Tadqiqot ishining vazifalari: Oz komplektli maktab boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishni tashkil etishni pedagogik va metodik muammo sifatida asoslash.
Ona tili darslarida mustaqil ishlarini uyushtirishga ta’sir etuvchi omillar, pedagogik va metodik talablar va shart-sharoitlarni aniqlash.
Ona tili mashg’ulotlari jarayonida mustaqil topshiriqlardan foydalanishning samarali shakl va metodlarini belgilash.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil topshiriqlardan foydalanishga yordam beruvchi pedagogik va metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining ilmiy-nazariy va metodologik asosi: “Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, Prezident Sh.Mirziyoyev asarlarida ona tilini va mustaqil fikrlashga doir qarashlari, Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, mustaqil topshiriqlarni o’rganishga bag’ishlangan adabiyotlar, o’quv-metodik qo’llanmalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar tashkil yetadi
Ishning amaliy ahamiyati:Boshlang’ich sinf ona tili dars-mashg’ulotlarida mustaqil topshiriqlardan foydalanish jarayoni boyitildi, pedagogik va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, dars ishlanmasi tayyorlandi. Bu metodik tavsiyalar va ishlab chiqilgan dars ishlanmasi namunasidan boshlang’ich sinf o’qituvchilari, praktikant talabalar, malaka oshirish institutlarida foydalanish mumkin.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: tadqiqot ishimiz kirish, asosiy qism, uchta bob, xulosalar, tayanch atamalar lug’ati, tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib umumiy 41 sahifani tashkil etadi.
I BOB. OZ KOMPLEKTLI MAKTAB BOSHLANG’ICH SINFLARIDA ONA TILIDAN O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI UYUSHTIRISHMUAMMOSI 1.1-§. Boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishning pedagogik asoslari O’quvchi faoliyatining qaysi sohasi bo’lmasin ularning markazi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchi topshiriqlarda o’z aksini topadi. Fanda u yoki bu topshiriqni bajarish usullariga ko’proq ye’tibor qaratilib, ularning mohiyatiga, umusmiy jihatlariga yetarli ye’tibor qilinmaydi.. shuni hisobga olim ingliz olimi U.D.Reytman shunday yozgan yedi: “Topshiriqlarni yechish muammosining fanda uzaq yillardan buyon o’rganilayotganligiga qaramasdan, haligacha topshiriq tushunchasiga oid hamma tan olgan umumiy ta’rif mavjud yemas”[3].
Kurs ishda topshiriq, o’quv topshirig’i tushunchalarini didaktik va metodik tavsiflarini berishga harakat qildik. Mustaqil topshiriqlarning ta’lim jarayonidagi vazifalari, mazmun-mohiyati o’rganilib, ularning qurilishi didaktik-metodik jihatdan tahlil qilindi. Ona tili fanidan mustaqil o’quv topshiriqlari tahlil qilinib, boshlang’ich sinf o’qituvchilarinin bu sohada olib borgan ishlariga pedagogik amaliyot davrida ye’tibor qaratildi.
Ma’lumki boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyati, fikrlashi, bilimlarni o’zlashtirib, takomillashtirish keng ma’noda topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o’quv topshiriqlari bilan uzviy bog’lanadi. Topshiriq o’quvchi faoliyatining barcha jabhalarida mehnat qilish, o’quv predmetlarini o’zlashtirish bilan aloqador bo’lganidek, o’quvchi faoliyatining har bir yo’nalishi o’yin ham, o’qish ham, bilimlarni o’zlashtirish ham, o’ziga o’zi baho berish ham o’quv topshiriqlari bilan chambarchas bog’liq. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida qaraladi.
Bu tushunchada topshiriq, o’quv topshirig’i, biluv topshirig’i, mustaqil topshiriq, amaliy topshiriq, intellektual topshiriq, muammo kabi atamalar bilan birga mashq, mustaqil ish kabi atamalar ham qo’llaniladi. O’quv topshirig’i mohiyatini aniqlash, unga didaktik, metodik ta’rif berish uchun psixologiya, didaktika, metodikada o’quv topshirig’i tushunchasiga berilgan ta’riflarni keltiramiz. Psixolog olim S.Rubinnshteyinning fikricha o’quv topshiriqlari masalasi markaziy muammolardan biri hisoblanadi. Uning kuzatilaricha o’quv topshiriqlari to’g’risidagi fikrlar o’quvchi amal qilayotgan sharoitlar bilan aloqadordir. Insonning ongli faoliyati topshiriqlarni bajarishdir. Topshiriqda berilgan munosabat, maqsad, shart-sharoitga ko’ra topshiriq qabul qilinadi, yechiladi. Shunday bo’lgach, o’quv faoliyatining har bir turi topshiriq asosida yo’naltirilishi, u yoki bu motiv xususiyatidan kelib chiqib tashkil yetilishi lozim deb xulosaga keladi. Leontev A.N. topshiriq tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Topshiriq- bu ma’lum shart asosida berilgan maqsaddir. U faoliyatni ishga tushiradi, motiv yesa kishini faoliyatga undaydi. Insoniy faoliyatda xatti-harakat, faoliyat usullari ajratiladi. Bulardan birinchisi – xatti-harakat yerishiladigan maqsad, ikkinchisi – faoliyat usullari yesa maqsadni amalga oshirish shart- sharoitiga yo’nalgan tushuncha bu toshiriqdir” deb, o’z fikrini yakunlaydi.
O.Roziqovning ilmiy-pedagogik tadqiqotlarida o’quv topshirig’i o’quv materiali bilan yonma-yon tahlil qilingan. Uning yozishicha” ... o’quv topshirig’i – bu o’qitish va o’qish yehtiyojiga ko’ra o’quv materialining o’zgartirilgan shakli”. Bu ta’rifda o’quv topshiriqlarining qator xususiyatlari qayd yetilgan. Ularni ta’lim yehtiyojiga ko’ra: 1) qurish mumkinligi ; 2) qurish va qayta qurish imkoniyatining borligi; 3) o’quv materialining shakli yekanligi; 4) ta’lim jarayoning bosqichlarga mosligi; 5) bir topshiriq o’rniga boshqasini qo’llash imkoniyatining borligi; 6) topshiriqning ochiq tizim yekanligi; 7) bir-birini to’ldirishi; 8) bilim va faoliyat usullarini o’rganish hamda takomillashtirish talablariga mosligi; 9) ta’lim sharoitida o’qish va o’rganish yehtiyojini qondirish tavsiflab berilgan. Topshiriqlarda insoniyat to’plagan tajribalar qayd yetiladi, shu bilan birgalikda moddiy va ma’naviy boyliklarni yangilash va boyitish vositasi sanaladi. Shu ma’noda mustaqil topshiriqlarni uch guruhga bo’lib o’rganish g’oyasi asoslangan:ijtimoiy ishlab chiqarish topshiriqlari. Barcha kasb yegalari bunday topshiriqlarni o’z oldilariga qo’yib hal etishadi. Ijtimoiy topshiriqlarni qo’yishi bilan atrofimizni o’rab turgan muhit, jamiyat rivojlantiriladi.
Ilmiy bilishga oil topshiriqlar. Bularni odatda ilmiy muammolar deb atashadi. Muammo savolning shunday ko’rinishiki, uning javobi fan to’plagan bilimlar asosida mavjud bo’lmaydi. Fanda yeng kichik muammolarni yechishdan tortib, dunyo ahamiyatiga yega bo’lgan topshiriqlarni hal qilish ilmiy muammolarni qo’yish va bajarishdan iborat. Ilmiy muammolarning asosiy vazifasi tabiat, jamiyat va ong hodisalarini o’rganib yangi bilim, faoliyat usullarini kashf etishdir.
3. O’quv-biluv topshiriqlari. Bunday topshiriqlar ta’lim jarayoniga qo’yiladi. Bular vositasida o’quvchi shaxsi rivojlantiriladi. Bulardan ko’rinib turibdiki, topshiriq tushunchasi turli manbalarda ishlatiladi. Topshiriq vositasida o’quvchi faoliyati boshqariladi. O.Roziqov topshiriq tushunchasini o’quv materiali va topshiriq tizimida o’rganib, ta’lim jarayonida paydo bo’lgan yehtiyojni qondirish vositasi sifatida sharhlangan. Topshiriq o’qitish va o’qish yehtiyojlariga ko’ra tatbiq qilinadi. Bunday yondashish o’quv topshirig’ini o’quv materialining o’zgartirilgan shakli sifatida qarash imkoniyatini beradi.
Yuqoridagilardan ma’lum bo’lishicha, topshiriq tushunchasi juda keng, mazmundor hodisa bo’lib, quyidagi ma’nolarni anglatadi:
Vosita;
maqsad;
muammoli holat;
ta’lim vositasi;
ongda paydo bo’lgan to’siq;
o’quv materialining shakli.
Topshiriqning bu ma’nolarini inkor yetib bo’lmaydi. Bu tushunchalar ham o’z yo’nalishida topshiriq ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi. Olimlaning bu yondashuvlari fanda mavjud bo’lgan muammolarni hal etishda qo’llaniladigan topshiriq tushunchalarini anglatadi.
Keltirilgan qarashlarga tayanib, boshlang’ich sinf o’quvchilariga mo’ljallangan mustaqil topshiriqlar tizimini asoslash mumkin. Buning uchun topshiriqlar tushunchasida qo’llanildadigan asosiy tushunchaning ma’nolarini yanada oydinlashtirish, chegaralashga zaruriyatni hisobga olib bu tushunchaga ta’rif berammiz.
Topshiriq atamasi mazmunan boy, keng tushuncha bo’lib, u vazifa atamasiga qo’yiladigan kategoriyadir. Topshiriq buyruq fe’li topshir so’zidan – iq qo’shimchasi vositasida yasalgan ot bo’lib, ijtimoiy, fan, ta’lim-tarbiya sohasida ishlatiladi. Topshiriq keng ma’noda predmetni anglatgani uchun qandaydir obektiv reallikni bildiradi. Binobarin tevarak atrofimizdagi narsa-hodisalar sifatida tasavvur yetib, tahlil qilganimizdek, uni tuza olamiz, o’zga muhit sharoitida o’zgartira olamiz, uning harakatini kuzata olamiz. Bu xildagi tasavvur topshiriqning quyidagi turlarini qayd etish imkonini beradi:
Ijtimoiy topshiriq. Bu jamiyatning moddiy negizini yanada rivojlantirish, modiiy ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish mo’ljallangan vazifadir. Bu xildagi topshiriqlarni barcha kasb yegalari o’z oldiga qo’yadi va bajaradi. Ularni qo’yish va hal qilish yo’li bilan jamiyat rivojlantiriladi. Ijtimoiy topshiriq jamiyat darajasida o’rganiladi.
Fan sohasiga qo’yiladigan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni fan xodimlari o’zi uchun belgilab, ularni bajaradi. Ular fan muammolari sanaladi. Muammo shaklida qo’yilgan savolga javob izlash yo’li bilan va undan amaliy faoliyatda foydalanish yanada takomillashadi.
Ta’lim-tarbiya sharoitida qo’llaniladigan topshiriqlar. Barcha o’quv predmetlari vakillari bunday topshiriqlarni ta’limga tatbiq qilib, ta’limdan ko’zlangan maqsadlarni amalga oshiradi. O’qitish va o’rganish jarayonlariga tatbiq qilib, o’quvchilarning bilimi, ko’nikmasi va malakasi, mustaqil faoliyat tajribasi, tabiat, jamiyat, ong hodisalariga munosabatini shakllantirib, inson shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan toshshiriqlarni o’quv topshirig’i deb tushunamiz.
O’quv topshirig’i atamasi psixologiya, didaktika va ona tili fanlari sohasida qo’llanadigan umumiy, mazmundor, ko’p qirrali kategoriyadir. Unda ta’limning barcha bo’g’inlarida maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, kollej va kasb hunar ta’limi va boshqalarda o’zlashtirishning barcha bosqichlarida o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash, takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish, ta’lim natijalarini nazorat qilishda foydalaniladi. O’quv topshiriqlarining nimaga mo’ljallanganligini inobatga olib, ularni ikki guruhga ajratib o’rganamiz.
Xotiraga mo’ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o’quvchilarning u yoki bu mavzu doirasidagi tayyorgarligi hisobga olinadi.
Misolar keltiramiz:
1-topshiriq. Maktab so’zidagi m hamda t harflari orasidagi tovushlarni
ayting.
2.-topshiriq. Bir o’quvchi uchta harfni, ikkinchisida ikkita harf bor.
Birinchi o’quvchi nechta so’z, ikkinchi o’quvchi nechta so’z hosil qilish mumkin. Birinchi topshiriq tovushlar mavzusiga bag’ishlangan bo’lib,
o’quvchilarning harflarni o’zlashtirganligini va xotirasida qanday saqlanganligin bilish maqsadida berildi va o’quvchilarning javobi yeshitilib, tahlil qilindi.
Xuddi shunday ikkinchi topshiriqda o’quvchilarni mustaqil izlanishga yo’naltirilgan topshiriq berilgan bo’lib, o’quvchilar qo’llaridagi haflardan nechta so’z tuzish mumkinligi topshirildi va o’quvchilarning bilim, ko’nikmasi tekshirib ko’rildi. Bunday topshiriqlarga o’quvchi o’z faoliyatida duch kelishi mumkin. Bu yesa o’quvchilarning tasavvur doirasining qanchalik keng darajada yekanligini, shu bilan birgalikda xotirasida saqlangan tovushlar tizimini ishga solish qobiliyatini va mustaqil topqirligini amalga oshiradi.
O’quvchilar xotirasiga mo’ljallangan o’quv topshiriqlarining psixologik asosini xotira hodisalari – o’rganilgan bilimlarni yesga tushirish, bilim va faoliyat usulini xotirada tiklab, aytilgan o’quv holatiga tatbiq etish, tatbiq etish jarayonida bilim va faoliyat usullarini yanada takomillashtirish tashkil yetadi
Mashq – u yoki bu mavzu doirasida bilim, faoliyat usullarini bir xil o’quv sharoitida bajarishga oid o’quv topshirig’idir. Mashq qilish jarayonida bilimlar yesga tushiriladi, yesga tushirilgan bilim, faoliyat usuli aytilgan o’quv holatiga tatbiq qilinadi. Mashq qilish natijasida shaxs faoliyati takomillashtiriladi. Bu hodisani nazarda tutib, ayrim mutaxassislar mashq qilinadi iborasini ishlatishadi. O’quv topshirig’i bajariladi, mashq qilinadi.
Ona tilidan mustaqil topshiriqlar tizimini yaratish murakkab jarayon bo’lib, u o’ziga xos xususiyatga yega. Bu jarayonning yetakchi tarkibiy qismi o’qitishdir. O’qitish – bu o’qituvchining faoliyati bo’lib, u o’ziga xos maqsad, vosita, natijaga yega. O’qitish faoliyatining asosiy funksiyalari o’quvchilarga ta’lim berish, ularni aqliy rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat. Mustaqil topshiriqlarni tayyorlash jarayonining yana bir tarkibiy qismi shunday tizimni yaratish vositalaridir.
Vosita keng ma’noda inson o’zi bilan mehnat predmeti o’rtasiga qo’yadigan moddiy va nomoddiy narsalardir. Mustaqil topshiriqlar tizimini yaratish jarayonida o’qituvchi o’zi bilan o’quv materialini bir holatdan ikkinchi bir holatga olib keladi. Mustaqil topshiriqlar tizimini yaratish boshqa konstruktiv jarayonlar, masalan, mebel yasash, mashinalarning yehtiyot qismlarini tayyorlash vositalar jihatidan ham farq qiladi. Mustaqil topshiriqlar tizimini yaratish o’qituvchining o’zida. Demak, mustaqil topshiriqlar o’quv topshiriqlari bilan jambarchas bog’langan bo’lib, muhokamani o’qitish faoliyatidan boshlaymiz.
O’qitish – bu faoliyat turi bo’lib, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida ijtimoiy tajribaga yo’nalgan prosessdir.Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quv materiali o’rtasida ikki xil yetakchi munosabat ajratiladi. O’qitish va o’quv materiali, o’qituvchi va o’quvchi. Bu munosabatga ko’ra o’qituvchining o’quv materialiga ko’ra metodik ishlov berishini qayd yetamiz. Masalan, 1-sinf o’quvchilariga alfavitdagi 29 harfdan iborat tizimdan foydalanib, gap tuzish haqidagi mustaqil topshiriqni taklif qilish mumkin.
Mustaqil topshiriqning sharti shunday bo’ladi. Birinchi so’z 2 ta unli va beshta undosh tovushdan, ikkinchi so’z yesa 3 ta unli sakkizta undosh tovushdan, 3 so’z yesa 3 ta unli va 3 ta undosh tovushdan iborat bo’lgan mashq topshiriq. Bu topshiriq o’quvchilarning alfavitdagi tovushlarni qanchalik darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash bilan birgalikda ularni mustaqil tafakkur qilishga undaydi. O’quvchilar fikrlash natijasida berilgan topshiriq bo’yicha gap tuza boshlaydi. Kim birinchi bo’lib gapni to’g’ri tuzsa, shart bajarilgan hisoblanadi. U g’olib deb topiladi va rag’batlantirib boriladi.
O’qituvchi va o’quv materiali o’rtasida munosabatlar ta’lim jarayonida amal qilinadigan bog’lanishlarni ham tasnif qilish imkoniyatini beradi. O’quv materiali va uning o’zgartirilgan shakli – o’quv topshirig’i o’rtasida to’rt xil aloqa mavjud.
Mazmuniy aloqa – o’quv topshirig’i va uning shakllari mustaqil topshiriq, test, mashq, mustaqil ish o’rtasidagi bog’lanishdir. Aloqa jihatidan mazmuniy bog’lanishlar o’quv materiali o’rgapnilayotgan bilimning faoliyatda bajaradigan ishini aytib berishdan iborat bo’ladi. Mazmun aloqa o’quv materialining axborot sahasi bilan aloqadorlikda amal qiladi.
Maqsad aloqa – sinfga o’rgatish uchun olib kirilgan, bajarish uchun tanlangan o’quv topshirig’ining har biri o’ziga xos maqsadga yega bo’ladi. Maqsad yesa kelajakda yerishiladigan natijadir. U kishining barcha hatti-harakatlari, aqliy va jismoniy intilishlarining asosiy shartlaridan biridir. Masalan., o’quvchilar ot, taxta, olma, mashina, daftar kabi tushunchalarni o’rgatish orqali ma’lum bir maqsadga yerishiladi. Natijada o’quvchilar ot mavzusi to’g’risida nazariy va amaliy tushunchaga yega bo’ladi.
Funksional aloqa – har bir o’quv topshirig’i, jumladan mustaqil topshiriq ham o’quvchilar faoliyatida ma’lum ishni bajaradi. Topshiriqning o’quv faoliyatida bajaradigan ishini funksional aloqa deb nomlaymiz. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ot mavzusiga doir mavzuning mohiyatidan kelib chiqib rasm solish vazifasi topshiriladi. O’quvchilar mavzuning mohiyatini mukammal tushungan bo’lsa, rasmda mustaqil yondashib osonlik bilan uni aks yettira oladi.
Ta’lim jarayonining bosqichlarini hisobga olib, mustaqil topshiriqlarning quyidagicha funksiyalarini qayd yetamiz:
tayyorgarlik bosqichi yangi bilimlarni qabul qilishga hozirlik;
bilimlarni bevosita idrok qilish bosqichida o’rganilayotgan mavzuning asosiy xususiyatlarini tahlil qilish;
v) mustahkamlash bosqichida o’rganilgan bilimlarni o’xshash o’quv holatlariga tatbiq qilish;
g) bilimlarni tatbiq qilish bosqichida bilim va malakalarni yangi-yangi o’quv jarayonida ishlatish;
d) bilimlarni umumlashtirish jarayonida umumlashtirish; tartibga tushirish funksiyalarini bajaradi. Bulardan ma’lum bo’ladiki, o’quv topshiriqlarining boshqa turlarga o’xshab, mustaqil topshiriqlar ham turli-tuman ishlarni hal qilish vazifalarini bajaradi.
Uslubiy aloqa topshirig’ini bajarish usuli – mustaqil topshiriqlarning yana bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Har qanday mustaqil topshiriq o’ziga xos yechilish usuliga yega.
O’qituvchi u yoki bu mustaqil topshiriqni ta’limga tatbiq yetar yekan, o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil yetadi, boshqaradi, nazorat qiladi. Mustaqil topshiriq o’rtasidagi bog’lanishlarni chizmada quyidagicha ifodalash mumkin:
4. Uslubiy aloqa
Mustaqil topshiriqlar mazmunini tushunish, ularda qayd yetilgan maqsadni anglash, topshiriqning faoliyatda bajaradigan ishini fahmlash, faoliyat usullarini topshiriqni bajarishga tatbiq qilish o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.