Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Xizmatning huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə3/6
tarix13.05.2023
ölçüsü48,14 Kb.
#112989
1   2   3   4   5   6
31.12.2018.1066 qaror

3-bob. Xizmatning huquqlari va majburiyatlari
17. Xizmat xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning ishlab chiqarish, xizmat va maishiy binolarini moneliksiz borib ko‘rish, o‘z vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir hujjatlarni o‘rganish;
tashkilotning barcha tarkibiy bo‘linmalarida mehnat sharoitlarini va mehnat muhofaza qilinishini tekshirish hamda bo‘linmalar rahbarlariga, tashkilotning boshqa mansabdor shaxslariga tekshiruvlarda aniqlangan mehnatni muhofaza qilish talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida bajarish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
bo‘linmalar rahbarlaridan bunday turdagi ishni bajarishga ruxsati bo‘lmagan, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma berilmagan, o‘z ishida taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaydigan, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzadigan shaxslarni ishdan chetlatishni talab qilish;
xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soladigan yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish talablari buzilgan hollarda mashinalar, asbob-uskunalar va moslamalardan foydalanishni taqiqlash (to‘xtatib turish), sexlarda, uchastkalarda, ish joylarida ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatish, ish beruvchini bu haqda ogohlantirish. Bunda mashinalardan, asbob-uskunalardan qaytadan foydalanishga va ishlab chiqarishni qaytadan boshlashga faqat tashkilotning rahbari yoki bosh muhandisi Xizmatning xulosasi asosida ruxsat berishi mumkin;
tashkilot rahbariyati bilan kelishgan holda boshqa tarkibiy bo‘linmalarning tegishli mutaxassislarini tashkilotda mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirishga jalb qilish;
tashkilot tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlaridan mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir zarur ma’lumot, axborot va materiallarni so‘rash va olish,mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini buzgan, xavfsiz mehnat usullarini qo‘llashga doir yo‘riqnomalarga rioya qilmagan shaxslardan yozma tushuntirishlar talab qilish;
sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish bo‘yicha faol ish olib borgan ayrim xodimlarni rag‘batlantirish, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, xavfsiz mehnat usullariga doir yo‘riqnomalar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariyatiga takliflar kiritish;
tashkilotning tarkibiy bo‘linmalaridan ma’lumotnomalar, ma’lumotlar, hisobotlar va o‘z faoliyatini amalga oshirish hamda nazorat funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar taqdim etilishini talab qilish;
mehnatni muhofaza qilishni texnik tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilishi yuzasidan mehnatni muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish.
Xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
18. Xizmat xodimlari:
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni zarur tarzda va samarali bajarishi;
tashkilotda va uning tuzilmasiga kiradigan bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida rahbariyatga darhol xabar berishi;
tashkilotda Xizmat faoliyatiga doir hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart.
Xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin