Statistika, ayniqsa, sizni qiziqtiradigan odamlar, firmalar yoki boshqa tashkilotlar (aholi) ning katta guruhi bo‘lganida foydalidir, ammo siz to‘liq tadqiqot olib borishga qodir emassiz. Buning o‘rniga, ushbu to‘plamdagi vaziyat haqida foydali, ammo nomukammal tushunchaga ega bo‘lish uchun to‘plam obyektlarining bir qismidan (ammo hammasidan) iborat kichik guruh (namuna) tanlanishi mumkin. Tanlama to‘plam bo‘yicha so‘rov natijalarini bosh to‘plam uchun umumlashtirish jarayoniga statistik xulosa deyiladi.
Tasodifiy tanlab olish — bu to‘liq o‘rganish uchun juda katta bo‘lgan bosh to‘plamdan batafsil o‘rganish uchun ajratib olishning eng yaxshi usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Tasodifiy tanlab olish ikki maqsadga xizmat qiladi:
1. Namuna olish jarayoni xolis bo‘lishiga ishonch hosil qiling; bosh to‘plamdagi barcha obyektlar tanlanish uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishi lozim.
2. Loyihaning rejalashtirish bosqichida boshqariladigan usulda kiritilgan tasodifiylik keyingi statistik xulosalarning asosliligini (to‘g‘riligini) kafolatlaydi.
Yaxshi bajarilgan keng qamrovli tadqiqot ikki jihatdan rasmiy tahlil qilishga tayyorlaydi. 1. Ma’lumotlar bo‘yicha kutilgan aloqalar mavjudligini tekshirish va shuning uchun rejalashtirilgan tahlil usullari ma’lumotlarga mos keladi. 2. Ma’lumotlarni tahlil qilish rejasiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadigan kutilmagan tuzilmani aniqlash orqali.
Noma’lum miqdorni baholash :
Noma’lum miqdorni taxmin qilish, mavjud ma’lumotlarga asoslanib, mumkin bo‘lgan qiymat haqida eng maqbul taxmindir. Shuning uchun aniq aniqlab bo‘lmaydigan parametrlarni baholash maqsadga muvofiqdir (va ko‘pincha zarur).
Quyida taxmin qilish uchun noma’lum narsalarga misollar keltirilgan:
1.Keyingi chorakdagi savdo hajmi.
2.Hukumatning soliq stavkalarini o‘zgartirish niyatlari.
3.Toshkent aholisining yangi mahsulotga munosabati.
4.Kelgusi yilgi investitsiya portfelining qiymati.
5.Strategiya o‘zgartirganda mehnat unumdorligining o‘zgarishi.
6.Ishlab chiqarish jarayonidagi brak (nuqsonlar) darajasi.
7.Keyingi saylovlarning g‘oliblari.
8. Kompyuter ekranidan uzoq vaqt nurlanishning sog‘liqqa ta’siri.