish, bir qator ko‘rsatkichlarni hisoblash va bu raqamlar tarkibidagi ma’lumotlar aniq bo‘lguncha juda ko‘p ishlarni bajarishi lozim.
  • Lekin ushbu vazifalarni ko‘p hollarda professional statistlar bajarishlarini avzal bilishadi.

Menajmentda statistikaning o‘rni qanchalik zarur?
O‘tkazish natijasida vazifalarni amalga oshirish va aynan bitta soha vakillariga kerakli bo‘lgan vazifalar, tahlillar va tadqiqotlar o‘tkazish natijasida aynan Menejment statistikasi degan atama kelib chiqidi.
Biz atrofimizdagi dunyoning ko‘plab jihatlarini tasodifiy va noaniqligidan xabardor bo‘lishimiz kerak. Bundan tashqari, quyidagilar kerak:
    • statistik tahlil natijalarini tushunish va o‘zingizning faoliyatingiz uchun asos sifatida foydalanish;
    • ma’lumotlar yig‘ish va/yoki tahlil qilish uchun javobgar bo‘lsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistik tadqiqotlar bilan shug‘ullanish.

    • Buning uchun murakkab statistik tahlil o‘tkazish talab qilinmaydi, ammo olingan natijalarni to‘g‘ri talqin qilish uchun statistik ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha tajriba kerak bo‘ladi, bu boshqa natijalarga chuqurroq kirib borishni o‘rgatishda yordam beradi.
      Ko‘rinib turibdiki Menejer bugungi zamonaviy dunyoda o‘zi tahlil qila oladigan statist ham bo‘lishi zarurdir.



Yüklə 354,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin