6. “Sehrli saroy” o‟yini
Didaktik topshiriqlar: To‟g‟ri va xatosiz hisoblashga o‟rgatish, kompyuter
saboqlaridan ogoh qilish.
O‟yin topshirig‟i: Maktab ilm olish dargohi ekanligi haqida tushuncha
berish.
O‟yin bayoni: Bor ekanda, yo‟q ekan, qadim zamonda bir ona bo‟lgan
ekan. Uning uquvsiz bir o‟g‟li bor ekan. O‟g‟li 7 yoshga to‟lganda onasi uni
bir saroyga boshlab boribdi. U oddiy saroy emas, balki sehrli saroy ekan.
Ular saroyga yaqinlashib kelishibdi. Saroyning katta eshiklari bor ekan.
Uning derazalari ko‟p, xonalari yorug‟, yo‟laklari uzun ekan. Shunda onasi
o‟g‟liga: “Bolaginam, men seni mana shu saroyga olib keldim. Sen bu
saroyda 9 yil yashaysan. Undan keyin esa boshqa eshikdan chiqasan, bu
yerda kelganday emas, balki butunlay boshqa holatda bo‟lasan. Sen katta
36
bo‟lib qolasan, chiroyli va aqlli bo‟lib yetishasan, ko‟p narsani biladigan
bo‟lasan” debdi.
Dostları ilə paylaş: |