Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit
pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga
yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish
mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va
izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng
tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida
qo‘llaydilar.
Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini
loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini
har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik
model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish
texnologiyasi yuzaga keladi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum
tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib
toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi,
o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli
jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun
o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali
o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday
tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay,
maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.