Nizoli oila tushunchasi, uning mezonlari va nizoli oila turlari



Yüklə 321,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü321,7 Kb.
#104709
1   2   3   4
3513-Article Text-6940-1-10-20220528

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar. Bunday kelishmovchiliklar uchun 
zamin bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi. 
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi. 
2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘stlar tanlashdagi 
mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mus taqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos 
kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mus taqillik uchun 
ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi. 
3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni yig‘ishtirib qo‘yib, 
buzuqchilik qilishi. 
4. Ba’zi bolalarning mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va bu ning oqibatida 
yengil-elpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi. 
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo‘yishi. 
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi 
natijasida yuzaga keladi-gan kelishmovchiliklar va hokazo. 
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida 
oiladan halovat yo‘qoladi, o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik 
u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan farzandlar, ota-onasini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1001


sharmanda qilayotgan axloqi buzuqlar borligiga nima deysiz? Ba’zi ota-onalar 
bolalarda 1, 3, 7, 13–14 yoshlarda muqarrar ravishda bo‘lib o‘tadigan inqiroz 
(krizis)larni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik 
qo‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan, ota-onalar bilan 
bo‘lgan munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar “bolam 
nihoyatda qaysar, quloqsiz bo‘lib qoldi”, deb o‘ylaydilar va shikoyat qilishga 
tushadilar. Bunga qar-shi o‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va 
bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Shunday holatlarda bolaning ota-onadan 
bezish hollari kuzatiladi. 
Xulosa qilib aytganda, oilaviy nizoning sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan 
tadqiqot ishlarining ko‘pligi, oilaviy munosabatlar, er-xotinlar o‘rtasidagi nizolarning 
asl sabablarini to‘laligicha ifoda eta olmaydi. Shu bois ham biz tadqiqotimizning 
predmeti sifatida aynan o‘smirlik yoshidagi bolalarning ijtimoiy tasavvurlari 
mazmunida oilaviy nizolar haqidagi tasavvurlar qanday ijtimoiy psixologik omillar 
ta’si-rida shakllanishi masalasiga e’tiborni qaratdik. 

Yüklə 321,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin