4. “Qo’shnilarni top” o’yini.
Maqsad: Sonlar ketma – ketligini mustahkamlash.
Mazmuni: O‟qituvchi qo‟shnilariga ko‟ra sonni topishni taklif qiladi.
Masalan: 3 va 5 orasidagi sonni ayting. 5 dan 1 ta ortiq, 7 dan 1 ta kam,
qo‟shnilari 8 va 10 bo‟lgan va hakazo. O‟quvchilar kerakli son yozilgan
kartochkalarni ko‟rsatadilar.
5. “Sonni top” o’yini.
Maqsad: 2 – o‟nlik sonlarining hosil qilinishini mustahkamlash.
Jihoz: 10 ta doira va 10 ta uchburchak.
Mazmuni: Bir o‟quvchi ikkiga bo‟lingan ko‟rgazma taxtaning bir
tomoniga 10 ta doirani, 2 – tomoniga bir nechta uchburchakni qo‟yadi, 2 –
o‟quvchi sonning nomini aytadi, 3 – o‟quvchi qirqma raqamlardan sonni
tuzadi, 4 - o‟quvchi sonda nechta o‟nlik va nechta birlik borligini aytadi, bu
o‟yinni bog‟langan 10 talik cho‟plar va alohida 10 ta cho‟p yordamida 100
ichida sonlarni hosil qilishni mustahkamlashda ham o‟tkazish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |