Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Malakaviy amaliyot maqsadi



Yüklə 439,5 Kb.
səhifə3/27
tarix23.06.2023
ölçüsü439,5 Kb.
#134500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
пед амал дастури 2022 word v

Malakaviy amaliyot maqsadi:


Ta`limiy: Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari va milliy pedagogikaning mohiyati haqidagi ma`lumotlarni bilish.
Tarbiyaviy: Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma`no ta`lim, rivojlanish, ma`lumot bilan bog`langan holda barkamol insonni voyaga etkazish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni sog`lom, yetuk, har tomonlama kamolga yetgan holda tarbiyalashda pedagogikaning o`rni va roli ahamiyati kattaligini tushunish.
Hozirgi kunda zamonaviy pedagog qanday talablarga javob berishi kerak? Degan savolga ahamiyat beriladi.
Buning uchun pedagogik mahoratga ega bo`lishi: birinchidan, dars berish mahorati;
ikkinchidan, tarbiyalash mahorati;
uchinchidan, o`quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta`minlaydigan shaxsiy sifatlarga ega bo`lishi;
to`rtinchidan, ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahoratiga ega bo`lishi talab etiladi.

Dars berish mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi:


-kasbiy layoqat va eruditsiya (bilimdonligi);
-psixologik-pedagogik tayyorgarligi;
-ta`lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o`rgatish mahorati;
-o`quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilishi;
-yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganligi,
-internetning global tarmog`i bilan ishlash bo`yicha amaliy ko`nikmalari;
-pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilishi;
-ilmiy –pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilishi;
-pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini bilishi;
-fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;
-ritorika va notiqlik san`ati asoslarini bilishi;
-bolalar huquqlari to`g`risidagi konvensiya, “Ta`lim to`g`rsida” gi qonun va “Oliy ta`lim muassasalarini 2030 yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasidagi vazifalarni, hamda uzluksiz ta`lim tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilishi;
-talabalarni darsni tashkil etish va olib borish, o`quv materialini bayon etish, o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, ularning bilim, malaka va ko`nikmalarini baholash, turli tipdagi darslarni olib borishda zarur bilim, malaka va ko`nikmalar bilan qurollantirishi;
-talabalarni dars jarayonida ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish vazifalarini bir butunlikda qo`yish va amalga oshira bilishga o`rgatishi;
-ularni ma`naviy- ma`rifiy ishlarni tashkil etish va olib borishga o`rgatishi;
-pedagogik tajribani tahlil etish, ilg`orlar tajribalarini umumlashtirish, uni o`z faoliyatiga tadbiq etish malakasini shakllantirish;
-talabalarda o`z ustida ishlash, mustaqil ta`lim olish, zarur adabiyotlarni tanlay bilish va o`rganish ko`nikmasini hosil qilish.
Malakaviy amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va informatika, matematika fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va ko`nikmalariga asoslanadi.
Malakaviy amaliyot davomida talaba:
-Informatika, dasturlash fanidan darslarni tashkil etish va ularda o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish;
-o`zi va kursdoshlari, shuningdek, o`qituvchilar darslarini tahlil qilish;
-o`quvchilar bilim, malaka va ko`nikmalarini baholash;
-Informatika, dasturlash, axborot tehnologiyalari fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o`tkazish;
-ma`naviy- ma`rifiy ishlarni tashkil etish va olib borish;
-ta`limning texnikaviy vositalaridan foydalanish;
-sinf rahbari sifatida ish olib borish;
-sinf jurnalini yuritish;
-dars reja-konspekti, tematik, yillik va sh.k. rejalarni tuzish malaka va ko`nikmalarini egallashi lozim.
Malakaviy amaliyot 14 hafta davom etadi, barcha tayyorgarlik ishlari amaliyot boshlanishidan oldin va sinov tadbirlari yoki undan so`ng tashkil etiladi. Bu esa, amaliyot maqsadlariga to`liq, erishishiga ko`maklashadi.



Yüklə 439,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin