Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1-topshiriq: Pedagogik muloqat ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan bir necha mashqlarni bajaring: Tartibni buzgan o‘quvchiga qisqa muddatli tanbeh bering;
O‘quvchiga yoki sinfga iltimos, savol, taklif va talab bilan murojaat qilishni ifodalang.
Sinfda o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha u yoki bu muammoli vaziyatni sharxlab bering;
“Diqqat qiling”, “Daftaringizni oching va yozing», “Doskaga chiq”, “O‘rningdan tur” kabi o‘quvchilarga murojaat qilib aytiladigan jumalalarni turlicha ohanglarda ayting.
2-topshiriq: Muloqotni kuzatish va o‘zlashtirishga oid amaliy ishlar. - Nazariy mashg‘ulotlar va kuzatishlar asosida muloqotga oid qarashlarni shakllantirish, rivojlantirish.
- muosharat odobining ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ko‘rsating. Sof adabiy tilda so‘zlashish.
- Muloqatga o‘rgatuvchi o‘yin mashqlaridan namunalar keltiring
3- topshiriq: Bolalar bilan muloqotni takomillashtirish uchun qo‘llaniladigan quyidagi tavsiyalarga amal qiling: sinfga tetik, o‘ziga ishonch bilan, harakatchan kirish;
muloqat boshlanishida o‘zini tetik, ishchan tutish, o‘ziga ishonchni his etish;
kommunikativ kayfiyatda bo‘lish, muloqatga tayyorgarlikni yaqqol namoyon qiling (ifodalang);
harakatchanlik, kommunikativ faollik bilan muloqotga hissiy tayyorgarlikni ko‘rsating va bu holatni o‘quvchilarda ham vujudga keltiring;
darsda zarur hissiy kayfiyatni yarating;
dars davomida o‘z hissiyoti va bolalar bilan bo‘ladigan muloqatni birgalikda boshqarish (turg‘un hissiy holat, o‘z xissiyotini boshqarish qobiliyati, kayfiyatni buzilmasligi);
muloqat samaradorligini ta’minlash;
muloqotni boshqarish: ildamlik, ixchamlik, shaxsiy muloqot uslubini sezish, muloqat va ta’sir ko‘rsatish birligiga erishing;
nutq texnikasi: hissiy to‘laqonli, yuqori madaniyatli nutqqa erishish;
mimikaning aniq pedagogik maqsadga muvofiqligi;
pantamimika: harakatlarning ifodaliligi, qiyofaning aniqligi, harakatlarning hissiyotga boyligi.