Nizomiy nomidagi tdpu “Maxsus pedagogika va inkuliziv ta’lim” fakuliteti “Logopediya” yo’nalishi 107-guruh talabasi Qodirova Ra’no “Davlat tili” fanidan tayyorlangan Mustaqil ish Mavzu
Nizomiy nomidagi tdpu “Maxsus pedagogika va inkuliziv ta’lim” fa
Nizomiy nomidagi TDPU “Maxsus pedagogika va inkuliziv ta’lim” fakuliteti “Logopediya” yo’nalishi 107-guruh talabasi Qodirova Ra’no “Davlat tili” fanidan tayyorlangan
Mustaqil ish Mavzu: Mustaqil ta'lim maqsadi va vazifalari
Bajardi: Qodirova R. Tekshirdi: Abdullayeva Yoqutxon
Reja:
1. Maqsad − muayyan natijaga erishish yo`l va usullarni belgilovchi omil.
2. Mustaqil ta`lim maqsadi - jamiyatning ma`lum taraqqiyot bosqichida o`z a`zolariga qo`yadigan talablarining avvaldan fikran loyihalashtirilgan modeli.
3. Ta`lim maqsadi - ijtimoiy zarurat, ijtimoiy talab, ijtimoiy buyurtma hamda didaktik masala sifaida.
4. Mustaqil ta`limning umumiy maqsadi va vazifalari.
5. Mustaqil ta`limning xususiy maqsadi va vazifalari.
6. Mustaqil ta`limning tur va bosqichlarida maqsad uzviyligi va davomiyligi.
Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo`lmish "Ta`lim to`g`risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "2004-2009-yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" maktab ta`limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo`ydi. Prezidentimizning: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim past bo`liShi muqarrar", - degan ta`kidlari maktab ta`limi va didaktlar oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o`z navbatida ta`lim maqsadini to`g`ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o`zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala biriinchi navbatda ta`lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo`lishi lozim. Shuning uchun milliy istiqlolning ilk qadamlaridanoq ta`lim islohotlariga jiddiy kirishildi. Ta`lim maqsadining sovet davrida hukmron bo`lgan bilimdon ijrochi shaxsni tayyorlashdan mustaqil fikrli tadbirkor shaxsni yetishtirish yo`nalishida tubdan yangilanishi umumiy o`rta ta`limda barcha o`quv predmetlari maznuni va ta`lim usullarining yangilanishini talab qildi, zeroki maqsad hamisha usul va mazmunni belgilab kelgan.
Prezidentimizning " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" yo`q degan shiorlari mulliy istiqlol sharofati bilan kun tartibiga qo`yiilgan bu maqsadning ildizlarini, asoslarini atroflicha o`tganishni, uni bo`lajak o`qituvchilar, til ta`limi va tadqiqi mutaxassislari orasida keng ommalashtirishni talab qiladi. Mana shuning uchun D.Yo`ldoshevaning ushbu o`quv qo`llanmasi oliygoh talabalari va o`qituvchilar uchun juda foydalidir.
Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, sovet davri didaktikasida ta`lim maqsadining ilmiy muhokamasi rasm emas edi, chunki ta`lim maqsadi davlat buyurtmasi - davlatning ta`lim oldida qo`ygan bosh vazifasi sanalib, o`sha davrlarda uni muhokama qilinishi, xususan, milliy respublikalarda mutlaqo mumkin emas edi. Shuning uchun mustaqillik havosida yayrab nafas olayotgan va dunyo iqtisodiy, ilmiy-madaniy hamjamiyatiga o`zining mustaqil taraqqiyot yo`li asosida shahdam qadamlar bilan kirib borayotgan o`lkamizdagi har bir masala tog`risida, Prezidentimizning "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch"asarlarida bayon etgan quyidagi fikrlari ta`lim maqsadiga ham to`la-to`kis aloqadordir: "Agar biz… bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`rilgan va ulardan oziqlanadigan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
El-yurtimiz ko`p asrlik tarixi davomida bunday mash`um xotiralarni necha bor ko`rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma`naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`limiz barchamizga saboq bo`lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo`lib yashashga da`vat etishi lozim. O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagu yo`q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko`p bora o`z isbotini topgan".1 D.Yo`ldosheva Prezidentimizning mana shu fikrlarini metodologik asos qilib, “ta`lim maqsadini muhokamasiz, so`zsiz qabul qilish” - sovet an`anasini buzadi, ta`lim maqsadining tadrijiy taraqqiyot yo`liga nazar soladi, bugun jamiyatimiz oldida ijtimoiy buyurtma - davlat buyurtmasi sifatida qo`yilgan maqsadning:
- o`zbek tilida ta`limning qariyb o`n besh asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqligini, -Prezidentimiz juda to`gri ta`kidlaganlaridek," fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`l"ga ega ekanligini, -bu silsilaning hozirgi kundagi holati uning zamonaviy oliy cho`qqisi bo`lib, -oldinda, istiqbolda rivojlanish, davr bilan uyg`unlashishning deyarli cheksiz imkoniyatlariga ega ekanligini, - O`zbekistonimizda turkiy ma`rifatparvarlarning eramizning VII-VIII asrlardayoq o`rtaga qo`ygan "tukriylarga turkona ta`lim berish" maqsadi uzoq mashaqqatli yo`ldan keyin faqat milliy istiqlol sharofati bilan amalda voqelanganligini kitobxonga yetkaza olgan. Shuning uchun bu qo`llanmani bo`lg`usi o`qituvchilar va didaktlar uchun foydali manba bo`la oladi deb hisoblayman.