1.2. Interfaol metodlardan foydalanish
Interfaol mashg‟ulot – o‟qituvchi va o‟quvchilar o‟zaro faol ishtirok
etadigan mashg‟ulot, bu jarayon hamkorlikda kechadi.
Interfaol metodlarning qo‟llanishi majburiy matematika darsi jarayonini
beixtiyor psixologik o‟yin yoki musobaqaga aylantirib, barcha o‟quvchilarni bir
oz bo‟lsa-da, o‟z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda
kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‟lmasdan, faol ishtirok etishga
undaydi. Interfaol metodlarning mohiyati o‟qitish jarayonida o‟quvchi faolligini
oshirish, o‟quvchini pedagogik faoliyatning markaziy figurasiga aylantirishdan
iboratdir. Maqsadi – demokratik jamiyatning faol fuqarolarini tarbiya qilish.
Bunday metodlarni qo‟llash orqali o‟qituvchi o‟quvchini o‟z fikrini
shakllantirishga, ifodalashishga, maqbul yo‟lni tanlash va buning uchun
ma‟suliyat his etishga o‟rgatadi. Shu bilan birga bolalarda o‟zaro hurmat,
ma‟suliyat, halollik, e‟tibor va tirishqoqlik xususiyatlarini tarbiyalashga ham
harakat qilinadi.
Interfaol metodlarni qo‟llash orqali quyidagi vazifalar hal qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |