39
Oppoq tovuq don cho‟qir,
Suv ichadi qorasi.
Necha tovuq bo‟ladi,
Qo‟shilganda olasi (3 ta)
3 ta echki, 4ta qo‟y
Qani, Erkin sanab ko‟r 3+4=7 3*2=6(shox)
Nechta quloq, nechta shox
7*2=14(quloq)
Bor ekan-a, aytib ber?
Hayvonotlar bog‟ida
Beda kemtir quyonlar.
Qirg‟ovullar sayr qilib
Xotirjam yurar donlab.
Ellikta erur boshi,
Bir yuz qirqta oyog‟i.
Qancha quyon, qirg‟ovul,
Toping, o‟g‟lim, buyog‟in.
Yechilishi: 4X+2(50-X)=140
4X+100-2X=140
2X=140-100
2X=40
X=40:2
X=20 50-20=30
Bunday
matematik
topishmoqlar
o‟quvchilarning
bilimini
mustahkamlash, fukrini charxlashga yordam beradi.
Bundan tashqari xalq ertaklaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Ertak bilan har xil ishlash mumkin: darsni ertak syujeti bo‟yicha tashkil qilish,
topishriqlarni ertak qahramoni nomidan berish, matematik mazmundagi ertak
tuzish, ertak mazmuniga ko‟ra savol-javob o‟tkazish va b.
40
Masalan “Nol haqidagi ertak” yuzasidan o‟quvchilarga berish mumkin
bo‟lgan savollarning ba‟zi namunalarini keltiramiz:
1.
Qanday daryolar mamlakatini kesib o‟tadi? Bu daryolarga qanday
umumiy nom berish mumkin? (Amallar). Nimalar sahroni kesib
o‟tmoqchi bo‟lishibdi? (Sonlar). Sonlar raqamlardan nimasi bilan farq
qiladi?
2.
Nol qo‟shilgan son nega norozi bo‟ldi? (01, 02)
3.
Ertak so‟zlarini ifodalavchi ikkita misol keltiring. “… ikkitadan
bo‟lib turish va katta sondan kichik sonni ayirish: kimda kichik son
chiqsa, o‟sha ko‟p suv oladi”. Nega nol bilan juft tashkil qilgan son
yutqazib qo‟ydi? Sonlar har bir juftga bir xilda suv tegadigan bo‟lib
juftlashishlari mumkinmi? Misollar keltiring.
4.
Nega nol bilan juftlikda turgan son ko‟paytirish daryosidan suv
ololmadi?
5.
Nega bo‟lish daryosidan o‟tganda o‟tganda sonlar nol bilan
juftlashishni xohlashmadi?
6.
Birinchi son ikkinchi sondan necha marta katta yoki kichik: 7 va 70, 3
va 30, 50 va 5?
Ertakni bayon qilishni bolalardan taklif qilish mumkin.
Shuni ham qayd etish kerakki, takrorlash va mustahkamlash darslarida
ertaklardan foydalanish darsni jonlantiradi.
Ertak bilan ishlashning boshqa shakllarini o‟qituvchi o‟zi ijodiy tashkil
etishi mumkin. [10]
Dostları ilə paylaş: