Mavzuning о’rganilganlik darajasi: O’quvchilarni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalashda ijodiy topshiriqlarning roli kattadir. Respublikamizda topshiriqlar muammosi o’rganilgan bo’lsa-da, boshlang’ich ta’lim yo’nalishidagi ko’p qirralari olimlarimiz O.Roziqov, B.Yesipov, B.Adizov, S.Safarova, R.Ibragimov, A.Bekmuradov, M.Haydarovlarning tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan. Biroq shu paytgacha boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish majmuasi to’la o’rganilgan emas.
Yuqorida qayd etilgan ishlarning tahlilidan shu narsa ma’lum bo’ladiki, boshlang’ich ta’lim ona tili darslarining samaradorlik darajasini oshirishda mustaqil topshiriqlardan unumli foydalanish, bu jarayonni to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning faoliyatini mustaqil topshiriqlar bilan ishlashga yo’naltirish lozimligini taqozo yetadi. Ana shu holatlar bizning kurs ishimiz mavzusini “Oz komplektli maktab boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish”deb nomlashga asos bo’ldi
Kurs ishining maqsadi: Oz komplektli maktab boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishni tashkil etish mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish
Kurs ishining obyekti va predmeti:Oz komplektli maktab boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishni tashkil etish va samaradorligini ta’minlash hamda mashg’ulotlarida olib boriladigan mustaqil topshiriqlardan foydalanishning mazmuni, shakl va vositalari
Ishning ilmiy yangiligi:Oz komplektli maktab boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishni tashkil etish usullarining dolzarbligi asoslab berildi. Samarali usullar, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kurs ishining metodi: Mamlakatimizda mustaqil topshiriqlarni o’rganishga bag’ishlangan ishlarni o’rganish va tahlil qilish, suhbat, kuzatish, savol-javob, so’rovnomalar o’tkazish, test topshiriqlari.