Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/54
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#38955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
kop xonali sonlar mavzusini organishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 

Ilm–sahroda–do‟st,  hayot  chorrahalarida  –  tayanch,  yolg‟iz  damlarda–

yo‟ldosh, 

 

baхtiyor 



daqiqalarda 

– 

rahbar, 



qayg‟uli 

onlarda                                          

madadkor, 

odamlar 


orasida 

zebu 


– 

ziynat, 


dushmanlarga                                                        

qarshi    kurashda – quroldir. 



Hadisi Sharifdan 

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  O‟zbekiston 

Respublikasi  Oliy  majlisi  Qonunchilik    palatasi  va  Senatining  2010  yil  27 

yanvar  kuni  bo‟lib  o‟tgan  qo‟shma    majlisidagi  “Mamlakatni  modernizatsiya 

qilish  va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustivor  maqsadimiz”  hamda 

Vazirlar  mahkamasining  2010  yil  29  yanvar  kuni  bo‟lib  o‟tgan  majlisidagi 

“Asosiy  vazifamiz-Vatanimiz  taraqqiyotini  va  xalqimiz  faravonligini  yanada 

yuksaltirish”  mavzularidagi  ma‟ruzalari  mazmun-mohiyati  va  undagi  

xulosalarni o‟rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 

101-F  –sonli  farmoyishi  bilan    bilan  tasdiqlangan  tashkiliy  tadbirlarni 

amaliyotga  joriy  etish    jamiyatimizdagi  kun  tartibidagi  bosh  masalalardan 

biridir. 

Prezidentimiz  o‟z  ma‟ruzasida  “  ....mamlakatni  modernizatsiya  qilish  va 

kuchli  fuqrolik  jamiyati    barpo  etish  ustivor  maqsadimiz”  degan  fikr 

muloxazalaridan  jamiyatimizda  barkamol  avlodni  tarbiyalash  boshlang‟ich 

ta‟limning  asosiy  vazifalardin  biri  ekanligi  gavdalanadi.  Ayniqsa,  bo‟lajak 

boshlang‟ich  sinf  o‟qituvchlari  ta‟lim  va  tarbiyaning  tub  maqsadi  kuchli 

fuqarolik  jamiyatining  barpo  etilishiga  xizmat  qilishi  asosiy  maqsadimiz 

ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida  his etilishi zaruriyati mavjuddir. 

 Shuningdek,  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Barkamol  avlod 

yili” davlat dasturi to‟g‟risidagi Qarorida  mamlakatimizda sog‟lom va barkamol 

avlodni  tarbiyalash  yoshlarning  o‟z  ijodiy  va  intelektual  saloxiyatini  ro‟yobga 

chiqarish  bo‟yicha  qo‟yilgan  vazifalarda  “....ta‟lim  jarayoniga  yangi  axborot 

kommunikatsiya    va  pedagogik  texnologiyalarni,  elektron  darsliklar, 

multimediya  vositalarini  keng  joriy  etish  orqali  mamlakatimiz  maktablarida, 



 

kasb-hunar  kollejlari,  litseylari  va  Oliy  o‟quv  yurtlarida o‟qitish  sifatini tubdan 



yaxshilash  ...........  samarali    tizimini  yanada  rivojlantirish”  ko‟zda  tutilganligi  

dolzarb vazifalarimizdan biridir. 

Yurtboshimiz  Islom  Abdug‟aniyevich  Karimov  o‟zining  “Yuksak 

ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarida ta‟lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni 

bildirgan.  “Ma‟naviyatni    shakllantirishga  bevosita  ta‟sir  qiladigan    yana  bir 

muhim hayotiy omil – bu  ta‟lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‟liqdir. 

Ma‟lumki, ota – bobolarimiz  qadimdan bebaho  boylik bo‟lmish ilm – u 

ma‟rifat, ta‟lim  va  tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy 

sharti va garovi deb bilgan”. 

Albbatta, ta‟lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va 

uning  rivojini  ham  belgilaydigan, ya‟ni  xalq  ma‟naviyatini  shakllantiradigan 

va boyitadigan  eng  muhim omildir. Binobarin, ta‟lim – tarbiya tizimini va shu 

asosda ongni o‟zgartirmasdan turib, ma‟naviyatni  rivojlantirib bo‟lmaydi. 

Shu  bois  bu  sohada  yuzaki,  rasmiy  yondashuvlarga,  puxta  o‟ylanmagan 

ishlarga    mutloqo  yo‟l  qo‟yib  bo‟lmaydi.  Maktab  ta‟lim  –  tarbiya  masalasi 

davlat va  jamiyat  nazoratida  bo‟lishi  asosiy  qonunimizda  belgilab qo‟yilgan. 

Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning  ishtiroki va qo‟llab – 

quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy  masaladir. 

Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida 

yaratiladi,  boshqacha  aytganda,  xalqimizning  ertangi  kuni  qanday  bo‟lishi 

farzandlarining  bugungi  qanday ta‟lim va tarbiya olishiga bog‟liq. 

Buning    uchun    har    qaysi  ota  –  ona,  ustoz  va  murabbiy  har  bir  bola 

timsolida avvalo shaxsni  ko‟rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan 

holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‟lgan ongli 

yashaydigan  komil  insonlar  etib  voya  yetkazish  –  ta‟lim  –  tarbiya  sohasining 

asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo‟lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz  kerak.  Bu  esa 

ta‟lim – tarbiya ishini uyg‟un holda olib borishni talab etadi. 

Ta‟limni      tarbiyadan,    tarbiyani  esa  ta‟limdan  ajratib  bo‟lmaydi.  Bu 

sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. 



 

Yurtimizda    Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  uzviy  va  mantiqiy  



davomi    bo‟lgan    2004  –  2009  yilarda    maktab    ta‟limini    rivojlantirish  

umummilliy davlat dasturi qabul qilindi. 

 

    Har  tomonlama barkamol insonni  shakllantirish bugungi  jamiyatimiz 



oldida  turgan  dolzarb  masalalardan  biri  bo‟lib  qolmoqda.  Hozirgi  maktab 

o‟rindiqlarida  o‟tirgan    yosh    avlod  ertaga  bizning  qo‟limizdan  ishimizni 

oladigan,  hayotimizni  davom      ettirib,  o‟zidan    keyingi    avlodga    yetkazuvchi 

vorislarimiz,  O‟zbekiston  buyuk  kelajagining  egalaridir!  Shu  sababli 

Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz  diqqat  e‟tiborini  barkamol  

avlod  tarbiyasiga qaratmoqda.      

         2010-  yili  ”Barkamol  avlod    yili”deb    e‟lon  qilindi.  Bu  albatta  bejiz 

emasdir.    2009  –  yil  5-dekabr  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I. 

Karimovning  “O‟zbekiston  konstitutsiyasi  –  biz  uchun  demokratik  taraqqiyot 

yo‟lida  va  fuqorolik  jamiyatini  barpo  etishda  mustahkam  poydevoridir” 

mavzusidagi ma‟ruzasida  aytganidek: “Barkamol avlod haqida so‟z borganda, 

davlat  ta‟lim  standartlarini,  o‟quv  dasturlari  va  o‟quv  adabiyotlarini 

takomillashtirish,  oily  va  o‟rta  maxsus  ta‟lim,  umumta‟lim  tizimida  ta‟lim 

yo‟nalishlari  va  mutaxassisiliklarini  bugungi  kun  talablari  nuqtai  nazaridan 

qayta  ko‟rib  chiqish  zarur.  Shuningdek,  o‟quv  jarayoniga  yangi  axborot  va 

pedagogik  texnologiyalarni  keng    joriy  etish,  bolalarimizni  komil  inson  etib 

tarbiyalashda  jonbozlik  ko‟rsatadigan  o‟qituvchi  va  domlalarga  e‟tiborimizni 

yanada  oshirish,  qisqacha  aytganda,  ta‟lim  –  tarbiya  tizimini  sifat  jihatidan 

butunlay  yangi  bosqichga  ko‟tarish  diqqatimiz  markazida  bo‟lishi  darkor.  ”  - 

dedilar.  Shu sababli zamon talablariga  to‟liq   javob  bera oladigan  pedagogik 

texnologiyalarini  boshlang‟ich   

sinf matematika darslarida ham  joriy qilish  ishlari hozirgi davr  talabidir. 

 

“Yangi    tamoyillar      asosida  rivojlanayotgan  ta‟lim  tizimi  yosh  avlodni 



barkamol,    ma‟naviy  yetuk  inson  sifatida  shakllantirishda  qarata  olgandir”- 

deyiladi  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida.  Hozirgi  kunda    ta‟lim    tizimida  

jumladan    boshlang‟ich    sinf      matematika    darslarida  pedagogik  



 

texnologiyalarni  qo‟llashning  nazariy    hamda  amaliy    asoslarni    yaratish 



zarurdir.   

        Hozirda    o‟qituvchilarning  yuqori  kasbiy  tayyorgarlikka,  pedagogik 

mahoratga, yuksak  ma‟naviy  – axloqiy  fazilatlarga, mafkura borasida chuqur 

bilimlarga  ega  bo‟lishi,  ta‟lim  –  tarbiya  ishlarida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar,  interfaol  usullardan    samarali  foydalanishi  davr  talabi 

hisoblanadi. 

       Yosh    avlodning  har  tomonlama  yetuk,  bilimli,  yuksak  ma‟naviyatli, 

barkamol,  vatanparvar      shaxslar  bo‟lib  yetishishini  ta‟minlash  yo‟lida  amalga 

oshirilayotgan  ulkan  bunyodkorlik  ishlarining  eng  asosiy  bo‟g‟ini  sifatida 

pedagogik  xodimlarning    yuqori    ilmiy,  metodik  bilimlarga  hamda  amaliy 

ishlash bo‟yicha  yuksak  mahoratga  ega  bo‟lishlarini  ta‟minlash  yuzasidan  

zarur chora –tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.        




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin