7-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
Reja:
1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
3. Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni.
4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
5. Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.
Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida,
intrefaol metod, metodika,
texnologiya,
didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi
anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha
davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay,
ularning
nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik
mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli,
deb hisoblashga
moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib
chiqish va uning
ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir.
Metod - eng umumiy
ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham
o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati
uyg‘unlashadi.