Nizoli oila tushunchasi, uning mezonlari va nizoli oila turlari



Yüklə 321,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü321,7 Kb.
#104709
1   2   3   4
3513-Article Text-6940-1-10-20220528

Er-xotin o‘rtasidagi nizolar. Amalda er va xotin nizolashib, ajralishga ahd 
qilganda, ular o‘rtasida farzand bo‘lmasa, FHDYo idoralariga murojaat qiladilar va 
ularning nikohi bekor qilinadi. Agar o‘rtada farzand bo‘lsa, bu ishni sudlar hal qiladi, 
lekin aksariyat holatlarda o‘z-o‘zini boshqarish organi bo‘lmish mahalla va undagi 
yarashtirish komissiyasining a’zolari bo‘lmish faollar bunga aralashadilar, arzimagan 
sabab bilan ajrimgacha borayotgan yoshlarga jamoatchilik monelik ko‘rsatadi. Chunki 
milliy mentalitetda farzandni tirik yetim qilib qo‘yish katta gunoh hisoblanadi, shuning 
uchun azaldan urf bo‘lgan tamoyil borki, yosh oilaning keyingi taqdiriga kattalar 
aralashadi va oilaviy nizoning sabablari o‘rganilgach, bir qarorga kelinadi. Agar 
oilaviy nizo yoshlarning, birinchi navbatda, ayolning va farzandlarning salomatligi, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
997


tinchligi va bir-galikda yashashlariga jiddiy xavf solgan hollarda (xiyonat tufayli bir-
birini kechirolmaslik, erning tinimsiz al-kogol iste’mol qilishi tufayli ayolni muntazam 
qiynashi, maishiy zo‘ravonlik, oila byudjetiga erkak ulushining qo‘shilmasligi kabi) 
jamoatchilik ayolning haq-huquqlarini himoya qiladi va mahallaning o‘zi ayol, uning 
farzandlari taqdirini belgilash, ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida bu ishga 
aralashadi. Joylardagi xotin-qizlar faollari oxirgi yillarda aynan shu masalalarda o‘z-
o‘zini boshqaruv organlarining odilona faolligini oshirishga alohida e’tibor berib 
kelmoqda. 
Psixologik adabiyotlarda ajrimlarning tabiati, bu jarayonga oid qonuniyatlar ilmiy 
nuqtai nazardan tahlil qilingan bo‘lib, masalan, S.Kraxotvil ajrim jarayonining 
quyidagi bosqichlarini ajratadi:
• bosh ko‘tarish bosqichi: xo‘rlangan va norozi ayol o‘z faolligini oshirib, ajrim 
sodir bo‘lmasligining oldini olish uchun muayyan sa’y-harakatlarga kirishadi. Lekin 
barcha ishlarni xavotirlik va hayajon bilan amalga oshirgani sababli ko‘p xatolarga yo‘l 
qo‘yadi va noma’qul ishlar ham qilib qo‘yishi mumkin; 
• tushkunlikka tushish bosqichi:ajralishni xohlamagan tomon vaziyatni boshqara 
olmaganligini tan olib, tushkunlik, depressiya holatiga tushadi va endi o‘zini ham 
ayblay boshlaydi; 
• bo‘yinga olish bosqichi:ajralishni xohlamagan tomon endi mavjud holat bilan 
kelishib, bunday nikohning bo‘lganidan bo‘lmagani ma’qulligi fikriga keladi. 
Albatta, shuni ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ik-kala tomon ongli ravishda, 
o‘zaro kelishib, bir-birlariga ta’na-dashnom bermaydilar va bunday ajrimlar yuqori-da 
ko‘rsatilgan bosqichlarsiz sodir bo‘ladi. Demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik 
jamiyati qurilayotgan davlatlarda ajrimlar masalasiga ham demokratik tarzda qaraladi, 
ya’ni ikki tomonning yoki birining manfaatiga mos kelishi inobatga olinib, ajrim sodir 
etiladi, lekin bunday holatlarda, ayniqsa, yosh bolasi bilan qolgan ona ijtimoiy-
psixologik yordamga, jamiyat tomonidan ko‘rsa-tiladigan madadga muhtoj bo‘ladi. 
Mahalladagi 
yarashtirish 
komissiyalarining 
a’zolari bilan o‘tkazilgan 
suhbatlardan ma’lum bo‘ldiki, ular aksariyat holatlarda aynan ayollarning 
manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi, lekin ayolning aybi va uning oilaviy 
yumushlarga tayyor emasligi, eri va qarindoshlar bilan to‘g‘ri munosabatlarni 
o‘rnatishga no‘noqligi tufayli oila ajrim arafasida bo‘lgan sharoitda mahalla 
maslahatchilari kelin bilan ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Qaynona-
kelin o‘rtasidagi nizolar.Oilaga yangi tush-gan kelinlarning ko‘pchiligi yuzaga ke 
ladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini ko‘ngildagiday 
eplab ketadilar, qaynonalarini ro‘zg‘or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning 
mehriga sazovor bo‘ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag‘rilariga 
oladilar, bilmaganini o‘rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatadilar. Ularga uy-ro‘zg‘or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
998


aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to‘qnashuvlar ham sodir bo‘lib 
turadi. Gap qaynona-kelin o‘rtasida borar ekan, shuni aytib o‘tishimiz lozimki, bu 
masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyandalarining diqqat-
e’tiborida bo‘lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi 
yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining 
“Navodir ul-vaqoe” ( Nodir voqealar) nomli kitobida qaynona-kelin nizolari haqida 
yozar ekan shunday deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham 
bo‘lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular 
nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishayotganlikla-rini o‘zlari ham 
bilmaydilar. Shuning uchun urishadilar”.
Demak, bu o‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf 
etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi.
Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib 
chiqamiz. 
1. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin 
munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar 
qaynonani oldindan faqat sal biy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, 
tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay bosh-laydilar. Oqibatda ular 
o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bo‘lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan 
axtara boshlaydilar. Boriniku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini ham topishga harakat 
qiladilar. Chunki tasavvurlari ular-ni aldaganini tan olishni istamaydilar. Hayotda 
kamchiliksiz odam bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham 
bo‘lishi mumkin emas. Kelinlar o‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot 
asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham 
hech gap emas. Kelinlar og‘ir-bosiq, sabr-toqatli bo‘lishlari, iloji boricha o‘zlari 
tushgan xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini ko‘rishga intilishlari, eri shu xonadon 
a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bo‘ladi. Zotan, 
kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a’zo bo‘lib 
kelganligini unutmasligi kerak. 
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida 
kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlashadi.Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy 
tamoyillari o‘rtasida tafovut bo‘lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-
kelinlar ko‘p jihatdan bir-birining aksi bo‘ladilar. Ayrim hollarda esa qaynona-kelin 
andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z gaplarini o‘tkazishga harakat qiladilar. 
Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch 
turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi boshqa masalalarda 
ularni o‘z holiga qo‘yishlari lozim. Yoshlar ham o‘z navbatida iloji boricha ota-
onalarini tushunishga intilishlari, ularni g‘ashiga tegadigan noo‘rin qiliq va odatlardan, 
qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “hoy-havaslardan” o‘zlarini tiyishlari kerak. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
999


3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lmaydilar. 
Shunday kelinlar bo‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan 
muomala qilishni biladilar. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani 
kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda 
qiyin. U darajada bilmasa ham mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun 
nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva-sabzavotlardan qishga 
sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranjon-sarishta tutishni, did 
bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila byudjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, 
jihozlaridan asrab-avaylab foydalanishni va shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rgatishga 
alohida e’tibor berishlari zarur. Chunki el orasida “qiz birovning xasmi, boshqa oilaga 
tushishi bor” degan hikmat bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak. 
4. Qaynonalar ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni o‘z 
farzandiday ko‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o‘rgatib borishi lozim. 
Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. 
Yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi. Qaynonalar kelinlarida hosil 
qilingan ko‘nikma va mala-kalarning o‘z o‘g‘li uchun va kelajakda o‘z nabiralari 
uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak. 
5. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masa-lasida kelisha olmay 
qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota-onalar tomonidan 
me’yoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada, ota-onalar bilan bobo-buvilar 
o‘rtasida “bolaga kim tarbiya berishi kerak” degan masalada kelishmovchilik kelib 
chiqadi. Aslida ular ham, bular ham bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bo‘lib 
yetishishini istaydilar, tanlagan yo‘llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib 
olishmasa bola tarbiyasining holiga voy deyavering. Buning uchun ular boladan xoli 
joyda bir murosaga, yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Ana shunda bobo-buvilar 
ham, ota-onalar ham ahillik bilan bola tarbiyasi borasida o‘zaro mos chora-tarbirlarni 
belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muhit va shart-sharoitda, davrda 
o‘sayotga-nini, mijozi turini hisobga olish zarur. 
6. Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo‘lida bir-
birilaridan rashk qilishlari aso-sida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Oilada ikki va undan ortiq kelin bo‘lsa, qaynona ular-ning hammasiga bir xilda 
qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, 
ba’zisi uzoqroq bo‘ladi. Ayollar o‘ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. 
Natijada “o‘gay” kelin bilan qaynona o‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday 
holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o‘z 
kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bo‘lishi (ammo bu yerda har bir 
kelinning muomalasi, munosabatini, qaynonaga bo‘lgan mehrini hisobga olish inkor 
etilmaydi), rashk qilishlariga imkon yaratib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu 
o‘rinda shaxsan kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab qilinadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1000


7. Ba’zi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-
havaslarini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga olmaydi. 
Qaynonalar orasida umr bo‘yi uy bekasi bo‘lganlari ham bor. Ular ishlash bilan 
uy-ro‘zg‘or ishlarini baravar olib borishni o‘z boshidan o‘tkazmagan. Ana shunday 
qaynonalar yoshligida o‘zlarini risoladagiday kelin bo‘lganman deb bi-ladilar
qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini “ularning soyalariga ko‘rpacha 
solganlarini” (rost-mi-yolg‘onmi, baribir) tez-tez eslashni yaxshi ko‘radilar va 
kelinlarining ham “o‘zlariday” bo‘lishini istaydilar. Ba’zan esa buni o‘g‘li orqali 
ochiqdan-ochiq talab qiladilar. Kelinlarining bunga imkoni bormi, yo‘qmi, o‘ylab ham 
ko‘rmaydilar. Bunday qaynonalar “ehtiyojini” qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 
kelinlar ularning g‘azabiga uchraydilar. Kelini haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni o‘g‘illa-
rining qulog‘iga quyadilar. “O‘g‘limga aytib seni qo‘ydirib yubormasam, yurgan 
ekanman”, deya do‘q-po‘pisa qiladilar. Ba’zi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. 
Bunday qaynonalar o‘g‘illari, nabiralari baxtidan ko‘ra o‘z huzur-halovatlarini ko‘proq 
o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun o‘g‘ildan g‘oyat uddaburonlik talab qilinadi. 
8. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda, qaynona-
kelin orasida kelishmovchilik-lar kelib chiqadi. Har bir oilaning o‘ziga xos muhiti, 
qonun-qoidalari, an’analari, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga beradigan baho 
mezonlari, hatto faqat shu xonadon a’zolari tushunadigan, shartli ravishda qabul 
qilingan so‘z, ibora-lari bo‘ladi. Yangi tushgan kelin o‘zi bilan o‘z tug‘ilib o‘sgan 
uyining muhitini, odat-ko‘nikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun ham ayrim 
hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi. 

Yüklə 321,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin